5-mavzu. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilinishi


Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko‘ra bo-


Download 141.46 Kb.
bet8/15
Sana23.04.2023
Hajmi141.46 Kb.
#1389257
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
5-mavzu.Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilinishi

Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko‘ra bo-
zorlar quyidagi turlarga boTinadi: iste'mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond biijalari, ilmiy-texnika kashfiyoti va ishlan- malar bozori.
Muomalaga chiqadigan subyektlarning xususiyatiga ko‘ra ul- guiji va chakana savdoni ajratish mumkin. Chakana savdoda, asosan, sotib oluvchilar fuqarolar hisoblanadi. Turli shakldagi korxonalar, fir- malar, xususiy do‘konlar va boshqalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ul- gurji savdoda mahsulotlar yirik partiyalarda ko‘tarasiga sotiladi.
Bozoming asosiy tarkibiy qismlaridan biri boTib iste’mol tovar- lari va xizmatlar bozori hisoblanadi. Bu bozorda xo‘jalik subyekt- larining barcha uchta turi: uy xo‘jaliklari, davlat va korxonalar qat- nashadi.
Iste’mol tovarlari va xizmatlari bozorining maxsus turi intellek- tual tovarlar bozoridir. Bu bozorda aqliy mehnat mahsuli boTgan tovarlar- ilmiy g‘oyalar, texnika yangiliklari, san’at va adabiyot asar- lari, har xil axborotlar oldi-sotdi qilinadi. Intellektual bozor tarkibida ilmiy-texnika ishlanmalarini ayirboshlash katta o‘rin tutadi. U amal- da patent, litsenziya va nou-xau sotishdan iborat boTib, bu bozorda asosan, innovatsiya firmalari ish ko‘radi. Mazkur firmalar yangiliklar yaratish, bozorda sotish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha xiz- mat ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish vositalari (resurslar) bozorida tovar sifati- dagi mehnat vositalari va materiallar oldi-sotdi qilinadi. Bu bozorda mashina, asbob-uskuna, xomashyo, yoqilgT va materiallar kabi ish-
lab chiqarish vositalari ulgurji ravishda sotiladi. Resurslar bozoridagi tovarlar shaxsiy iste’mo]ga emas, ishlab chiqarish iste'moliga xizmat qiladi, ya’ni ishlab chiqarish talabini qondiradi.
Bozoming barcha subyektlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar iste’mol tovarlari va resurslar bozori orqali ancha to‘liq va yorqin namoyon bo‘ladi (5.4-rasm).
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, uy xo‘jaliklari va davlat iqtisodiy resurslarga egalik qilib, ulami resurslar bozoriga yetkazib beradi. Kor- xonalar resurslarga talab bildiradi. Korxonalaming resurslami sotib olishga sarflagan pul mablag‘lari resurslami yetkazib beruvchilaming daromadlari (ish haqi, renta, foiz va foyda) oqimini tashkil qiladi.



Download 141.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling