5-Mavzu: Global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqiroz sifatida. O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning ijtimoiy, g’oyaviy asoslari


 Korrupsiyaga qarshi kurashda davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari


Download 136.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana14.11.2023
Hajmi136.31 Kb.
#1772303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-mavzu

 
1. Korrupsiyaga qarshi kurashda davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari. 
Bugungi kunda mustaqil O’zbekiston Respublikasi o’tish davri va bozor munosabatlarini to’la 
amalga oshirish yo’lidan borar ekan korruptsiya va jinoyatchilikning ko’pgina turlari bu jarayonga salbiy 
ta’sir ko’rsatib kelayotganligi hech kimga sir emas. Barcha mamlakatlarda bo’lgani singari koruptsiya va 
jinoyatchilikning ko’pgina turlari O’zbekiston Respublikasining ichki tizimida chuqur va mustahkam uya 
qurib olgan. O’zbekiston uyushgan jinoyatchilikning "qora" iqtisodiyot, narko biznes, terrorizm usullaridan 
foydalanish, faxsh savdosi kabi turlaridan xoli mamlakat emas.
Toshkent Davlat Yuridik Instituti O’qituvchisi Igor Kudriyavtsev «bizning hududlarda jinoiy 
uyushmalarning asosan ikki turi mavjud bo’lib, birinchisi: giyohvandlik moddalari bilan savdo qiladigan 
guruhlar
va ikkinchisi; hokimiyatni bosib olish, ya’ni konstitutsiyaviy tuzumni ag’darib tashlash maqsadida fitnalar 
uyushtirishni maqsad qilib olgan jinoiy uyushmalar»dir degan fikrlarni bildirgan. Lekin O’zbekistonda 
uyushgan jinoyatchilikning eng xavfli bo’lgan uchinchi kurinishi ham mavjud. Bu korruptsiyadir.
O’zbekiston Respublikasi “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunning 5-moddasida 
korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagilar 
keltirilgan: 
1) 
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga 
nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish; 
2) 
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-
tadbirlarni amalga oshirish; 
3) 
korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlash, ularga chek qo’yish, ularning 
oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korruptsiyaga oid 
huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi printsipini ta’minlash. 
Jahonda korruptsiyaga qarshi ko’plab xalqaro normativ – huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo’lib 
xalqaro mexanizmlar shakllantirilgan. Jumladan, BMT Bosh Assambleyasining 51-sessiyasi 82-yalpi 
yig’ilishida (Nyu-York, 1996 yil 12 dekabr) davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloqiy kodeksi, 
Strasburg shahrida 1999 yil 27 yanvarda korruptsiya bo’yicha jinoiy javobgarlik, 1999 yil 4 noyabrda 
korruptsiya bo’yicha fuqaroviy-huquqiy javobgarlik konventsiyasi, 2003 yil 15 mayda korruptsiya bo’yicha 
jinoiy javobgarlik konventsiyasiga qo’shimcha protokol, shu yili 31 oktyabrda Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining korruptsiyaga qarshi konventsiyasi qabul qilndi. Shuningdek, jahon hamjamiyati BMT Bosh 
Assambleyasining 2003 yil 21 noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004 yildan boshlab 9 dekabr xalqaro 
Korruptsiyaga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Jahon bo’ylab BMT a’zolari bo’lgan, korruptsiyaga 
qarshi kurash konventsiyasini tan olgan mamlakatlar shu kuni turli tadbirlar, aktsiyalar uyushtiradi. 
Plakatlar va varaqalar chop etadi
97
.
97
Қўчқоров С, Коррупция Ўзбекистон Республикаси миллий хавфсизлигига таҳдид сифатида. Диссертация. — Т.: 
2020. — Б. 46. 


218 
O’zbekiston Respublikasi “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunning 7-moddasida 
korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari belgilangan 
bo’lib bunday davlat organlariga O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O’zbekiston Respublikasi 
Davlat xavfsizlik xizmati, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligi va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham kiradi. Shuningdek yuqoridagi 
Qonunning 6-moddasida Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati davlat dasturlari va 
boshqa dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkinligi belgilab qo’yilgan. Davlat dasturlari va boshqa 
dasturlar ushbu Qonunning qoidalari samarali ijro etilishini ta’minlash, korruptsiyaning holati hamda 
tendentsiyalaridan kelib chiqqan holda korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha kompleks va tizimli chora-
tadbirlar ko’rish maqsadida ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi
98
. 2017 yil 2 fevralda O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining «Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi 
Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2752-sonli 
Qarori
chiqdi. 
Qarorda «Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi 
Qonuniga
muvofiq 
Korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha respublika idoralararo komissiyasining asosiy vazifalari etib 
quyidagilar belgilandi: 
1) 
korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning 
ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish; 
2) 
korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok 
etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash; 
3) 
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korruptsiyaga 
nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga 
oshirilishini tashkil etish; 
4) 
korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek 
qo’yishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf 
etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlash; 
5) 
korruptsiyaning holati va tendentsiyalari to’g’risidagi axborotni yig’ish hamda tahlil etish; 
6) 
korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan 
monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning 
samaradorligini baholash; 
7) 
korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu 
sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash; 
8) 
korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini 
muvofiqlashtirish. 
Shuningdek, ushbu qaror asosida 2017-2018 yillarga mo’ljallangan korruptsiyaga qarshi kurashish 
bo’yicha davlat dasturi qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyunda Korruptsiyaga qarshi kurashish 
agentligini tashkil etish haqidagi PQ – 4761 sonli Qarori chiqdi. Unga ko’ra agentlik tarmoq va hudud 
rahbarlari bilan birga quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: 
1) 
barcha viloyat, tuman (shahar) hokimlari o’z hududlarida, tarmoq rahbarlari o’z tizimlarida 
agentlik bilan birga bir oy muddatda Korruptsiyadan xoli dasturini ishlab chiqadi. Bunda ochiqlik va 
oshkoralikni ta’minlash hamda sohalarni raqamlashtirish eng asosiy vazifa bo’ladi; 
2) 
korruptsiyaning oldini olishda ta’sirchan parlament va jamoatchilik nazorati yo’lga 
qo’yiladi. Jumladan, agentlik korruptsiyaga qarshi kurashish ishlarining holatini tahlil qilib, har yili 
Prezident va Oliy Majlis palatalariga milliy hisobot kiritib boradi; 
3) 
agentlik keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyatining boshqa 
institutlari bilan birga aholi va tadbirkorlarning korruptsiyaga munosabatini o’rganib borishi va davlat 
idoralari faoliyatini baholab boradi
99
.
Umuman olganda O’zbekiston Respublikasida ham isloxotlar bosqichida turgan aksariyat davlatlarga 
xos bo’lgan qiyinchiliklar mavjudligini va ular korruptsiyani vujudga keltiruvchi muammolar mavjud 
ekanligini inkor etib bo’lmaydi. Bunday muammolarga iqtisodiy tanazzulni bartaraf etish qiyinchiliklari, 
98
Ўзбекистон Республикасининг “Коррупцияга қарши курашиш тўғрисида”ги ЎРҚ-419 сонли Қонуни. 2017 йил 3 
январ. 
99
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасида коррупцияга қарши курашиш агентлиги 
фаолиятини ташкил этиш тўғрисида”ги ПҚ – 4761 сонли Қарори. 2020 йил 29 июн. 


219 
qonunchilikning nomukammmaligi, hokimiyat idoralari institutlarining samarasizligi, fuqarolik 
jamiyatining o’ta zaifligi va rivojlanmaganligi, barqaror demokrtaik an’analarning mavjud emasligi kabi 
holatlarni kiritishimiz mumkin.
«Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o’rganish markazi tomonidan 2020 
yil o’tkazilgan so’rov shuni ko’rsatdiki, ko’pchilik (83,2 foiz) respondentlar mamlakatda 
korruptsiya mavjudligini tan oladi va korruptsiya davlat hokimiyati organlari tomonidan 
qabul qilinayotgan qarorlar samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, fuqarolar, ayniqsa, 
yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga zarar etkazadi, aholining davlat organlari va 
adolatga 
bo’lgan 
ishonchini 
pasaytiradi, 
deb 
hisoblaydi. 
32,4 
foiz 
ishtirokchilarning fikricha, korruptsiyaviy o’zaro munosabatlar fuqarolarning ishga 
joylashishi sohasida eng ko’p tarqalgan. So’rov ishtirokchilarining qayd etishicha, 
mulkchilik shaklidan qat’i nazar, tashkilotlar va idoralar, firmalar va korxonalar 
rahbarlariga amalda kadrlarni tanlash, bo’shatish, ishga qabul qilish masalalarida 
cheklanmagan vakolatlar berilgan, demak, sub’ektiv yondashuv va korruptsiya 
holatlari bo’lishi mumkin, bular ishga kiruvchi shaxslardan moddiy foyda olishda 
ifodalanadi. 32,4 foiz fuqarolarning fikricha, sog’liqni saqlash tizimi korruptsiyaga 
duchor bo’lgan. Bu, ayniqsa, pullik va shifokorlar bepul ko’rsatishi kerak bo’lgan 
xizmatlar uchun ularga noqonuniy mukofot berishga, shuningdek, shifokorlarning 
farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar yoki etkazib beruvchilardan olinadigan 
mukofoti evaziga bemorlarga narxi qimmat dorilar yozib berishiga tegishlidir. 
So’rov jarayonida aholining uchdan bir qismi ta’lim tizimida korruptsiya tarqalganligini qayd etdi. 
Korruptsiyaviy munosabatlar sohasiga yoshlarning qo’shilib qolayotgani, ular uchun korruptsiyaviy amaliyot 
ijtimoiy hayotning boshqa sohalarida takrorlanish tendentsiyasiga ega bo’lgan hayotiy me’yorga aylanib 
borayotgani fuqarolarda alohida tashvish uyg’otadi, ta’lim muassasalarida korruptsiyaning tarqalishi yosh 
avlodning qadriyatlari va ideallarini soxtalashtiradi. Kompleks tadqiqotlar natijalarini hisobga olib, 
korruptsiyaga qarshi huquqiy ma’rifat sohasida tadbirlarni amalga oshirishni davom ettirish maqsadga 
muvofiq ko’rinadi.
Jamoatchilik fikri monitoringining aniqlashicha, korruptsiyaviy jinoyatlar uchun, bunday turdagi 
huquqbuzarliklarni eng samarali tiyib turish omili sifatida jinoiy javobgarlik choralarini yanada kuchaytirish 
zarurligi haqidagi fikrda bo’layotgan fuqarolar soni yanada ko’paymoqda. Korruptsiyaning oldini olishning 
boshqa chora-tadbirlari qatorida: profilaktik chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish, 
jumladan, mansabdor shaxslarning vakolatlarini cheklash, turli toifadagi fuqarolarning daromadlari va 
xarajatlarini nazorat qilish, xizmatdagi turli suiiste’molliklarning oldini olish va ularni bartaraf etish, 
jamiyatda aksilkorruptsiyaviy dunyoqarashni va korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, 
o’sib kelayotgan yosh avlodda ma’naviy-axloqiy sifatlar darajasini oshirish kabi choralar ko’rsatildi
100
.
Bugungi kunda mamlakatimizda nepotizm, yuqori lavozimdagi amaldorlarning 
ulkan mulkiga ega bo’lgan soxta kompaniyalar va yuridik shaxslarning yaratish 
amaliyoti kundan kunga jadal kuzatilmoqda. O’z navbatida huquqni muhofaza qilish 
idoralari odatda bunday holatlarni yashirishga harakat qilmoqda. Jamiyatdagi bunday 
holatlar korruptsiyaning eng xatarli salbiy oqibatlaridan biridir. 

Download 136.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling