5.4-rasm. Iste'mol tovarlari bozori va resurslar bozori hamda bozor sub- yektlari o‘rtasida resurslar, mahsulot va daromadlar harakati32.
Uy xo‘jaliklari resurslami sotishdan olinadigan pul daromadlarini sarflash jarayonida ko‘plab tovar va xizmatlarga o‘zlarining talabini bildiradi. Bir vaqtda korxonalar aynan shu bozorda tovar va xizmat- lami taklif qiladi. Tovar va xizmatlarga iste’mol sarflari oqimi korx- onalaming pul tushumi yoki daromadini tashkil qiladi. 3
Iqtisodiy resurslar bozorining tarkibiy qismini ishchi kuchi bo- zori tashkil qiladi. Ishchi kuchi bozorida o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan iqtisodiy resursning oldi-sotdi bitimi amalga oshirila- di. Bu bozorda biznes tomonidan ishchi kuchiga bo‘lgan talab, uy xo‘jaliklari tomonidan bildirilgan ishchi kuchi taklifi bilan to‘qnash keladi. Shunday ekan, ishchi kuchi bozorida iqtisodiy subyektlaming ikki turi - tadbirkorlar va yollanma ishchilar harakat qiladi. Ishchi kuchi insonning mehnat qilish qobiliyati sifatida tovarga aylanadi, bu qobiliyat bozor orqali uning egasidan ajratib olinishini bildirmaydi. Ishchi kuchi bozorida insonning o‘zi emas, uning mehnat qilish qo- biliyati ma’lum muddatga sotiladi.
Moliya bozori turli-tuman va ko‘p jihatli bo‘lsa ham oldi-sotdi obyekti bitta, ya'ni pul (pulga tenglashtirilgan qog‘ozlar) hisoblanadi. Ortiqcha mablag‘larga ega bo‘lgan xo‘jalik subyektlari o‘z moliyaviy resurslarini ularga ehtiyoj sezgan subyektlarga taklif qiladi.
Moliya bozorini moliyaviy bitimlaming harakatiga qarab turkum- lash mumkin. Bunda moliya bozori ikkiga ajraladi: qarz majburiyat- lari bozori va kapital (mulk) bozori. Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarzga olinadi va shaxsiy iste’mol uchun ishlatila- di. Kapital (mulk) bozorida jamg‘arishga qo‘yilgan puldan daro- mad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablag‘lar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olib kapi- tal bozorini ikkita bo‘g‘inga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va qimmatli qog‘ozlar bozori. Ssuda kapitali bozori - pul shaklidagi kapitalning foiz to‘lash sharti bilan qarzga berish bo‘yicha oldi- sotdi munosabatidir. Bu bozorda asosan davlat va banklaming qisqa muddatli majburiyatlari muomalada bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |