4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja
Titrlashning egri chizig‘i asosida quyidagi xulosaga kelish mumkin
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)
Titrlashning egri chizig‘i asosida quyidagi xulosaga kelish mumkin: bu titrlashda metilzarg‘aldog‘i, metil qizil,fenolftalein indikatorlaridan foydalanish mumkin, chunki bu indikatorlapHing titrlash ko‘rsatkich pT egri chiziqdagi pH ning “sakrash” qismiga mos keladi. Izoh: qolgan titrlash turlari ham shu tariqa olib boriladi. Titrlashning indikator xatosi deganda indikator rangini o‘zgarishi aniq ekvivalent nuqtada yuz bermasligiga aytiladi. Indikator qo‘shishda ko‘rsatilgan hajmdan qo‘shish talab qilinadi, aks holda xatolik paydo bo‘ladi. Neytrallash metodida indikator xatosi bir necha turlarga bo‘linadi: A) Titrlashning vodorod xatosi; B) Titrlashning gidroksid xatosi; V) Titrlashning kislota xatosi; D) Titrlashning ishqor xatosi; Neytrallash metodida indikator tanlashdan tashqari titrlashni ma’lum tartibda o‘tkazish ham muhim ahamiyatga ega. 1. Titrlashning “kislotadan ishqorga tomon”, ya’ni kislota eritmasiga byuretkadan ishqor eritmasi qo‘shish yo‘li bilan; 2. Titrlashning “ishqordan kislotaga tomon”, ya’ni ishqor eritmasiga byuretkadan kislota eritmasi qo‘shish yo‘li bilan; Agar kislotadan ishqor tomon titrlanganda metil zarg‘aldog‘idan indikator sifatida foydalanilsa, indikatorning pushti rangi ishqopHing ortiqcha tomchisi ta’siridan sariq rangga o‘tishi kerak. Lekin bu titrlashda rangni o‘tishini ilg‘ash qiyin bo‘ladi.Shuning uchun metil zarg‘aldog‘i ishtirokida titrlashni “ishqordan kislotaga tomon” olib borish maqsadga muvofiqdir. Fenoftalein ishtirokida titrlashni “kislotadan ishqorga tomon”olib borish qulay, chunki bunda rangsiz eritma qizil pushti rangga kiradi. Ba’zan ekvivalent nuqtani puxtaroq aniqlash uchun titrlash “guvoh” ishtirokida olib boriladi. Buning uchun bo‘sh konussimon kolbaga yoki stakanga titrlash oxiridagi hosil bo‘lgan suyuqlik hajmiga teng miqdorda suv solib, unga titrlash uchun necha tomchi indikator (metil zarg‘aldog‘i) olingan bo‘lsa, shuncha tomchi indakator tomiziladi.So‘ng byuretkadan 1-2 tomchi kislota eritmasi qo‘shiladi.”Guvoh” aralashma och, ammo sezilarli pushti rangga ega bo‘ladi. Shu yo‘l bilan tayyorlangan “guvoh” titrlash uchun namuna vazifasini bajaradi. Titrlanayotgan eritma bilan “guvoh”ning rangi bir xil bo‘lishishga erishish zarur. Ish natijalari hisoblanilganda “guvoh” eritma tayyorlashga sarf bo‘lgan kislotaning 2 tomchisining hajmi (~0,06 ml )chegarib tashlash lozim. Titrlashning evivalent nuqtasini to‘g‘ri belgilash qo‘shilgan indikator miqdoriga ham bog‘liq bo‘ladi. Chunki ularning ko‘pchiligi organik kislotalar yoki asoslar bo‘lib, miqdoridan ortiqcha qo‘shilganda analiz xatosini oshirib yuborishi mumkin. Ko‘rsatilgan miqdorga qat’iy amal qilish shart. Demak, titrimetrik analizning natijasi faqat indikator tanlashga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, shu bilan birga indikatorning qo‘shilgan miqdoriga va titrlashning qo‘llaniladigan tartibiga ham bog‘liqdir. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling