4-mavzu. O'zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li Mavzuni o’rganishdan maqsad


  Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati


Download 438.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana07.05.2023
Hajmi438.11 Kb.
#1441141
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-mavzu. O\'zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li

4. 
Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. 
Davlat 
ramzlari. 
Har bir suveren davlatning huquqiy asoslaridan biri - uning aso¬siy Qonuni - 
Konstitutsiyasi hisoblanadi. 
Tarixiy rivojlanish ko'rsatganidek, har qaysi jamiyat kelajakni ko'zlab 
yashaydi va uning poydevorini imkon qadar mustahkamroq qurishga harakat 
qiladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda mustaqillik yillarida davlatimiz, 
jamiyatimiz yerishgan buyuk yutuq -O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
bo'ldi. 
Darhaqiqat, Konstitutsiya tushunchasida davlatni boshqarish, mamlakat 
yaxlitligini ta'minlash, uning mustaqil davlat sifatida ye'tirof yetilishining asosi 
ijtimoiy hayotning barcha yo'nalishlarini rivojlantirish yo'1-yo'riqlari to'la 
mujassamlangan. 
Turkistonda inqilobdan keyingi yillarda jahon tajribalariga muvofiq tarzda 
Konstitutsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, Turkiston ASSRning 1918, 1920-
yillarda, Xorazm va Buxoro Xalq Respubli-kalarining 1920-1921-yil, shuningdek, 
O'zbekiston SSRning 1927, 1937, 1978-yillarda qabul qilingan Konstitatsiyalari 
shaklan respublikaning Asosiy qonunlari yedi. 
O'zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g'oyasi 1990-yil 20-iyunda 
«Mustaqillik deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi bilan bevosita bog'liq. Mazkur 
Deklaratsiya qabul qilingan Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida bu hujjatdagi 
muhim tamoyillar asosida davlatning yangi Konstitutsiyasi ishlab chiqilishi lozim, 
degan xu-losaga kelindi. Ma'lumki, 1990-yil 24-martida respublika Oliy 
Kengashining birinchi sessiyasi muhim tarixiy qa¬ror qabul qilib, O'zbekiston 
Prezidenti lavozimini ta'sis yetgan yedi. 1990-yil 1-noyabrda «O'zbekiston SSRda 
ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda 
O'zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o'zgartirish va qo'shimchalar 
kiritish to'g'risida» qonun qabul qilindi. 
Konstitutsiya loyihasi ustida bevosita ish-lashni faollashtirishga vaziyat 
yetilgach, Konstitutsiyaviy komissiya 1991-yil 12-aprelda I. Karimov raisligida 
o'zining birinchi majlisi-ga to'plandi. Konstitutsiya loyihasini yaratish bilan bog'liq 
barcha 
lashkiliy 
va 
ijodiy 
jarayonni 
muvofiqlashtirib 
borish 
uchun 
Konsti¬tutsiyaviy komissiya a'zolari hamda yetakchi mutaxassislar va olim-lardan 
iborat 32 kishilik ishchi guruhi tashkil yetildi.
Konstitutsiyaviy 
komissiya 
Raisining 
topshirig'i 
bilan 
1991-yil 
boshlaridayoq bo'lg'usi konstitutsiyaning g'oyaviy mag'zi, ya'ni konsepsiyasi us-
tida ish boshlab yuborildi. Natijada uchta muqobil konsepsiya yaratildi. Respublika 
Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq institutinmg konsepsiyasi, Siyosatshunoslik 
va boshqaruv institutining konsep¬siyasi va Prezident devoni yuridik bo'limi 
tayyorlagan konsepsiya. Ishchi guruh majlisida uchinchi konsepsiya asos uchun 
qabul qilindi. U qolgan ikki konsepsiyaning diqqatga sazovor g'oyalari bilan 
boyitilib, umumlashgan, puxta, yagona g'oyaviy asos shakliga keltirildi. 
Konstitutsiyaviy komissiya va uning Raisi tomonidan ma'qullangan ana shu 
konsepsiya asosida bo'lajak Konstitutsiya loyihasini yaratishga kirishildi. 


Loyihaning dastlabki varianti 1991-yil oktabr-noyabrigacha tayyorlab bo'lindi. U 
muqaddima, olti bo'limga bo'lingan 158 moddadan iborat yedi. Ushbu loyiha 
yuzaga kelayotgan paytda mamlakatimiz tarixida tub burilish yuz berdi.
1992-yil bahorida loyihaning 149-moddadan iborat ikkinchi va¬rianti ishlab 
chiqildi. Mamlakat Prezidenti ishtirokida Konstitutsiya¬viy komissiyaning 
navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi. Majlisda Kons¬titutsiya loyihasi ustida olib 
borilgan ishlar to'g'risidagi axborot tinglandi. Majlisda Konstitutsiya loyiha¬sini 
uzil-kesil ishlab chiqish uchun 25 kishidan iborat ishchi guruh (komissiya) 
tuzishga qaror qilindi
Umumxalq muhokamasi uch oy davom yetdi. Shu davrda O'zbekiston 
Respublikasi davlat-huquqiy tajribasida muhim bir yangilik bo'ldi. Uning mazmuni 
shundaki, Konstitutsiya komissiyasi dastlab belgilagan ikki yarim oylik muddat 
mobaynida (1992-yil 26-sentabrdan boshlab) loyiha mehnatkashlar takliflari 
asosida qayta tuzatilib, 1992-yil 21-noyabrda muhokamani davom yettirish uchun 
yana ikkinchi marotaba matbuotda ye'lon qilindi. Umumxalq muhokamasi 
davomida jami 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi. Loyihadagi 127 
moddadan 60 tasiga tuzatish va aniq-liklar kiritildi. Dastlabki variantdan 4 ta 
modda chiqarilib, matnga bir necha yangi modda kiritildi. 
Prezident ishlagan loyihalar nusxasidan ayrimlarini misol tariqanida 
keltiramiz: Loyihaning 1-moddasida «O'zbekiston - demokratik respublika» deb 
yozilgan yedi. Prezident bunga aniqlik kiritib, «suveren» «so'zini qo'shib qo'ygan. 
Natijada bu modda «O'zbekiston - su¬veren demokratik respublika» tarzida bo'ldi.
Dastlabki loyihaning 7-moddasi, 2-qismi quyidagicha yedi: «O'zbekiston 
Respublikasida davlat hokimiyati Konstitutsiya... vakolat bergan idoralar 
tomonidangina amalga oshiriladi». Prezident nihoyatda muhim tuzatish kiritdi. 
Ya'ni, respublikada davlat ho¬kimiyati xalq manfaatlarini ko'zlab... amalga 
oshiriladi. Bu bilan Konstitutsiyaning «Xalq davlat hokimiyatining birdan bir 
manbayi-dir» (7-m., 1-qism) degan qoidasi bilan yuqorida keltirilgan qoidasi 
o'rtasidagi mantiqiy bog'liqlik kuchaydi. 
Konstitutsiyaviy komissiyaning 1992-yil 7-dekabrda bo'lib o'tgan majlisida 
Prezident Konstitutsiya loyihasini xotin-qizlar bi¬lan yerkaklar teng huquqli 
yekanligi haqidagi, shuningdek, madaniy yodgorliklar davlat tomonidan muhofaza 
qilinishi haqidagi moddalar bilan to'ldirishni taklif yetdi.
1992-yil 8-dekabrda XII chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashining 
XI 
sessiyasi 
bo'ldi. 
Unda 
«O'zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasini qabul qilish haqida»gi masala ko'rildi. Sessiya ishtirokchilari 
yakdillik bilan 6 bo'lim, 128 moddadan iborat Konstitutsiyani qabul qildilar. 
Ushbu Konstitutsiyada xalq azaldan orzu qilgan, o'z taqdirini o'zi belgilashi 
qoidasi mukammal tarzda o'rin olgan. Shu bois yangi Konstitutsiya xalq 
hokimiyati prinsipiga asoslanadi va uni mustahkamlaydi. Xalq hokimiyati degan 
ibora butun hokimiyat amalda va yuridik jihatdan xalqniki yekanligini anglatadi. 
Xalq hokimiyati o'z vazifalarini ham bevosita, ham o'zi saylagan davlat organlari 
orqali amalga oshiradi. Konstitutsiyaning 7-moddasiga muvofiq xalq davlat 
hokimiyatining birdan bir manbayidir». U xalq manfaatlarini ko'zlab amalga 
oshiriladi. 


Konstitutsiyaning barqarorligini va uzoq muddat amal qilishini ta'minlash 
maqsadida Konstitutsiyaga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish nazarda tutilgan. 
Bu tabiiy va o'tish davriga xos hodisa. Islo¬hotlar chuqurlashib, jamiyatni 
modernizatsiyalash, butun ijtimoiy hayotni yangilash jarayoni ko'lami va miqyosi 
kerigaygani sayin, ular butun salmog'i bilan Asosiy Qonunda o'z ifodasini topishi 
va huquqiy asosiga yega bo'lishi lozim. 

Download 438.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling