5-mavzu. Korxonaning mehnat resurslarini tasniflash Mehnat resurslarining tarkibi va tuzilishi


Mehnat unumdorligi sarflangan jonli mehnatning har bir birligi evaziga ya’ni kishi kuni, kishi soati hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi


Download 326.04 Kb.
bet5/10
Sana15.12.2022
Hajmi326.04 Kb.
#1007831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-mavzu. slayd KORXONANING MEHNAT RESURSLARI

Mehnat unumdorligi sarflangan jonli mehnatning har bir birligi evaziga ya’ni kishi kuni, kishi soati hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun unga ta’sir qiladigan omillarni ham bilish zarurdir. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bir qancha omillar ta’sir qiladi:
1. Ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish va uning natijalarini tezlik bilan ishlab chiqarishda qo‘llash.
2. Ishlab chiqarishni ratsional joylashtirish, ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash.
3. Iqtisodiyotning tarkibiy qismlarini va uning tashkiliy bo‘g‘inlarini o‘zgartirish.
4. Ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish va ularning faolligini oshirish.
5. Mavjud tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona, tejab-tergab foydalanish, yangi, arzon, sifatli xomashyo va energiya turlarini, ekinlarning yangi hosildor navlarini, chorva mollarining mahsuldor zotlarini topib ishlab chiqarishga joriy qilish.
6. Kishilarning bilim saviyasini, malakasini oshirish, yetuk ishchi va mutaxassislar tayyorlash.
Mehnat unumdorligi ma’lum ish vaqti birligi mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqti bilan o‘lchanadi. Mehnat unumdorligining o‘zgarishi tovar birligi qiymatining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Mehnat unumdorligi o‘ssa, tovar birligining qiymati kamayadi yoki aksincha, mehnat unumdorligi pasaysa, tovar birligining qiymati oshadi.
4. Sanoat korxonalarida ish haqini tashkil qilish
Korxonalarda mexnatga xaq to‘lashni oqilona tashkil qilish xodimlar faoliyatini rag‘batlantirish, tayyor maxsulot va mehnat bozorida raqobatchilikni, rentabellikni va mahsulotlarning daromadliligini ta’minlashi lozim. Mehnatga haq to‘lashni oqilona tashkil etishdan maqsad - uning xajmi va xodimning korxona xo‘jalik faoliyatiga mehnat faoliyatida qo‘shgan xissasiga mos kelishini ta’minlash, ya’ni mehnat o‘lchami va iste’mol o‘lchami o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashdir.

Download 326.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling