5-mavzu. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilinishi


-rasm. Bozorning vazifalari


Download 141.46 Kb.
bet7/15
Sana23.04.2023
Hajmi141.46 Kb.
#1389257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
5-mavzu.Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilinishi

5.3-rasm. Bozorning vazifalari



Bozor turli xil vazifalami bajarsa-da, ular o‘zaro bogiiq va bir- birini taqozo qiladi. Bozoming iqtisodiy mazmunini chuqurroq tushu- nish uchun uning turlari va ichki tuzilishini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.



  1. Bozorning turlari va tuzilishi

Hozirgi davrda bozor murakkab tuzilishga egadir. Bozoming ich- ki tuzilishi murakkab bo‘lganligi sababli uni turkumlashga quyidagi mezonlar asos qilib olinadi: bozoming yetuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor subyektlari xususiyatlari, bo- zor miqyosi, iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar.
Bozoming yetuklik darajasiga qarab rivojlamnagan bozor, er- kin (klassik) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo‘linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor tasodifiy tavsifga ega bo‘lib, unda tovarni tovarga ayirboshlash (barter) usuli ko‘proq qo‘llaniladi. Bozoming bu turi tarixan hali haqiqiy pul mavjud bo‘lmagan davrga to‘g‘ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo‘qotgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ham bozoming bunday turi amal qilishi mumkin.
Erkin (klassik) bozor - tovar va xizmatlarning har bir turi bo‘yicha juda ko‘p ishlab chiqarnvchilar va iste’molchilar, sotuv- chilar va xaridorlar mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida erkin raqobat amal qiluvchi, narxlar talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanuvchi bozordir. Erkin bozorda raqobatning turli usul- lari qo‘llanilib, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanishi ro‘y beradi.
Hozirgi zamon rivojlangan bozori ijtimoiy-iqtisodiy samara- dorlikni ta’minlash va aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida bozor aloqalarining davlat tomonidan tartibga solib turilishiga asoslanadi. Demak, davlat ham bozor ishtirokchisi bo‘lib, u bozor aloqalarini tartiblashtiradi va boshqaradi. Hozirgi zamon rivojlangan bozorida turli xil biijalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluv- chi sohalar taraqqiy etgan bo'ladi. Raqobatning asoratli kurashlari.
aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ulaming daromadlari o‘rtasidagi tafovutlar me’yor darajasida ushlab turiladi.
Bozor hududiy jihatdan ham turlicha bo‘lishi mumkin. Bular mahalliy bozorlar (Toshkent bozori, Samarqand bozori, Urgut bo- zori, London bozori, Nyu-York bozori, Pekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar (O‘zbekiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori, Amerika bozori, Xitoy bozori va boshqalar); hududiy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G‘arbiy Yevropa bo- zori) va nihoyat jahon bozori.

Download 141.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling