5-ma’ruza. Elektron jadval hujjatlarini yaratish va qayta ishlash uchun dasturiy vositalarni qoʻllash reja
Download 0.66 Mb.
|
5-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Statistik Funksiyalar Funksiya nomlari
- 3.Mantiqiy Funksiya lar Funksiya nomlari
- Excel elektron jadvalida diagrammalar bilan ishlash
- Вставка
- Формат
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Matematik Funksiyalar
2. Statistik Funksiyalar
3.Mantiqiy Funksiyalar
Excel elektron jadvalida diagrammalar bilan ishlash Jadvaldagi ma’lumotlarni ko’rgazmaliroq qilish uchun ko’p hollarda grafiklar va diagrammalardan foydalaniladi. Excel dasturidagi vositalar, elektron jadvaldagi ma’lumotlar asosida diagrammalarni yaratishga imkon beradi. Diagrammalar va grafiklarni yaratish uchun, ma’lumotlar bazasi ko’rinishidagi elektron jadvallardan foydalanish qulayroq. Diagrammani qurishdan avval shu diagrammada ko’rsatiladigan ma’lumotlarning diapazonini tanlash kerak bo’ladi. Agar bu diapazonga sarlovhali katakchalar kiritilsa, unda shu sarlavhalar diagrammada tushuntiruvchi yozuvlar sifatida ko’rsatiladi. Ma’lumotlar diapazoni tanlangandan keyin, Вставка menyusidagi Диаграмма bo’limida tanlanadi. Мастер диаграмм diagrammani yaratishga tayyorlaydi va bir necha bosqichda ishlaydi. Bir bosqichdan keyingisiga o’tish uchun Далее buyruq tugmasidan foydalaniladi. Diagramma ustasining birinchi bosqichida diagrammaning turi tanlanadi. Excel dasturi o’nlab turli ko’rinishdagi diagrammalarni yaratishga imkon beradi. Agar diagramma ma’lumotlar bazasi ko’rinishidagi axborotlar asosida yaratilayotgan bo’lsa, unda keyingi bosqichda ishlatiladigan barcha axborotlar kerakli katakchalarga avtomatik ravishda kiritiladi. Bundan keyin diagrammaning turli qismlarining bezatilish o’lchamlari tanlanadi. Oxirgi bosqichida tayyor diagrammani joylashtirish uchun ish varaq (joriy varaq yoki alohida diagramma varag’i) tanlanadi. Готова tugmasi bosilgandan keyin diagramma yaratiladi. Yaratilgan diagrammani formula sifatida ham qurish mumkin. Agar diagrammani qurishda ishlatilgan ma’lumotlarga o’zgartirishlar kiritilsa, diagramma ham o’zgaradi. Tayyor diagramma, tanlash va o’zgartirish mumkin bo’lgan, qator elementlardan iborat. Tanlangan element markerlar yordamida belgilanadi. Markerda sichqonchaning o’ng tugmasini bosib, kontekst menyuda Формат punkti tanlanadi va ochilgan Формат muloqat oynasi yordamida diagramma elementining mazmunini va bezatilishini o’zgartirish mumkin bo’ladi. Nazorat savollari Jadval ko‘rinishdagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun qanday dasturlar ishlab chiqilgan? Elektron jadvallar shaxsiy kompyuterlarda qachondan qo‘llanila boshlagan? Microsoft Excel dasturi haqida tushuncha bering Microsoft Excelning asosiy ish maydoni nima? Excel dasturi qanday ishga tushiriladi? Menyular satrining vazifasi nima? Excel dasturining menyusini tushuntirib bering Excel dasturida tuzilgan jadvalga necha turdagi ma’lumotlar kiritiladi? Excelda funksiyalar bilan ishlash Excelda diagrammalar bilan ishlash Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Lawrence Snyder Fluency with information technology .America 2010 2. B.Wiliams, S.Sawer Using Information Technology: a practical introductino to computers and communacations McGraw Hill Education (India) Private Limited; 6 edition Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling