STAN, STN, TS, STSH, TD rusumli
payvandlashtransformatorlari o‘zgaruvchan tokda
metallarni elektr payvandlashda qo‘llaniladi. Ta’minlovchi tarmoq kuchlanishi 380 yoki 220 V,
salt ishlash ikkilamchi kuchlanish 50...65 V, ishchi kuchlanish 20....30V, iste’mol quvvati 24....43
kVA.
Payvandlash tok kuchi o‘zakdagi xavo oralig‘ini yoki chulg‘amlar orasidagi masofani (TS)
o‘zgartirish bilan amalga oshiriladi. Xavo oralig‘ini oshirish va chulg‘amlar orasidagi masofani
qisqartirish orqali payvandlash toki oshiriladi ( va ozaytiriladi).
Avtotransformatorlar ( bir va uch fazali) turli sxemalarda kuchlanishni pasaytirish va
kuchaytirish uchun ishlatiladi.
Bunday transformatorlarni ikki chulg‘amli transformatorlardan
farqi shuki, ularda past
kuchlanishli chulg‘am yuqori kuchlanishli chulg‘amni
bir qismi xisoblanadi,ya’ni ikkala
chulg‘am bir - birlari bilan elektrik bog‘langan.
3-rasm. Avtotransformatorlarni elektrsxemasi:
a- bir fazali,
b- uch fazali, v- kuchlanish rostlagichi.
Avtotransformatorlarni afzalligi –chulg‘amlarga sarflanadigan mis sarfini ozligi,
FIK ni
yuqoriligi.
Kamchiligi-yuqori va past kuchlanishli chulg‘amlarni elektrik bog‘lanishi va qisqa tutashuv
tokini yuqoriligi.
O‘lchovtokvakuchlanishtransformatorlari o‘zgaruvchan tok zanjirlarida o‘lchov
asboblari (ampermetr, voltmetr,
vattmetr, xisoblagich - schetchik va boshqalar) o‘lchash
chegarasini oshirish xamda xodimlar xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘llaniladi.
O‘lchov transformatorlari graduirovkasida transformatsiyalash koeffitsenti xisobga olingan
asboblar bilan xam ishlatilishi mumkin yoki o‘lchayotgan kattalikni xaqiqiy qiymatini topish
uchun transformator pasportida ko‘rsatilgan transformatsiya koeffitsientiga
kuchaytirish kerak
bo‘ladi.
O‘lchov kuchlanish transformatorlari tarmoqqa parallel, o‘lchov tok transformatorlari esa
ketma-ket ulanadi.Eslatib o‘tish joizki, o‘lchov tok transformatorlarini normal ish rejimi “qisqa
tutashuv” xisoblanadi.SHuning uchun uni chulg‘amlari ishlash davomida o‘lchov
asbobiga
ulangan bo‘ladi yoki qisqa tutashtirib qo‘yish lozim. Aks xolda unda xosil bo‘lgan yuqori
kuchlanish uni ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: