5-Mavzu: Global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqiroz sifatida. O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning ijtimoiy, g’oyaviy asoslari


Korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratining roli


Download 136.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana14.11.2023
Hajmi136.31 Kb.
#1772303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-mavzu

 
Korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratining roli. 
Inson, jamiyat va davlat uchun katta xavfga ega bo’lgan va bir vaqtning o’zida jamiyat hayotining 
barcha sohalariga salbiy ta’sir o’tkazadigan korruptsiya omillari bugungi kunda nafaqat mamlakatning 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sir o’tkazadi, balki fuqarolarning konstitutsion huquqlari va 
erkinliklarining buzilishiga olib keladi hamda va tadbirkorlik muhitining rivojlanishi uchun to’sqinlik 
qiladi. Korruptsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olishda faqatgina davlat organlarining chora-
tadbirlari etarli bo’lmayotganligi tahlillar natijasida ma’lum bo’lmoqda. Bu sohada fuqarolik 
institutlarining o’zaro mustahkam hamkorligi nihoyatda muhim rol o’ynaydi. Nodavlat notijorat 
tashkilotlari hamda fuqarolik institutlari hozirgi kunda inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy 
100
https://uza.uz/uz/posts/jamoatchilik-korrupciyaga-qarshi-kurashish-borasida-amalga-oshirilaetgan-ishlar-togrisida-qanday-
fikrda?q=%2Fposts%2Fjamoatchilik-korrupciyaga-qarshi-kurashish-borasida-amalga-oshirilaetgan-ishlar-togrisida-qanday-
fikrda 


220 
manfaatlari va demokratik qadriyatlarni himoya qilishning eng muhim omiliga aylanmoqda. Shuningdek, 
nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko’maklashadi hamda 
fuqarolarning o’z salohiyatlarini ro’yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy 
madaniyatini oshirish uchun xzmat qiladi. 
Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning jahon amaliyotida keng tarqalga shakllari – bu davlat 
organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatiga oid jamoatchilik eshituvlari, jamoatchilik 
muhokamalari, jamoatchilik ekspertizasi, jamoatchilik tahlili yoki monitoringi, jamoatchilik surishtiruvi, 
jamoatchilik tekshiruvi, jamoatchilik so’rovi, murojaatlar, jamoatchilik tashabbuslari hisoblanadi. 
Shuningdek, yana bir keng tarqalgan ko’rinishlaridan biri – bu davlatning mansabdorlar tomonidan o’z 
lavozimini suiiste’mol qilinishiga qarshi kurashishni bevosita amalga oshiruvchi organlari bilan 
jamoatchilik nazorati sub’ektlarining o’zaro hamkorligi bo’lib, mazkur amaliyot keyingi yillarda 
korruptsiyaning oldini olishda eng samarali mexanizmlardan biriga aylandi. Chunki, davlat organlari yoki 
huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi organlar har doim ham to’rachilik, korruptsiya kabi illatlarga 
barham berish, ya’ni ularni muntazam nazorat qilish yoki kuzatib borish imkoniyatiga ega bo’lmaydi, ular 
odatda oldindan tuzilgan rejalar va tanlov asosidagi tekshiruvlar, shaxslarning murojaatlari kabilar orqali 
yoki huquqbuzarlik alomatlari sezilgandagina habardor bo’lishadi, jamoatchilik esa, aynan mansabdor 
shaxslar bilan har kuni, har soatda to’qnash keladi. Jamoatchilik nazorati davlat organlari faoliyatining 
qonuniyligini ta’minlash, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan shaxslarning 
xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlovchi qonun xujjatlariga rioya etmaslik holatlarini 
aniqlashga qaratilgan jamoatchilik nazorati sub’ektlari tomonidan qonun doirasida olib boriladigan 
nazoratga oid chora-tadbirlar majmuidir. 
Korruptsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik institutlariga keng vakolatlar berilayotgan bo’lsa-da, bu 
borada hali oldimizda hal qilinmagan muammolar ham yo’q emas. Ular sirasiga, 
- fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan davlat boshqaruv organlari faoliyati ustidan nazoratning 
o’rnatilmaganligi;
- fuqarolik jamiyati institutlari, OAV bilan davlat boshqaruv organlarining o’zaro hamkorlik 
tizimining ishlab chiqilmaganligi;
- davlat boshqaruv organlarida korruptsiya darajasi va uning oqibatida kelib chiqayotgan 
muammolarning kundan-kunga ortib borayotganligi;
- korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bilan shug’ullanuvchi huquqni muhofaza 
qiluvchi organlar va xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi hamkorlikni tashkil etish, muvofiqlashtirish va amalga 
oshirish sohasidagi muammolarning mavjudligi;
- fuqarolik jamiyati institutlarining davlat boshqaruv faoliyatida ishtirokining sustligi, ta’sir 
choralarining kuchsizligi, aralashuvining yo’qligi;
- korruptsiyaga qarshi kurashishda jamoat nazoratini o’rnatish bo’yicha huquqiy asoslarining etarli 
darajada ishlab chiqilmaganligi;
- fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining samarasizligi – “xo’jako’rsinga” tuzilganligi;
- antikorruptsion fuqarolik jamiyati institutining yo’qligi;
- fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatining hamon pastligicha qolayotganligi;
- OAVning rolini kuchaytirish masalasi, ya’ni “jurnalist surishtiruvi”, “jurnalist tergovi”ning etarli 
rivojlanmaganligi shular jumlasidandir
101
. Shunga ko’ra, davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan 
kuchli jamoatchilik nazoratini amalga oshirish fuqarolik jamiyatini barpo etishning eng muhim shartlaridan 
hisoblanadi. Zotan, fuqarolarning faolligi, ijtimoiy hodisalarga befarq bo’lmasligi hamda har bir davlat 
xizmatchisining o’z faoliyatini jamoatchilik nazorati ostida ekanligini chuqur his etib borishi fuqarolik 
jamiyatini mustahkamlashning muhim shartidir. 
Bugungi kunda jamiyatimizning ko’p sonli ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy 
muammolari orasida korruptsiyaga qarshi kurash muammosi ayniqsa muhim o’rin 
egallaydi. O’zbekistonda hozir nafaqat modernizatsiya, balki ijtimoiy, davlat va 
iqtisodiy negizlarning tubdan o’zgarish jarayonlari yuz berayotir. Shu bois 
mamlakatimizda rivojlanishning umumiy, shu jumladan salbiy qonuniyatlari 
kuzatilayotgani tabiiy bir holdir. Korruptsiyaga qarshi kurashda samarali chora-
101
Г.Б.Нурмуҳамедова. Коррупцияга қарши курашишда жамоатчилик назоратининг аҳамияти. Ҳуқуқий тадқиқотлар 
журнали. 2017 №6. Б. 82. 


221 
tadbirlar ko’rmaslik shunga olib kelishi mumkinki, u kriminal, iqtisodiy va ijtimoiy 
muammodan siyosiy muammoga aylanishi va mamlakatning konstitutsiyaviy 
asoslariga putur etkazuvchi milliy ofat tusini olishi mumkin.

Download 136.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling