Bajariladigan amal
|
Menyu yordamida
bajariladigan ketma-ketlik
|
Piktografik menyudan
|
Klaviaturadan
|
Buferga nusxa ko‘chirish
|
«Правка»/ «Копировать»
|
|
CTRL+C
|
Qo‘yish
|
«Правка»/«Вставить»
|
|
CTRL+V
|
Diapazonning joyini o‘zgartirish. Ajratilgan diapazonning joyini o‘zgartirish (ko‘chirish) uchun sichqon ko‘rsatkichi shu fragmentga keltirilib, tugmachasi bosilgan holda kerakli joyga «sudrab» olib borib qo‘yib yuboriladi.
Diapazonni yo‘qotish. Ajratilgan diapazonni yo‘qotish (o‘chirish) uchun Delete tugmachasi bosiladi yoki bosh menyu-dan «Правка»/«Удалить» ketma-ketligi bajariladi. Shu ishni piktogrammasini bosish yo‘li bilan ham bajarish mumkin bo‘lib, bunda yo‘qotilgan diapazonning nusxasi buferga tushadi.
Katakchaga izoh qo‘yish. Excelda istalgan katakchaga undagi ma’lumot haqida izoh qo‘yish mumkin bo‘lib, buning uchun quyidagi ketma-ketlik bajariladi:
1) Izoh qo‘yilishi lozim bo‘lgan katakcha faollashtiriladi.
2)Bosh menyu orqali «Вставка»/«Примечание» ketma-ketligi bajariladi. Yоki klaviaturadan Shift+F2 tugmachalar kombinatsiyasi bosiladi.
3) Chiqqan sohaga izohning matni kiritiladi.
Izoh kiritilgan katakchaning o‘ng yuqori burchagida kichkina qizil uchburchak belgi paydo bo‘lib qoladi. Agar sichqonni izoh kiritilgan katakchaga keltirilsa uning yonida izohning matni chiqib, sichqon u yerdan olinganda matn yo‘qoladi.
Formulalarning ifodalanishi va ular bilan ishlash
Jadvallarda formulalar katakchalarga kiritilib, xuddi boshqa ma’lumotlarga o‘xshash ular ustida ham yuqorida keltirilgan amallarni qo‘llash mumkin. Formulalarda arifmetik amallar, matnlarga ishlov beruvchi va matematik amallarni bajaruvchi funksiyalar, o‘zgaruvchi hamda o‘zgarmas operandlar ishtirok etishi mumkin.
Katakchaga formula kiritishda birinchi “=” (barobar) belgisi qo‘yiladi va keyin formula matni yoziladi. Barobar belgisi formulani matnli ma’lumotdan farqli qiluvchi belgi hisoblanadi.
Quyida formulada yozilishi mumkin bo‘lgan matematik amallarning belgilari keltiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |