5-mavzu. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilinishi


Download 141.46 Kb.
bet14/15
Sana23.04.2023
Hajmi141.46 Kb.
#1389257
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
5-mavzu.Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilinishi

Bozor iqtisodiyoti - tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqaril- adigan iqtisodiy tizim.
Bozor mexanizmi - bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartib- ga solishni va iqtisodiyjarayonlami uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalar.
Bozor - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo‘ladigan munosabatlar yig‘indisi.
Bozor obyekti - ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar.
Bozor subyekti - ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi.
Uy xo‘jaliklari - iqtisodiyotning asosan iste’mol sohasida faoliyat ko'rsatuvchi bozorga ishchi kuchi yetkazib bemvchi asosiy tarkibiy birlik.
Tadbirkorlik sektori - iqtisodiyotning turli sohalarida daromad (foyda) olish maqsadida faoliyat ko‘rsatuvchi birlamchi bo‘g‘ini.
Davlat sektori - o‘z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan turli byudjet tashkilotlari va muassasalari majmui.
Bank - iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo‘lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi.
Ssuda kapitali bozori - pul shaklidagi kapitalning foiz to‘lash sharti bilan qarzga berish bo‘yicha oldi-sotdi munosabati.
Qimmatli qog‘ozlar bozori - turli ko‘rinishdagi qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiya, veksel, chek, depozit kabilar)ning ol- di-sotdi munosabati.

Download 141.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling