5-mavzu. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilinishi
-rasm. Zamonaviy bozor xojaligi modellari 150
Download 141.46 Kb.
|
5-mavzu.Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilinishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor iqtisodiyotida doimiy va asosiy muammolarning hal qilinishi
- Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari
5.2-rasm. Zamonaviy bozor xojaligi modellari 150
Bu har ikkala turda bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari va xususi- yatlari saqlanib qoladi, ularda tovar va pulning harakati, ulaming qonun- qoidalari rivojlanish uchun negiz va shart-sharoit bo‘lib xizmat qiladi. Hozirgi zamon bozor xo‘jaligi iqtisodiyotdagi xususiy va davlat sektorlarining o‘zaro aloqasiga asoslanadi. Iqtisodiyotga ta’siming intensivligi darajasi hamda davlat tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, zamonaviy bozor iqtisodiyotining quyidagi modellari farqlanadi (5.2-rasm). Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo‘lgan bir qa- tor shart-sharoitlar bo‘lishi taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: ilg‘or texnologiya va yangi texnik vositalardan keng miqyosda foydala- nish; ishlab chiqarishning ixtisoslashishi, modemizatsiyalash diver- sifikatsiyalash va boshqalar. Bozor iqtisodiyotida doimiy va asosiy muammolarning hal qilinishi Ijtimoiy xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo‘lini tanlagan har qanday mamlakat mazkur iqtisodiy tizimning qanday amal qilishini mukammal bilishi muhim hisoblanadi. Buning uchun, eng awalo, har qanday iqtisodiy tizimning umumiy muammo- larini ifodalovchi quyidagi savollarga javob topish kerak bo‘ladi: qanday mahsulot va xizmatlami, qancha miqdorda ishlab chiqa- rish zarur? ushbu mahsulot va xizmatlami qanday texnika va texnologiya vositasida ishlab chiqariladi? bu mahsulot va xizmatlar kim uchun ishlab chiqariladi? Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu muammolar qisqacha - «nima, qan- day qilib, kim uchun ishlab chiqarish zarur?» tarzida ifodalanadi. Bu muammolar an'anaviy iqtisodiyotda asosan urf-odatlar, ko‘p yillar davomida mavjud bo‘lib kelayotgan an’analar, milliy, diniy, iqlim va boshqa omillar ta’sirida hal etilsa, ma’muriy-buyruqbozlikka asos- langan iqtisodiy tizimda markazlashtirilgan holdagi taqsimot va re- jalashtirish orqali hal etiladi. Lekin bozor iqtisodiyoti bu muarnmo- lami o‘zgacha tarzda hal etadi. Bunda bozor iqtisodiyoti tizimining o‘ziga xos xususiyatlaridan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqadi. Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarurligi bozor iqti- sodiyoti sharoitida eng awalo iqtisodiy resurslar bilan ta'minlanish darajasiga, talab va taklif nisbatiga bog‘liq. Bunda mavjud bo‘lgan resurslar qanday hajmda band qilinishi yoki qaysi qismi ishlab chiqa- rish jarayonida foydalanishi ham hisobga olinishi lozim. Bu savolga javob berishda korxona zarar ko‘rmaslik va yuqori darajada foyda olish uchun intilish qoidasiga amal qiladi. Shu bilan birga mahsulot va xizmatlaming qanday to‘plami jamiyat talablarini to‘la qondira olishi e'tiborga olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat talab mav- jud bo‘lgan, binobarin, foyda keltirishi mumkin bo‘lgan mahsulot va xizmatlar yaratiladi. Bunda korxona foydasi hajmini tovami so- tishdan olinadigan umumiy pul daromadi va uni ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari o‘rtasidagi nisbat aniqlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy (sof) foyda oluvchi tar- moqning kengayib borish tamoyili amal qiladi. Chunki foyda dara- jasining nisbatan yuqoriligi bu tarmoqqa kam foydali tarmoqlardagi kapitallaming oqib o‘tishini ta’minlaydi. Ammo tarmoqda yangi ish- lab chiqamvchilaming paydo bo‘lishi o‘zini o‘zi cheklovchi jarayon hisoblanadi. Chunki tarmoqqa yangi korxonalaming kirib kelishi bilan uning mahsuloti taklifi bozor talabiga nisbatan jadal ravishda o‘sadi. Bu asta-sekin mazkur mahsulot narxining pasayishiga hamda iqtisodiy foydaning yo‘qolishiga olib keladi. Boshqacha aytganda, raqobat bu foydani yo‘qqa chiqaradi. Bozordagi talab va taklifning iqtisodiy foyda nolga teng bo‘lgan holdagi nisbati bu tarmoq mah- sulotining umumiy miqdorini belgilab beradi. Shu vaziyatda tarmoq ishlab chiqarishning «muvozanatli» hajmiga yetadi. Bozor talabi yoki taklifida yangi o‘zgarishlar ro‘y bermaguncha bu muvozanat buzilmaydi. O‘z-o‘zidan aniqki, tarmoqdagi tovar ishlab chiqarish- dan zarar ko‘rilishi kutilgan holatda korxona bunday iqtisodiy faoli- yat turidan voz kechadi. Buning natijasida zarar ko‘ruvchi yoki past foyda darajasiga ega bo‘lgan tarmoqda ishlab chiqarish hajmi kes- kin qisqarib, taklifning talabdan ortda qolishi ro‘y beradi. Bu esa, sekin-asta mahsulot narxining ko‘tarilishi hamda foyda darajasining oshishiga sharoit yaratadi. Natijada tarmoq o‘zining ishlab chiqarish hajmini qayta tiklaydi va faoliyati barqarorlashadi. Ishlab chiqariladigan mahsulot turi va miqdorini aniqlashda iste'molchi talabi alohida, muhim rol o‘ynashini ta'kidlash lozim. Iste ’molchilaming tovarlami sotib olish maqsadida pul daromadla- rini sarflashga tayyorliklari bozor talabi sifatida namoyon bo‘ladi. Agar bunday talab hajmi ahamiyatli darajaga yetsa, korxona ushbu mahsu- lotni ishlab chiqarishga rag‘bat sezadi, ya’ni iste’molchi talabining ko‘payishi, bu mahsulomi ishlab chiqaruvchi tarmoq uchun iqtisodiy foyda keltiradi. Iste'molchi talabining qisqarishi esa tarmoq ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Qisqasi, bozor iqtisodi- yoti sharoitida iste'molchining talabi qanday mahsulot turlarini ishlab chiqarish masalasini hal qilishda muhim rol o'ynaydi. Shuningdek, nima ishlab chiqarish zarurligini belgilash ko‘p darajada resurslami yetkazib beruvchilarga ham bog‘liq. Resurslarga bo‘lgan talab - bu hosilaviy talab, ya’ni bu resurslar vositasida ishlab chiqariluvchi tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqadi. O‘z daromad- larini yuqori darajaga yetkazishda resurslami yetkazib bemvchining ham bozor talabidan kelib chiqishi shubhasiz. Faqat iste'molchi talabi- ga muvofiq tushuvchi tovarlami ishlab chiqaruvchi korxonalar foyda olib ishlashi mumkin va shu korxonalaming resurslarga bo‘lgan talabi kuchayadi. Qisqasi, iste’molchining afzal ko‘rishi uning talabi orqali namoyon bo‘ladi. Tovar ishlab chiqaruvchi va resurslami yetkazib beruvchilar o‘z manfaatlarini ta’minlash uchun bu talabga mos ravishda, ya’ni yuqori foyda olish uchun pul to‘lash qobiliyatiga ega boMgan iste’molchilarga zarur bo‘lgan turdagi va miqdorda- gi tovarlarni ishlab chiqaradi va resurslarni yetkazib beradi. Tovarlar qanday usulda ishlab chiqariladi yoki ishlab chiqarish qanday tashkil qilinadi, degan savolga ham bozor iqtisodiyoti sharo- itida o‘ziga xos javob boTadi. Bunda uchta uzviy bogTiq masalaga e'tibor beriladi: resurslaming alohida tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi; korxonalar tomonidan ishlab chiqarishning amalga oshirilishi; har bir korxona resurslarining uyg‘unlashuvi va texnologiyani tanlash. Bozor tizimi resurslami awalo yuqori talab va foyda darajasiga ega tarmoqlarga yo‘naltiradi. Past foyda darajasiga ega yoki foyda olmaydigan tarmoqlar iqtisodiy resurslardan mahrum bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zamonaviy texnologiyani qo‘llashga layo- qatli bo‘lgan va shunga intilgan korxonalar samarali faoliyat ko‘rsata oladi. Korxonalaming iqtisodiy samaradorligi quyidagi omillarga bog‘liq: mavjud texnologiya, ya’ni mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi resurslaming oqilona uyg‘unlashuvi darajasi hamda iqti- sodiy resurslaming narxlari. Boshqacha aytganda, iqtisodiy samara- dorlik mahsulotning muayyan hajmini ishlab chiqarishga resurslami eng kam darajada sarflagan holda erishishni bildiradi. Bozor iqtisodiyoti o‘zgamvchan bo‘ladi: u iste’molchilar, ishlab chiqarish texnologiyasi, iqtisodiy resurslar tarkibi o‘zgarishiga mu- vofiq holda o‘zgaradi. Ayni paytda resurslami taqsimlashning ancha samarali hisoblangan tizimi vaqt o‘tishi bilan iste’molchi didining o‘zgarishi, ishlab chiqarish yangi texnologiyasining yaratilishi va tak- lif qilingan resurslar tarkibining qayta o‘zgarishi oqibatida eskirishi va samarasiz bo‘lib qolishi mumkin. Iste’molchi dididagi o‘zgarishlaming mahsulot narxi va foydaga ta'siri ayrim tarmoqlami qisqartirish va boshqalarini kengaytirishni taqozo qiladi. Bu o‘zgartirish resurslar bozori orqali amalga oshirila- di, chunki kengayib bomvchi tarmoq resurslarga ko‘proq talab bil- dirsa, qisqarib bomvchi tarmoq ularga talabni kamaytiradi. Buning natijasida vujudga keluvchi resurs narxlarining o‘zgarishi, resurslami qisqamvchi tarmoqlardan kengayuvchi tarmoqlarga qayta taqsimlay- di. Demak, bozor tizimi texnologiyaning o‘zgarishi va har xil resurs- lar taklifi tarkibidagi o‘zgarishlarga moslashadi. Bozor iqtisodiyoti fan-texnika taraqqiyotini rag‘batlantiradi. Bi- rinchi bo‘lib tejamli texnologiyalami qo‘llash korxonaning o‘z raqo- batchilari oldidagi vaqtinchalik ustunligini ta'minlaydi. Ishlab chiqa- rish xarajatlarining pasayishi korxonaning iqtisodiy foyda olishini bildiradi. Bundan tashqari, bozor tizimi yangi texnologiyaning tez tarqalishi uchun sharoit ham yaratadi. Shunday qilib, bozor iqtisodi- yoti sharoitida har bir korxona yuqori foyda berishi mumkin bo‘lgan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqarishni amalga oshira- dilar. Qisqacha xulosa qilinadigan bo‘lsa, bozor iqtisodiyoti sharoi- tida «nima, kim uchun va qanday qilib ishlab chiqarish zarur» degan muammoga quyidagicha javob beriladi: yuqori foyda beradigan barcha tovarlar va xizmatlar to‘lovga layoqatli iste’molchilar talabiga yetarli hajmda ishlab chiqariladi; tovar va xizmatlar to‘lov layoqatiga ega, yuqori foyda olish im- konini beradigan xaridorlar uchun ishlab chiqariladi; v) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, resurslami tejash imkonini beradigan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari Oldingi bobdan ma’lumki, mavjud iqtisodiy tizimlar orasida bo- zor iqtisodiyoti o‘zining afzalliklari bilan ajralib turadi. Aynan shu afzalliklar mazkur iqtisodiy tizimning samarali va barqaror amal qili- shi, rivojlanishiga zamin yaratadi. Eng awalo, bozor iqtisodiyotining uchta ustun jihatini ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Download 141.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling