Qimmatli qog‘ozlar bozori - turli ko‘rinishdagi qimmatli qog‘oz!ar (aksiya, obligatsiya, veksel, chek, depozit kabilar) ning oldi-sotdi munosabati. Mazkur bozor amalda fond biijalari, auk- sionlar va banklardan iborat bo‘lib, unda broker va dilyerlar vosita- chilik qiladi. Qimmatli qog‘ozlaming harakati xususiyati bo‘yicha moliya bozori birlamchi va ikkilamchi (hosila) bozorlarga bo‘linadi. Birlamchi bozorda yangi nusxadagi qog‘ozlar sotiladi va sotib oli- nadi, ikkilamchi bozorda oldin chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar hara-
kat qiladi. Birlamchi bozorda qimmatli qog'ozlar sotilsa, ikkilamchi bozorda qayta sotiladi. Iqtisodiyot uchun qimmatli qog‘ozlaming ikkilamchi bozori favqulodda muhim ahamiyatga ega. U xo‘jalik subyektlari o‘rtasida moliyaviy vositalaming erkin harakat qilishini ta’minlaydi. Shu sababli ham O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida “sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlaming hajmini ulaming yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek fond bo- zorini kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida rivojlantirish”ga4 katta ahamiyat berilmoqda.
Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari
Bozoming samarali amal qilishi ko‘p jihatdan uning infratuzilma- sining rivojlanganlik darajasiga bogiiqdir.
Bozor infratuzilmasi - bu bozor aloqalarini o‘rnatish va ular- ning bir maromda amal qilishiga xizmat ko‘rsatuvchi muassasa- lar tizimidir.
Bozor infratuzilmasi tarkibiga kimvchi muassasalami quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha gumhlash mumkin:
tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassa- salar (ombor xo‘jaligi, transport va aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi kor- xonalar, birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari va h.k.);
moliya-kredit munosabatiariga xizmat qiluvchi muassasa-
lar (bank, kredit muassasalari, sug‘urta va moliya kompaniyalari, sbliq idoralari va h.k.); ,
Do'stlaringiz bilan baham: |