5-Mavzu: Global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqiroz sifatida. O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning ijtimoiy, g’oyaviy asoslari
БМТ томонидан коррупцияга берилган таърифлар
Download 136.31 Kb. Pdf ko'rish
|
5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oq korruptsiya
БМТ томонидан коррупцияга берилган таърифлар:
1. мансабдор шахслар томонидан давлат мулкини ўғирлаш, талон-тарож қилиш ва ўзлаштириш; 2. ноқонуний фойда олиш учун ўз хизмат лавозимини суистеъмол қилиш; 3. ижтимоий бурч ва шахсий таъмагирлик, манфаатлар ўртасидаги зиддият 213 foydalanib, o’zining shaxsiy manfaatini o’ylab boylik orttirish maqsadida mamlakat qonunlariga zid keladigan har xil pora olish va pora berish jinoyatlari bilan shug’ullanishidir 89 . Korruptsiyaning boshqa jinoyat turlaridan ajralib turadigan o’ziga xos belgisi shundaki, bu mansabdor shaxsning xatti-harakatlari va uning ish beruvchisi manfaatlari o’rtasidagi ziddiyat yoki saylangan shaxsning xatti-harakati va jamiyat manfaatlarining o’rtasidagi ziddiyat hisoblanadi. Korruptsiyaning eng ko’p uchraydigan turlari mansabdor shaxs tomonidan qilingan firibgarlikka o’xshaydi va bunday jinoyatlar davlat hokimiyatiga qarshi jinoyatlar toifasiga kiradi. Mansabdor shaxslarni korruptsiyaga undaydigan asosiy rag’batlardan biri bu hokimiyatidan foydalanish natijasida orttirgan iqtisodiy foyda hisoblanadi. Ularni korruptsiyadan qaytaruvchi asosiy omil muqarrar jazo hisoblanadi. Korruptsiya mamlakatda harqanday iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun eng katta xavf hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha dunyoda korruptsiyaning juda ko’p turlari mavjud. BMTning korruptsiyaga qarshi xalqaro kurash to’g’risidagi hujjatida korruptsiyaga “shaxsiy maqsadlarda manfaatga erishish uchun davlat hokimiyatini suiste’mol qilish” sifatida ta’rif beriladi. Ushbu tushuncha o’z ichiga poraxo’rlikni (shaxsni burch yuzasidan yo’ldan urish uchun mukofot berish), nepotizm (daromadli yoki foydali lavozimlarni qarindoshlar yoki “o’z odamlari” egallashiga homiylik qilish) va shaxsan foydalanish uchun ommaviy mablag’larni noqonuniy o’zlashtirishni o’z ichiga oladi 90 . Korruptsiya tushunchasi AQSh olimlari tomonidan eng chuqur va har tomonalama o’rganilgan. Amerikalik tadqiqotchilar korruptsiya muammosiga siyosiy arboblar, davlat apparati xodimlari, tadbirkorlar va boshqa shaxslarning boylik orttirish va o’z ijtimoiy mavqeini yuksaltirish maqsadlarida, shaxsiy, oilaviy yoki guruh manfaatlari yo’lida o’z rasmiy majburiyatlari va davlat vazifalaridan bosh tortish singari hodisa sifatida ta’rif beradi: mansabdor shaxsning rasmiy majburiyatlari va boshqa shaxslarning huquqlariga mos kelmaydigan qandaydir ustunlikni taqdim etish maqsadida sodir etiladigan qilmish; mansabdor shaxsning o’z maqomi yoki mavqidan boshqa shaxslarning majburiyatlari va huquqlariga qarshi maqsadlarda o’zi yoki boshqa shaxs uchun qandaydir ustunlikka erishish uchun noqonuniy va huquqqa ega bo’lmagan foydalanish yo’lidagi qilmishi 91 . Masalaning murakkab jihati shundaki, korruptsiya ko’p hollarda davlat organlari faoliyatining o’ziga xos turlarida amalga oshiriladi. Korruptsiyaning moslashuvchanlik qobiliyati nihoyatda kuchli bo’lganligi uchun bu jinoyatning tagiga etish anchayin mushkul ish. Buning ustiga bugungi kunda korruptsiya o’zining ko’rinishlarini muttasil o’zgartirib bormoqda va mukammallashmoqda. Shuning uchun korruptsiyaga qarshi kurashilganida odatda korruptsion tizimda ishtirok etgan eng past toifadagi aybdorlargina jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Dunyoning ko’pgina olimlari korruptsiyaning kelib chiqish sabalari va oqibatlarini o’rganish orqali uni tasniflashga harakat qilgan. Jumladan, AQShdan bo’lgan xalqaro ekspert S.Alatas korruptsiyani sinflarga ajratishda kooruptsiyaning oqibatlari va tarqalish ko’lami nuqtai-nazaridan ajratgan. Uning fikricha korruptsiya uch sinfga ajratiladi: 1) Korruptsiyaning nisbatan cheklangan turi. U asosan hokimiyatning yuqori bosqichida jamlangan bo’lib ijtimoiy hayotning barcha sohalariga keng ta’sir ko’rsatmaydi; 2) Korruptsiyaning o’ta keng tarqalgan turi. Jamiyatda deyarli barcha narsa pora yordamida hal qilinadi va hayotning butun sohalarini qamrab oladi; 3) Korruptsiyaning bu turi ijtimoiy tuzumni butunlay vayron qiladi. Yana bir amerikalik mutaxassis A.Xaydenxaymer korruptsiyani sinflarga ajratishda jamiyat tomonidan korruptsiyaga nisbatan mavjud munosabatga ko’ra (unga chidash yoki uni ma’qulllamaslik) ajratadi. A.Xaydenxaymer korruptsiyaning uchta turini sanab o’tgan. Bular oq, qora va kulrang korruptsiyalardir. Oq korruptsiya - bunga nisbatan jamoatchilik fikrida rozilik mavjudligini: bu harakatlar qoralanmasligini, ular mohiyatiga ko’ra 89 Юридик энциклопедия . – Тошкент: Шарқ, 2001. – Б. 258. 90 Қўчқоров С, Коррупция Ўзбекистон Республикаси миллий хавфсизлигига таҳдид сифатида. Диссертация. — Т.: 2020. — Б. 17. 91 Elliott, Kimberly Ann (1950). "Corruption as an international policy problem: overview and recommendations" (PDF). Washington, DC: Institute for International Economics. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling