5-мавзу: бозор иқтисодиётининг мазмуни ва белгилари


Download 0.89 Mb.
bet19/22
Sana05.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#218145
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
kurs ishi

Muzqaymoq kafesi -hordiq chiqarish uchun eng gavjum joy. Hamma oilalar ham restoran yoki barga boravermaydi, chunki u joylar yoshi jihatidan katta toifadagilarga mo’ljallangan, narx-navosi ham yuqori. Muzqaymoq kafelari esa hammabop, butun oila a‘zolari bilan kelib muzqaymoq iste‘mol qilish va dam olish mumkin. Muzqaymoq tayyorlash jarayoni ham o’ziga xos. Muzqaymoq kafesi uchun uncha katta maydon talab qilinmaydi.

Muzqaymoq kafelari savdo zalida: past haroratli vitrinada muzqaymoq assortimenti namunalari qo’yiladi. Mebel bo’ladi, choy va kofe qaynatadigan anjomlar yordamida mijozlarga issiq choy, kofe tayyorlanadi. Bundan tashqari, muzqaymoq kafesida har xil pishiriqlar, qandolat mahsulotlarini ham harid qilish mumkin.



Kafeteriylar- yirik oziq-ovqat yoki nooziq-ovqat magazinlarida tashkil qilinadi. Kafeteriylarda issiq ichimliklar, sut-qatiq mahsulotlari, buterbrodlar, qandolat mahsulotlari va boshqalar tayyorlanishi va sotilishi mumkin, tayyor uncha qiyin bo’lmagan mahsulotlar bo’ladi. Alkogol ichimliklar sotish taqiqlanadi. Hisob-kitobni bufetchining o’zi bajaradi.

Oshxona -Umumiy ovqatlanish korxonalari orasida oshxonalar eng keng tarqalgan umumiy ovqatlanish joyi hisoblanadi. Asosiy faoliyati - o’z mahsulotidan aholi uchun taomlar tayyorlash, ularning mijozlar talablarini qondirish, nonushta, tushlik, kechki ovqatlar yoki ularning bir qismi tayyorlanadi. Oshxonalar joylashgan joyiga va xizmat ko’rsatiladigan mijozlariga ko’ra umumiy ravishda foydalaniladigan sanoat korxonalari, muassasalar, qurilishlar, o’quv yurtlari va shu kabilar huzuridagi oshxonalarga bo’linadi.

Ishlab chiqarish korxonalari, o’quv yurtlari va muassasalar huzuridagi oshxonalarda asosan hafta kunlari bo’yicha turli xil majmua tushliklar, nonushtalar va kechki ovqatlar tashkil etiladi. Oshxonalardan uyga ham ovqat beriladi, oldindan buyurtmalar qabul qilinadi, shuningdek, ovqat mahsulotlari, chala tayyor mahsulotlar sotiladi. Ularda o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish va stollarga majmua ovqatlarni oldindan qo’yish usullari qo’llaniladi. Oshxonalar bir-birlaridan farqlanadi:

- mahsulotlari assortimenti bo’yicha: umumiy va parhez taomlar oshxonalari;

- xizmat ko’rsatiladigan mijozlar: maktab bolalari,talabalar va shunga o’xshashlar;

- manzili bo’yicha: hamma uchun, o’quv va korxona, muassasa xodimlari uchun. Iste‘molchilar tarkibi bo’yicha - yoshlar kafesi, bolalar kafesi va h.k.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling