4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja
Kuchli kislotani kuchli ishqor bilan (yoki aksincha) titrlash
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)
1. Kuchli kislotani kuchli ishqor bilan (yoki aksincha) titrlash. Aytaylik, 0,1 n. HCl eritmasini 0,1 n. NaOH eritmasi bilan titrlaylik. Xlorid kislotaning har bir molekulasi dissosilanish natijasida bitta H + ionini bergani uchun 0,1 n. dastlabki kislotaning 1 litrida vodorod ionlarining umumiy konsentrasiyasi 0,1 yoki 10 -1 mol (ion), bunday eritmaning pHi esa 1,0 ga teng bo’ladi. HC1 ning 90% i titrlangandan keyin H + ionlari dastlabki miqdorining 0,1 qismi, ya’ni 1 l da 0,01 yoki 10 mol (ion) qoladi, eritma pHi esa 2,0 ga teng bo’ladi. 99% HC1 neytrallaganda pH = 3,0 ga, 99,9% kislota neytrallanganda esa 4,0 ga teng bo’ladi va hokazo. HC1 ishqor bilan to’liq neytrallangan paytda titrlanayotgan eritmada faqat NaCl bo’ladi, bunday eritmaning pHi 7 ga teng, chunki natriy xlorid tuzi gidrolizga uchramaydi: HC1 + NaOH = NaCl + H 2 O Titrlash egri chizig’ini yasash uchun abssissalar o’qiga ishchi eritma NaOH ning ekvivalent massasiga nisbatan olingan prosent miqdorlari; ordinatalar o’qiga esa pH qiymatlari qo’yiladi. Rasmdan ko’rinib turibdiki, titrlashning boshida NaOH eritmasining 90% xlorid kislotaga qo’shilganda pH qiymati juda kam o’zgaradi; kolgan 10% eritma qo’shilganida, ya’ni ekvivalent nuqtasiga yaqinlashgani sari pH qiymati keskinroq ortadi. Bu nuqtada egri chiziq keskin pasayadi, bu xol xlorid kislotaning hammasi neytrallanib bo’lganini ko’rsatadi. Shundan keyin NaOH eritmasi qo’shilganda pH qiymati avval keskin, so’ngra sekin o’zgaradi. Rasmdan ko’rinib turibdiki, HC1 va NaOH eritmalarining konsentraiiyasi 0,1 n bo’lganda pH qiymati ekvivalent nuqtasida 4,0 dan 10,0 gacha o’zgaradi. Titrlash jarayonnidagi pH qiymatining o’zgarishi ko’rsatishicha, rang o’zgarish sohasi pH ning 4,0 dan 10,0 gacha bo’lgan indikatordan, chunonchi, metiloranj, metil-qizil, neytral-qizil, lakmoid va fenolftaleindan indikator sifatida foydalanish mumkin. Ulardan foydalanilganda titrlashdagi xato 0,2% dan oshmaydi, ya’ni analizda yo’l qo’yiladigan xatolar uncha katta bo’lmaydi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling