5-мавзу: бозор иқтисодиётининг мазмуни ва белгилари
Download 0.89 Mb.
|
kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baxt uylari
Tamaddixona- assortimenti cheklangan bo’lib, sovuq va issiq taomlar, hammabop va tez tayyorlanadigan taomlar: sosiska, sardelkalar, chuchvara, qovurilgan tuxum taklif kilinadi. Tamaddixonalarda xohlagan ovqat tanlanadi, ko’p hollarda tik turib tamaddi qilinadi. Taom tanlangach, hisob-kitob birdaniga amalga oshiriladi. Bu ish avtomatkassalar orqali ham bo’lishi mumkin. Tamaddixonalarda spirtli ichimliklar sotish taqiqlanadi.
Bufet-bu iste‘molchilarga cheklangan turdagi qaynoq va salqin ichimliklar, sovuq taomlar, non-bulka va qandolatchilik mahsuotlari shuningdek, oson tayyorlanadigan issiq va shirin taomlar bilan tezkor xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan korxonadir. Unda o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish yoki ofitsiantlar tomonidan xizmat ko’rsatish mumkin. Hisob-kitob bufetchi yoki savdo avtomati orqali bajariladi. Bufetlar quyidagi joylarda faoliyat ko’rsatadi: mehmonxonalarda, maktablarda,tomosha maskanlarida, sport maydonlari atrofida, vokzallarda, daryo, dengiz kemalarida, ishlab chiqarish va transport korxonalarida, kurilish va boshqa muassasalarda. Odatda bufetlar mahsulotlarni o’zlariga qarashli umumiy ovqatlanish korxonalaridan oladi. Bundan tashqari ommaviy o’yin-tomosha joylaridagi bufetlarda oliy sifatli qandolatlar, konfetlar, meva va ma‘danli suvlar, ho’l mevalar bo’lishi kerak. Spirtli ichimliklar bilan savdo qilish mumkin emas. Maktab va bilim yurtlari qoshidagi bufetlar kuni uzaytirilgan maktablarda qoluvchi o’quvchilar va maktab xodimlari uchun nonushta va tushliklar beradi. Umumta‘lim maktablarida maktab qurilish loyihasida belgilangan tartibda bufetlar joylashtiriladi. Baxt uylari qoshidagi bufetlarda meva-chevalar, shokolad, konfetlar shuningdek, gullar va sovg’a buyumlari bo’ladi. Nikohdan o’tuvchilarning xohishiga qarab, oldindan dasturxon tuzatilishi va ofitsiantlar xizmat qilishi mumkin. Choyxonalarda choy va undan tayyorlangan pishiriqlar, qandolat mahsulotlari, go’shtli ovqatlar, baliq, tuxum, mol go’shti, qovurilgan tuxum, kolbasa va boshqalar sotiladi. Bu yerda asosan o’z-o’ziga xizmat qilish amalga oshiriladi. Bu choyxonalar Markaziy Osiyo davlatlarida umumiy ovqatlantirish tizimining asoslarini tashkil qiladi. Mustaqillik tufayli O’zbekistonda choyxonalarga keng imkoniyatlar berildi. O’tgan yillar ichida shunday choyxonalar bunyod etildiki, ular faqat choy ichish joyigina emas, ajoyib hordiq chiqarish, ko’ngil ochish, do’stlarning suhbatlashish makoniga aylandi. Bu yerda mijozlarning o’zlari xohlagan ovqatlarini tayyorlashlari, ayniqsa, choyxona palovi juda mashhur. Choyxonalar madaniy dam olish maskaniga aylandi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling