Tadbirkorlik sektori - bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi birlamchi bo‘g‘inidir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqo- zo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo‘jaligida tovar va xizmatlami yetkazib beradi.
Davlat sektori - o‘z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan, iqtisodiyotni tartibga soiish vazifasini amal- ga oshiradigan turli byudjet tasbkilotlari va muassasalarining majmui.
Shuningdek, ba’zi darslik va o‘quv qo‘llanmalarda bozor iqtisodiyotining yana bir alohida, mustaqil subyekti sifatida banklar ajratib ko‘rsatiladi.1
Bank - iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo‘lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi.
Shunday qilib, yuqorida keltirib o‘tilgan bozor iqtisodiyoti sub- yektlarining o‘zaro ta’siri va aloqasini quyidagi rasm orqali ifodalash mumkin (5.1-rasm).
5.1-rasm. Bozor xo‘jaligi subyektlari o‘zaro aloqasining umumiy modeli
Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi, aso- san, to‘rtta tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi: narx, talab, taklif, raqobat.
Narxlar nisbati o‘zgarib turadi, shuning uchun narx ishlab chiqa- ruvchi uchun ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi zarurligini aniq- lashda yo‘l ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Talab va taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o‘zgarishlar o‘z navbatida, narxlardagi o‘zgarishlami keltirib chiqaradi.
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilar- dan iborat:
turli shakllardagi mulkchilikning mavjud boTishi va unda xu- susiy mulkchilikning ustuvorligi;
tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
raqobat kurashining mavjudligi;
davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;
korxona va firmalaming ichki va tashqi shart-sharoitlar o‘zgarishlariga moslashuvchanligi.
Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning barcha bosqichlari uchun umumiydir. Lekin bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgi- lari haqida gap borganda bu iqtisodiyotning tarixan tarkib topgan ikki turini bir-biridan farq qilish zarur. Uning birinchi ko‘rinishi uzoq vaqt davomida shakllanib, g‘arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asr- ning oxirlarigacha davom etib keldi. U iqtisodiy adabiyotlarda klas- sik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb nom oldi. Uning asosiy belgilari: a) iqtisodiy faoliyat yuritishning xususiy mulkchilikka asoslangan- ligi; b) kapital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umum- lashganligi; v) tadbirkorlar, ishchilar, tovar ishlab chiqaruvchilar va iste 'molchilaming shaxsan erkinligi; g) tadbirkorlaming yuqori foyda olish uchun kurashlari; d) iqtisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat kurashlari asosida tartiblanishi; e) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvi- ning kuchayishi; j) bozor harakatlarining stixiyali amalga oshirilishi, nomaTum bozor uchun ishlash.
Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko‘rinishi hozirgi zamon rivoj- langan bozor iqtisodiyoti deb atalib, XIX asming oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal qiladi. Uning asosiy belgilari:
iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatini yuritishning turli mulkchilik shakllari, ya’ni xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakl- lariga asoslanganligi;
kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlash- ganligi, muikning bir qismi yirik monopoliyalar va davlat qo‘lida to‘planib, milliy va xalqaro miqyosda umumlashganligi;
v) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan-texnika taraqqiyoti va boshqa omillami hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlami, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlami tartibga solish chora-tadbirlarini bel- gilash vazifalarini bajaradi;
g) xo‘jaliklami yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayi- shi (biznes rejasi, prognozlash, turli xil dasturlar asosida ishlash, buyurt- malami bajarish, marketing tizimi orqali boshqarish va boshqalar);
d) ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta fondlarining vujudga kelishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |