5-mavzu. Korxonaning mehnat resurslarini tasniflash Mehnat resurslarining tarkibi va tuzilishi


Bozor munosabatlari sharoitida korxonaning kadrlar siyosati


Download 326.04 Kb.
bet3/10
Sana15.12.2022
Hajmi326.04 Kb.
#1007831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-mavzu. slayd KORXONANING MEHNAT RESURSLARI

Bozor munosabatlari sharoitida korxonaning kadrlar siyosati.
Korxona ishlab chiqarish faoliyatining joriy va istiqboldagi strategiyasi kadrlar siyosati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- ish kuchini yollash, joylashtirish va rejalashtirish;
- xodimlarni o‘qitish, tayyorlash va malakasini oshirish;
- kadrlarni xizmat lavozimlari bo‘yicha yuqori pog‘onaga ko‘tarish;
- yollash shartlari, mehnat va unga xaq to‘lash sharoitlari;
  • mehnat jamoasida qulay ruhiy muxitni yaratish.

  • Kadrlar siyosati birinchi o‘rinda insonni ishlab chiqarish va turmushdagi yangi ahloqini shakllantirish, ikkinchidan, novatorlik va yuqori mehnat unumdorligiga manfaatdorligini rivojlantirishi lozim.

Korxonaning kadrlar siyosati amaliyotda faqat ichki vazifa va muammolarni hal qilishdan tashqari, bandlik sohasida davlat siyosatiga tayanadi va quyidagilarni ko‘zda tutadi:
- fuqarolarning mehnat xuquqi va kasb tanlash erkinliklarini amalga oshirishda bir hil imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash;
- fuqarolarning mehnat va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ishlab chiqarish qobiliyatlarini rivoylantirishga bandlik sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatining boshqa yo‘nalishlari bilan uyg‘unlashtirish orqali ko‘maklashish;
- mehnat faoliyati davrida va nafaqaga chiqqandan so‘ng xam xodimlarning ijtimoiy muxofazasini ta’minlash;
- aholi bandligi muammolarini yechishda, qo‘shma korxonalar tuzish va ishlab chiqarish bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish yo‘li bilan xalqaro hamkorlik yuritish va boshqalar.
2. Mehnat resurslarining tarkibi va tuzilishi
Mehnat resurlarini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:
Mehnat yoshidagi mehnatga qobiliyatli aholi – ya’ni amaldagi qonunchilikda O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan yosh chegaralari oralig‘ida shaxslar va II guruh ishlamayotgan nogironlardan va ishlamayotgan, yoshi bo‘yicha imtiyozli shartlar asosida pensiya olayotgan fuqarolardan iboratdir.

Download 326.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling