4 reja kirish asosiy qism
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 9035 uzsmart.uz
25
Sistemani modellashtirish uchun modellashtirilayotgan vaziyatning asosiy shart-sharoitlarini aks ettiruvchi sun’iy tajriba o‘tkazish talab qilinadi. Model sistemani tushunish, mohiyatini anglash yoki mukammalshtirish vositasi bo‘lib hizmat qiladi. Model biror ob’ektning boshqacha masshtabda ifodalangan aniq nusxasi bo‘lishi yoki ob’ektga xos bo‘lgan ayrim xususiyatlarni abstrakt ko‘rinishi tarzida bo‘lishi mumkin. Model – bu bashorat qilish va qiyoslash vositasi bo‘lib, mantiqiy usul yordamida etarlicha ishonch bilan alternativ xarakatlarni baholash, bashorat qilish, afzallarini tanlashga yoki borliq olamni anglashga imkon beradi. Imitatsiya – esa modellashtirish ko‘rinishlaridan biridir. Modellardan bugungi kunda quyidagi sifatlarda foydalanish mumkin : - borliqning mohyatini anglash vositasi ; - o‘zaro munosabat vositasi; - o‘qitish va o‘rgatish, shug‘ullantirish vositasi ; - bashorat qilish vositasi ; - tajribalarni o‘tkazish vositasi. Modellarning real munosabatlar va qonuniyatlarni o‘rganish vositasi sifatidagi ahamiyati euja katta. Ular mulohazalarimizni tartibga solish, noaniq tushunchalar va o‘zaro hamda vaqtga bog‘liq munosabatlarni anglashga, talab qilinadigan iresurslarni aniqlashga yordam beradi. “Ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan afzal” degan naql bejizga aytilmagan. Model tadqiq qilinayotgan ob’ektning umumiy strukturasini tushunarliroq qiladi va muhim sabab-oqibat aloqalarini ochib beradi. Modellardan kasbiy tayyorgarlik va ta’lim sohalarida keng foydalanib kelingan va foydalainib kelinmoqda. Model – boshqaruv sistemasida turli tasodifiy xodisalarning ro‘y berishiga qarab javob reaksiyasini ko‘rsatishga operatorlarni tayyorlashda ajoyib vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Jumladan, bizning bitiruv malkaviy ishimizda ko‘rilayotgan chorrahadagi transport vositalarining xarakatini modellashtirish ham |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling