4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti


Buyuk turg’unlik va iqtisodiyot fanining rivojlanishi


Download 425.79 Kb.
bet23/50
Sana29.10.2023
Hajmi425.79 Kb.
#1733141
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50
Bog'liq
4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisod-fayllar.org

Buyuk turg’unlik va iqtisodiyot fanining rivojlanishi. Sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarni larzaga solgan 1929-1933 yillardagi buyuk turg’unlik davri iqtisodiyot fanining rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. 1929 yildan 1933 yilgacha AKDTda ishsizlik darajasi 3 foizdan 25 foizgacha oshdi. 1941 yilga qadar u 14,3 foizdan (1937 yil) pastga tushmadi. 1937-1938 yillarda yangi iqtisodiy pasayish ko’zatildi va u II Jaxon urushiga kelib to’xtatildi. Faqat 1942 yili ishsizlik darajasi 5 foizdan pastga tushdi. Bunday holatni dunyo hali ko’rgan emas.

Evropada ham inqiroz juda katta salbiy oqibatlarga olib keldi. Faol ish faoliyatining pasayishi, taxminan, 1929 yil avgust oyidan boshlandi, sentyabrdan esa u fond bozorida o’zining salbiy ta`sirini ko’rsatdi. Oktyabrda fond bozori halokatga uchradi. Bu vaziyat bank vahimasiga, o’z aktivining asosiy qismini qimmatli qogozlarda saqlab turgan banklarning ommaviy bankrotlikka uchrashiga olib keldi va natijada muomalada pul massasining keskin kamayishi kelib chiqdi. Bularning hammasi ish faoliyatining pasayishini ancha kuchaytirdi. İshlab chiqarishning real xajmi keskin pasaydi.

Buyuk turgunlik nafakat erkin rakobatga va davlatning passiv roliga asoslangan eski iqtisodiy tizimni halokatga olib keldi, balki yangi klassik makroiqtisodiy nazariyani ham inqirozga uchratdi. İqtisodiyotda vujudga kelgan bunday keskin vaziyat cheklangan resurslar sharoitida tanlov muammosini emas, balki ularning nisbiy ortiqchaligini (ommaviy ishsizlik, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish kuvvatlari) muammosini keltirib chiqardi. Bu ziddiyatli vaziyatdan chiqish uchun keng qamrovli “umumiy nazariya” ishlab chiqarilishi zarurligini J.M.Keyns yaxshi tushungan. U iqtisodiyotni tartib solishning yangi nazariyasini yaratdi, unga ko’ra bozor iqtisodiy munosabatlari takomillashgan, o’zini- o’zi tartiblovchi tizim xisoblanmaydi, faqat davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi yuqori ish bilan bandlikni, iqtisodiy o’sishni ta`minlashi mumkin.


Download 425.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling