4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja
Kuchsiz kislotani kuchli ishqor bilan yoki kuchli kislotani kuchsiz ishqor bilan
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)
2. Kuchsiz kislotani kuchli ishqor bilan yoki kuchli kislotani kuchsiz ishqor bilan titrlash. Kuchsiz kislotani kuchli ishqor bilan va aksincha titrlashda CH 3 COOH + NaOH = CH 3 COONa + H 2 O Ekvivalent nuqtada muhit reaksiyasi CH 3 COONa ning gidrolizlanishi tufayli ishqoriy bo’ladi: CH 3 COO – + HOH ↔ CH 3 COOH + OH – Titrlash egri chizig’ida sakrash nntervali pH=7,8 dan boshlanadi va pH=10,0 da tugallanadi. Ekvivalent nuqtasi ishqoriy muhitda (pH=8,9). Bu holda pH=7,0 da o’z rangini o’zgartiradigan indikatorlar ishlatish kerak. Titrlash ko’rsatkichi (ya’ni indikator o’z rangini o’zgartiradigan pH) pT=9 ga teng bo’lgan fenolftalein shunday indikatordir. Masalan,0,1n CH 3 COOH eritmasi 0,1n NaOH eritmasi bilan titrlanganda ekvivalentlik paytida pHi 8,87 bo’lgan 0,1 n. CH 3 COONa eritmasi hosil bo’ladi. Bu fenolftaleinning pH titrlash ko’rsatkichiga deyarli to’g’ri keladi. Timolftalein ham ana shunday maqsadda ishlatilishi mumkin. Bu erda metiloranj va metil-qizil indikatorlarini ishlatib bo’lmaydi, chunki ularning titrlash ko’rsatkichi titrlash egri chizig’idagi sakrash intervaliga kirmaydi. Titrlash ko’rsatkichi 4 ga teng bo’lgan metiloranj qo’llanilganda titrlash xatosi 50 % atrofida bo’lar edi. 3. Kuchsiz asosni kuchli kislota bilan yoki kuchli asosni kuchsiz kislota bilan titrlash. Kuchsiz asosni kuchli kislota bilan aksincha titrlaganda ekvivalent nuqtasida muhit reaksiyasi kislotali bo’lib, bundey eritmaning pH i 7 dan kichik bo’ladi: NH 4 OH + HC1 = NH 4 C1 + H 2 O hosil bo’lgan tuzning gidrolizlanishi natijasida eritmadagi H + ionlarining konsentrasiyasi ortadi: NH 4 + HOH ↔ NH 4 OH + H + Bu holda titrlashni kislotali muhitda tugallash kerak, chunki pH qiymatining sakrashi 4 dan 6,2 gacha bo’lgan chegarada yotadi, ekvivalent nuqtasi esa pH=5,1 da bo’ladi. Bu erda o’z rangini pH<7,0 da o’zgartiradigan indikatorlargina qo’ldaniladi. Ko’proq to’g’ri keladigan indikatorlar metiloranj va metil-qizildir. Masalan, 0,1 n. NH 4 OH eritmasi 0,1 n. HCl eritmasi bilan titrlanganda ekvivalent nuqtasida pH i 5,12 ga teng bo’lgan 0,1 n. NH 4 Cl eritmasi xosil bo’ladi. Bu metiloranj bilan metil-qizilining titrlash ko’rsatkichlariga deyarli mos keladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling