5-ma’ruza. Elektron jadval hujjatlarini yaratish va qayta ishlash uchun dasturiy vositalarni qoʻllash reja
Download 0.66 Mb.
|
5-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Statistik va matematik funksiyalar bayoni
- Формула
- Мастер функции
Formuladan nusxa olish. Formulalarga nusxa ko‘chirish amallarini qo‘llaganda operand sifatida ishtirok etgan katakcha adreslari nusxa qo‘yilgan katakchaga nisbatan mos ravishda joylashgan katakchaning adresiga o‘zgarib qoladi. Bular nisbiy adreslar deyiladi. Masalan, S1 katakchada =A1+V1 formula yozilgan bo‘lsa, shu formuladan nusxa ko‘chirib S5 katakchaga qo‘ysak u formula =A5+V5 ko‘rinishda bo‘lib qoladi. Agar nusxa ko‘chirishda formulada ishtirok etuvchi adreslarni o‘zgartirmagan holda qoldirish lozim bo‘lsa ularni absolyut adres ko‘rinishida yozish lozim. Absolyut adres qilib yozish uchun katakchaning adresidagi ustun nomi va satr nomeri oldiga $ (dollar) belgisi qo‘yiladi. Masalan, =$D$3 ko‘rinishida yozilgan adres nusxasi ko‘chirilganda D3 katakchani ko‘rsatadi. Shuningdek, zarur bo‘lganda aralash murojaatlarni ham qo‘llash mumkin. Masalan, =$D3 formuladan nusxa ko‘chirilganda uning faqat satriga nisbatan o‘zgarish bo‘lishi mumkin.
Excelda qo‘shni katakchalarga nusxa ko‘chirishning oson usuli mavjud bo‘lib, u quyidagicha bajariladi: 1) Nusxasi ko‘chirilishi lozim bo‘lgan katakcha (diapazon) joriy qilib olinadi. 2) Sichqon ko‘rsatkichi katakchaning pastki o‘ng burchagiga keltirilib, u “+” belgi ko‘rinishiga o‘zgargandan so‘ng sichqon tugmachasi bosilgan holda satr yoki ustun bo‘yicha sudrab kerakli joyga keltirib qo‘yib yuboriladi. Statistik va matematik funksiyalar bayoni Funksiya – bu formulalarda qo’llaniladigan kiritib qo’yilgan tayyor uskunalar qolipidir. Ular murakkab bo’lgan matematik va mantiqiy amallarni bajaradi. Funksiyalar quyidagi ishlarni bajarish imkonini beradi. 1. Formulalarni qisqartirish. 2. Formulalar bo’yicha boshqa qilib bo’lmaydigan hisob ishlarini bajarish. 3. Ayrim muharrirlik masalalarini hal qilishni tezlashtirish. Barcha formulalarda oddiy () qavslar ishlatiladi. Qavs ichidagi ma’lumotlar argumentlar deb ataladi. Funksiyalar qanday argumentlar ishlatilayotganligiga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Funksiyaning turlariga qarab ular quyidagicha ishlatilishi mumkin: argumentsiz; bir argumentli; qayd qilingan cheklangan argumentlar soni bilan; noma’lum sondagi argumentlar soni bilan; shart bo’lmagan argumentlar bilan. Funksiyada argumentlar ishlatilmasa ham, bo’sh qavslar ko’rsatilishi lozim. Masalan, = RAND(). Agar funksiyada bittadan ortiq argument ishlatilsa, ular orasiga nuqtali vergul (;) qo’yiladi. Formulalarga funksiyani kiritishning ikkita usuli mavjud: klaviatura yordamida qo’lda kiritish va Excel da Формула menyusidagi Мастер функции (Funksiyalar ustasi) piktogrammasi orqali kiritish. Funksiyani kiritish usullaridan biri qo’lda klaviaturadan Funksiya nomi va argumentlar ro’yxatini kiritishdan iborat. Excel funksiyani kiritishda uning nomidagi belgilarni yuqori registrga o’zgartiradi, chunki formula va funksiyalarda kichik harflar ishlatish mumkin. Agar dastur kiritilgan matnni yuqori registrga o’zgartirmagan bo’lsa, demak, u yozuvni funksiya deb qabul qilmagan, ya’ni funksiya noto’g’ri kiritilgan bo’ladi. Exceldagi Формула menyusidagi Мастер функции (Funksiya ustasi) funksiya va uning argumentini yarim avtomatik tartibda kiritishga imkon yaratadi. Формула menyusidagi Мастер функции (Funksiyalar ustasi) ni qo’llash funksiyaning yozilishi va uning hamma argumentlarini sintaktik to’g’ri tartibda kiritilishini ta’minlaydi. Мастер функции (Funksiyalar ustasi) ikkita muloqot shaklidagi darchasiga ega. Kategoriyalar darchada 11 ta turli xil sohalarga tegishli bo’lgan funksiyalar kategoriyalari berilgan. Agar foydalanuvchining masxus funksiyalari ham qo’llanilsa, bu kategoriyalar soni undan ham ko’p bo’lishi mumkin. Funksiyalar ro’yxatidagi kategoriyalardan biri tanlab olinsa, muloqot oynasida shu funksiya kategoriyasiga tegishli funksiyalarning ro’yxati chiqadi. Ro’yxatlar darchasida funksiyalardan biri tanlab olinsa, argumentlar ro’yxati bilan foydalanish haqida qisqacha ma’lumot paydo bo’ladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling