214
mentalitetga singib ketganligini hamda muammo sifatida idrok etilmasliginini anglatadi. Qora
korruptsiya - bunda korruptsion aloqalar jamiyatning barcha qatlamlari tomonidan qoralanadi. Kulrang
korruptsiya - korruptsiya borasida biron bir rozilik mavjud bo’lmagan amaliyotlardir. Aynan kulrang
korruptsiya atrofida janjallar yuzaga keladi
92
.
6.1.2-rasm.
Mamlakatda korruptsiya holatlarining ko’payishi bir tomondan jamiyatda kuchli iqtisodiy
muammolarni keltirib chiqarsa, ikkinchi tomondan aholi o’rtasida ma’naviy krizisni vujudga keltiradi. Bu
holat o’z-o’zidan ishsizlik, adolatsizlik, qashshoqlikning kelib chiqishiga va natijada jamiyatda dunyoviylik
va diniylik o’rtasidagi muvozanatning buzilishiga, ya’ni diniy ekstremizm va terrorizm tarafdorlarining
ko’payishiga zamin yaratadi. Sotsiologlarning olib borgan tadqiqotlari natijasiga ko’ra din niqobidagi
ekstremizm jamiyatda tobora avj olayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga ham bog’liq bo’lib qolmoqda:
- aholi turmush darajasining pasayishi;
- yoshlar orasida ishsizlar sonining keskin oshishi;
- ish haqi va bozordagi narx-navoning nomuvofiqligi hamda ozuqa sifatining pastligi;
- ayrim hududlarda ijtimoiy xizmat ko’rsatish darajasining pastligi yoki mavjud emasligi,
shuningdek, ta’lim olish va sog’liqni saqlash imkonining cheklanganligi;
- aholi orasida savodsizlik darajasining yuqoriligi;
- yashash sharoitlarining pastligi;
- adolatli soliq tizimining mavjud emasligi kabi muammolar shular jumlasidandir
93
.
Shu boisdan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi palatalarining qo’shma majlisidagi “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini mard
va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzuidagi ma’ruzasida “Jamiyatimizda korruptsiya, turli
jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo’l qo’ymaslik,
jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to’g’risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo’yicha qat’iy
choralar ko’rishimiz zarur”, deb bejiz ta’kidlamaganlar
94
.
Mamlakatimizda “korruptsiya” so’zi ishlatilgan 207 ta normativ-huquqiy hujjat mavjud bo’lib,
ularning barchasida ushbu so’z korruptsiyaga qarshi kurashish maqsadida ishlatilgan.
“Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonun Prezident Shavkat Mirziyoev o’z lavozimiga
kirishgandan so’ng imzolagan dastlabki qonunlardan biri ekanligi barchamizga ma’lum.
Do'stlaringiz bilan baham: |