5-ma’ruza. Elektron jadval hujjatlarini yaratish va qayta ishlash uchun dasturiy vositalarni qoʻllash reja
Katakcha va diapazonlar bilan ishlash
Download 0.66 Mb.
|
5-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diapazondan nusxa ko‘chirish
Katakcha va diapazonlar bilan ishlash.
Yuqorida qayd etilgandek, har bir katakcha o‘zining adre-siga (koordinatiga) ega bo‘ladi. Masalan, D17 D ustun va 17–satrning kesishuvidagi katakchadir. Jadval diapazoni deganda, jadvalning to‘rtburchak shakli-dagi biror qismini tashkil etuvchi katakchalar guruhi tushuniladi. Diapazonning adresi uning chap yuqori va o‘ng quyi katak-chalarining adresini ikki nuqta yordamida ajratib ko‘rsatiladi. Masalan, A1:F1 birinchi satrdagi A ustundan F ustungacha bo‘lgan katakchalar, B2:E5 diapazoni B dan E gacha bo‘lgan 4 ta ustun va 2-satrdan 5-satrgacha bo‘lgan 4 ta satrlarning kesishidan tashkil topgan katakchalar guruhi bo‘ladi. Diapazonlar ustida amallar bajarish (yo‘qotish, joyini o‘zgartirish, nusxa ko‘chirish, shriftini o‘zgartirish, formatini o‘zgartirish va h.k.) uchun ularni ajratib olish (belgilash) lozim. Diapazonni ajratish uchun quyidagi usullardan biri qo‘llaniladi: Kursor diapazonning birinchi katakchasiga keltiriladi va F8 tugmachasi bosilib, kursorni boshqarish strelkalari yordamida belgilash diapazonning oxirigacha yetkazilgandan so‘ng begilash rejimidan chiqish uchun yana F8 tugmachasi bosiladi. Diapazonning birinchi katakchasida sichqon tugmachasi bosilgan holda eng oxirgi katakchagacha “sudrab” olib boriladi. Jadval kursori diapazonning birinchi katakchasiga keltiri-ladi va klaviaturadan Shift tugmachasi bosilgan holda kursorni boshqarish strelkalari yordamida belgilash diapazonning oxiriga-cha yetkaziladi. Diapazonning birinchi katakchasiga kursor keltirilib, Shift tugmachasini bosib turgan holda diapazonning oxirgi katakchasi ustida sichqon tugmachasi bosiladi. Qo‘shni bo‘lmagan ikki va undan ortiq sondagi diapazon-larni ajratish uchun har bir diapazonni ajratish jarayonida Ctrl tugmachasi bosib turiladi. Diapazondan nusxa ko‘chirish. Diapazondan nusxa ko‘chirish amali quyidagi ketma-ketliklar yordamida bajariladi: 1) Diapazon ajratib olinadi va nusxasi buferga o‘tkaziladi. 2) Nusxa qo‘yilishi lozim bo‘lgan diapazonning birinchi katakchasiga kursor keltirilib, buferdagi nusxa qo‘yiladi. Buferga nusxa olish va buferdan nusxa qo‘yishning bir nechta usuli bo‘lib, ularni bosh menyu, piktografik menyu hamda klaviatura yordamida quyidagicha bajarish mumkin: Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling