217
haqidagi guvohnomani uyda zarur shakllarni to’ldirib, tegishli organlarga elektron pochta orqali yuborish
orqali olishingiz mumkin. Hukumat bunday xizmatlarni Internet orqali taqdim
etishi odatiy hol sifatida
qabul qilinadi. Shuni ta’kidlash kerakki, agar fuqaro ushbu xizmatlarni olish uchun muassasaga shaxsan
tashrif buyursa, u holda ushbu muassasaga alohida ehtiyojsiz kelganlik uchun unga jarima tortiladi.
Mamlakatda korruptsiyani yo’q qilish uchun davlatning iqtisodiyotga
aralashuvini kamaytirish,
davlat muassalarida ishchi-xodimlarning maoshlari oshishiga erishish uchun ishchilar sonini bosqichma-
bosqich amalga oshiriladigan chora-tadbirlar asosida optimallashtirish lozim. Shuningdek,
xodimlarning
ish haqini oshirish (motivatsiya), muqarrar jazoning mavjudligi, kuchli monitoring, jamoatchilik nazorati
va elektron hukumat kabi texnologiyalar ham jahon tajribasida keng qo’llanilgan va yuqori samara
keltirgan. Korruptsiyaning oldini olishda avvalambor manfaatlar to’qnashuvining
oldini olish nihoyatda
muhim omil hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi
Qonunning 3-moddasida manfaatlar to’qnashuvi tushunchasining
mohiyati to’liq ochib berilgan bo’lib
unga ko’ra manfaatlar to’qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab
yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko’rsatayotgan yoxud ta’sir ko’rsatishi
mumkin bo’lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning,
tashkilotlarning, jamiyatning yoki
davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o’rtasida qarama-qarshilik yuzaga
kelayotgan yoki yuzaga
kelishi mumkin bo’lgan vaziyat.
Do'stlaringiz bilan baham: