Korxonalarda ish haqiga qo‘shimchalar va ustamalar belgilash
Asosiy ish haqiga qo‘shimchalar va ustamalar. Hozirgi vaqtda amal qilib turgan kompensatsiya qo‘shimchalari va ustamalarning hamma turlarini ikkita katta guruhga: mehnat faoliyati sohalari bo‘yicha cheklanmaydigan qo‘shimchalar va ustamalarga hamda muayyan mehnat sohalarida qo‘llanadigan qo‘shimchalar va ustamalarga ajratish zarur.
Birinchi guruhga dam olish va bayram kunlarida ishlaganlik uchun; ish vaqtidan tashqari ishlaganlik uchun; voyaga yetmagan xodimlarga ularning ish kuni qisqartirilganligi munosabati bilan; o‘zlariga berilgan tarif razryadidan past ishlarni bajarayotgan ishchilarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda o‘rtacha maoshga yetkazish uchun to‘lanadigan qo‘shimchalar; ishni bajarishning normal sharoitlaridan chekinish munosabati bilan ishchilarga to‘lanadigan qo‘shimchalar kiradi.
To‘lovlarning qolgan barcha turlarini qo‘llash sohasi cheklangan. Bular turlicha cheklovlardir. Masalan, ba’zilari xodimning asosiy funksiyasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha ishni kompensatsiyalash maqsadida belgilanadi. Bunga misol qilib xodim asosiy ishidan ozod qilinmagani holda rahbarlik vazifalarini bajarishini ko‘rsatish mumkin.
Ustamalarning boshqa turlari noqulay mehnat sharoitlari bilan bog‘liq ishlar sohasini qamrab oladi.
Uchinchi turlarini bajarilayotgan ishning alohida xarakteri (masalan, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib ishlaganlik uchun to‘lanadigan ustamalar) keltirib chiqargan.
Qo‘llash sohasi cheklangan qo‘shimchalar va ustamalarni o‘z navbatida uch guruhga ajratish maqsadga muvofiq.
Birinchi guruh - rag‘batlantiruvchi qo‘shimchalar.
Ulardan eng muhimlari:
- kasblar (lavozimlar)ni qo‘shib bajarganlik uchun;
- xizmat ko‘rsatish zonalarini kengaytirganlik yoki bajarilayotgan ishlar hajmini ko‘paytirganlik uchun;
- ishga kelmayotgan xodimning vazifalarini bajarganlik uchun;
Do'stlaringiz bilan baham: |