5-mavzu. Korxonaning mehnat resurslarini tasniflash Mehnat resurslarining tarkibi va tuzilishi


Download 326.04 Kb.
bet6/10
Sana15.12.2022
Hajmi326.04 Kb.
#1007831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-mavzu. slayd KORXONANING MEHNAT RESURSLARI

Ish xaqi - xar bir xodimning sarflagan mehnati miqdori va sifatiga mos ravishda taqsimlanuvchi va xodim tasarrufiga pul shaklida kelib tushuvchi milliy daromadning bir qismidir.
Xodimlar mehnatiga xaq to‘lash ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan mehnat resurslarining bahosidir.
Ish xaqi - maxsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining korxona xodimlari mehnatiga xaq to‘lash uchun sarflanuvchi qismi.
Ish xaqining nominal va real turlari mavjud:
Nominal ish xaqi - xodimning ma’lum bir vaqt mobaynida bajargan mehnati uchun xisoblangan va to‘langan ish xaqidir.
Real ish xaqi - nominal ish xaqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori:
real ish xaqi - nominal ish xaqining "iste’mol qobiliyati"dir.
Korxonalarda ish xaqi sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va uni tashkil etishda quyidagi tamoyillarni inobatga olish zarur:
- adolatlilik, ya’ni bir xil mehnat uchun bir xil xaq to‘lash;
- bajarilayotgan ishning murakkabligi va mehnat malakasi darajasini xisobga olish;
- mehnatning zararli sharoitlari va og‘ir jismoniy mehnatni xisobga olish;
- sifatli, sidqidildan mehnat qilishni rag‘batlantirish, yo‘l qo‘yilgan yo‘qotishlar yoki o‘z majburiyatlariga mas’uliyatsiz yondashishni moddiy jazolash;
- mehnat unumdorligi sur’atini o‘rtacha ish xaqining o‘sish sur’atlariga nisbatan tezroq o‘stirish;
- ish xaqi miqdorini inflyatsiya sur’atlariga mos ravishda muvofiqlashtirish;
- mehnatga xaq to‘lashning korxona etiyojlariga to‘liq javob beruvchi ilg‘or shakl va tizimlarini qo‘llash.
Mehnatga xaq to‘lashning ishbay va vaqtbay usullari mavjud.
Mehnatga ishbay xaq to‘lash ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat) uchun to‘lanadigan xaqni anglatadi.
Korxonalarda faqat ishbay emas, balki ishbay - mukofotli xaq to‘lashdan foydalaniladi.
Mehnatga ishbay - mukofotli xaq to‘lashda ishchi bajargan ishiga xaq olishdan tashqari, mukofotga xam ega bo‘ladi. Mukofot asosan ma’lum bir ko‘rsatkichlarga erishish - maxsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish, maxsulot sifatini oshirish, xomashyo va materiallarni tejash va shu kabilar uchun beriladi.

Download 326.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling