4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja
Kuchsiz asos bilan kuchsiz kislotalarni titrlash
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)
4. Kuchsiz asos bilan kuchsiz kislotalarni titrlash. kuchsiz kislota eritmasini kuchli ishqor eritmasi bilan titrlashda olingan titrlash egri chizig’ining sakrash intervalida pH ning kislotali muhitga mos keluvchi qismining qisqarishini kuzatdik. Aksincha, kuchsiz asosni kuchli kislota eritmasi bilan titrlashda sakrash nntervalida pH ning ishqoriy muhitga to’g’ri keluvchi qismining qisqarishi kuzatiladi. Kuchsiz kislota kuchsiz asos bilan neytrallanganda sakrash intervalining xam kislotali, ham ishqoriy muhit tomonlaridan kisqarishini kuzatish mumkin. Buning natijasida titrlash egri chiziridagi pH ning sakrash intervali deyarli yo’qoladi. 0,1 n sirka kislotani 0,1 n ammoniy gidroksid eritmasi bilan neytrallash egri chizig’i berilgan. Keltirilgan egri chiziqda pH ning sakrab o’zgarishi kuzatilmaydi. Shuning uchun ham indikator rangi keskin o’zgarmaydi. Ana shu sababga ko’ra kuchsiz kislotani kuchsiz asos bilan neytrallashdan hajmiy analizda foydalanib bo’lmaydi. 5. Ko’p asosli kislotalarni (yoki ko’p kislotali asoslarni) titrlash. Ko’p asosli kislotalar (H 3 PO 4 , H 2 CO 3 kabilar) Shuningdek, ko’p kislotali asoslar (Ba(OH) 2 , Mg(OH) 2 kabilar)ning elektrolitik dissosilanishi bosqich bilan boradi. 1. H 3 PO 4 ↔H 2 PO 4 +H + 2. H 2 PO 4 ↔HPO 2 4 +H + 3. HPO 2 4 ↔PO 3 4 +H + Birinchi bosqichda hocil bo’lgan H + ionlari ikkinchi va uchinchi bosqichlardagi muvozanatlapHi chapga siljitadi, Shuning uchun ham fosfat kislotaning dissosilanishi birinchi bosqichdayoq to’xtab qoladn. Ortofosfat kislotani KOH eritmasi bilan titrlashda avvalo kislota ermtmasidagi H + ionlari neytrallanadi, H 3 PO 4 kislota dissosiasiyasining birinchi bosqichida hosil bo’lgan H + ionlari neytrallanib bo’lgandan so’ng titrlash egri chizig’ida pH ning sakrab o’zgarishi kuzatiladi. Titrlash davom ettirilaversa kislota dissosilanishining ikkinchi bosqichida hosil bo’lgan H + ionlari neytrallanadi va neytrallash egri chizig’ida ikkinchi marta pH ning sakrab o’zgarishi kuzatiladi. Titrlash davom ettirilgani bilan pH ning uchinchi marta sakrab o’zgarishi kuzatilmaydi, chunki K 3 PO 4 tuzining va o’yuvchi kaliyning ishqoriyligi bir-biriga yaqin. Shunday qilib, ko’p asosli kislotalar (yoki ko’p kislotali ishqorlar)ning titrlash egri chiziqlarida bir necha burilishlar mavjud bo’ladi va ular dissosiasiyaning turli bosqichlariga to’g’ri keladi. Lekin, ko’pincha ana shu burilishlar ba’zan uncha aniq bo’lmaydn (xususan ikkinchi va uchinchi ekvivalent nuqtalarga mos keluvchilari). Ba’zan esa pH ning o’zgarishi keskin va aniq bo’ladi. Undan foydalanib titrlashning oxirgi nuqtalarini topish mumkin. Hajmiy analizda ortofosfat kislotaning titrlanishi quyidagicha bajariladi: a Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling