5-mavzu: Narxni shakllantirish tamoyillari va davlat nazorati Reja
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
5-mavzu-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.2.Narxning bozor faoliyatiga ta`siri
A
P* ma B E C D Q Q 1 Q e Q 2 5.3-chizma. Narx davlat tomonidan nazorat qilinganda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining grafikdagi tasviri. Demak, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining umumiy o`zgarishi teng: и/ч A C , (2) bu erda, i/ch - ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining sof o`zgarishi. Maksimal narx o`rnatilganda asosiy yo`qotishlar ishlab chiqaruvchilar zimmasiga to`g’ri keladi. 5.2.Narxning bozor faoliyatiga ta`siri 7 Narxning bozor daromadiga qanday ta’siri borligini ko`rib chiqish uchun muzqaymoq bozorini tahlil qilamiz. Agar muzqaymoq erkin raqobatbardosh bozorda sotilsa, muzqaymoqning narxi talab va taklif muvozanatiga ta’sir ko`rsatadi. Muvozanatli narxda xaridorlar sotib olishni hohlayotgan muzqaymoqning miqdori sotuvchilar sotishni hohlayotgan miqdorga to`g’ridan- to`g’ri teng bo`ladi. Aniqroq qilib aytsak, har bir muzqaymoq uchun narx 3$ga teng bo`lsin. Barcha ham ushbu erkin bozor vaziyatidan quvonmaydi. Misol uchun har kuni birdona muzqaymoq iste'mol qilish uchun 3$ katta narx ekanligidan noliyotgan iste`molchilar, shu bilan bir qatorda 3$ raqobatli bozorda eng minimum narx bo`lib, bu ularga juda ham kam foyda keltirayotganidan noliydigan muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar bo`ladilar. Ularning har ikkalasi ham hukumatga bu borada kerakli qarorni berishi uchun qonun ishlab chiqarishni talab etib murojaat etadi. Albatta haridorlar har doim barcha mahsulot uchun eng kam haqni to`lashni hohlasalar, sotuvchilar esa buning uchun eng yuqori haqni olishni hohlaydilar. Bu ikki guruhning hohishlari bir-biriga qarama-qarshi. Agar muzqaymoq iste'molchilari o`zlarining talablarida mustahkam bo`lsalar hukumat ular uchun muzqaymoqning sotilishida narxning eng maksimal chegarasini belgilab berishi mumkin. Narxni ko`rsatilgan chegaradan oshirish mumkin emas. Qonuniylashtirilgan maksimal narx esa maksimal narx deb nomlanadi. Bunga qarshi ravishda muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar harakatchan bo`lsa, hukumat narxga nisbatan minimum narxni belgilab beradi va narx ushbu chegaradan tushib ketishi mumkin emas. Qonuniylashtirilgan minimal narx esa minimal narx deb nomlanadi. Agar hukumat muzqaymoq iste'molchilarni narxdan noroziligi ta’siri bilan muzqaymoq uchun eng yuqori narxni belgilab bersa, ikki hil natija kelib chiqishi mumkin. Birinchi rasmda, hukumat har bir muzqaymoq uchun 4$ belgilaydi. Bu vaziyatda talab va taklifni muvozanatda ushlab turuvchi narx chegaradan pastda bo`lgani uchun narx yo`q bolib ketmayapti. Bozor tabiiy ravishda iqtisodiyotni 7 Ushbu bob G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 7 e.) kitobining II bobi asosida tayyorlangan. muvozanatga olib borib qo`yadi va narxning yuqori darajasi sotilgan mahsulot miqodriga yoki uning narxiga ta’sir etmaydi. Maksimal narxli bozor muzqaymoq Narx (A) majburiy bo`lmagan maksimal Taklif Maksimal narx Muzqaymoq Narxi Muvozanat narxi (b) majburiy bo`lgan maksimal Taklif Muvozanat narxi Talab Maksimal narx Talab Muzqaymoq Muvozanat miqdori miqdori Taklif miqdori Talab Miqdori Muzqaymoq miqdori Ikkinchi B rasm ancha qiziqarli natija ko`rsatadi.Bu holatda, hukumat muzqaymoq uchun narx yuqori chegarsini 2$ etib tayinlaydi. Chunki 3$ muvozanatli narxning yuqorisida turibdi. Ushbu yuqori chegara esa bozorda majburiy chegara vazifasini bajaradi.Taklif va talab narxni muvozanat tomonga qarab harakat qilishga majbur etadi. Ammo qachonki bozor narxi yuqori chegaraga yetsa qonun bilan undan yuqoriga o`sa olmasligi mumkin. Shunday qilib bozor narxi narxning yuqorisini muvozanatlaydi. Bu narxda esa talab etilgan muzqaymoq miqdori (rasmda 125 dona) taklif miqdordan oshib. (75 dona). Demak bu yerda muzqaymoq tanqisligi yuzaga keladi. 50 dona odam muzqaymoq sotib olishni hohlasa ham uni harid qila olmaydi. Qachonki muzqaymoq tanqisligi narx o`zgarishi tufayli ortsa, tovar yetkazib beruvchining normallashtirish mexanizmi ham shakillanadi. Ushbu mexanizm tovarga bo`lgan navbat bo`lishi mumkin. Navbatga erta kelib, kuta oladigan iste'molchilar natijada muzqaymoq oladilar, ammo aksariyat kuta olmaydigan odamlar esa sotib olmaydilar. Bunga muqobil ravishda, sotuvchilar muzqaymoq yetkazib berishni o`zlarining hohishlariga qarab. masalan, faqat jamiyatning ma’lum bir guruhiga, oila a’zolariga, do`stlariga muzqaymoq sotish orqali normallashtirishlari mumkin. Shunga qaramasdan, narx o`zgarishi muzqaymoq sotib oluvchilarga yordam berish istagi orqali yuzaga kelayotgan bo`lsada, sotib oluvchilarning hammasi ham bundan manfaat ko`ra olmaydi. Ba’zi bir iste’molchilar navbatda kutgan holda arzon narxda muzqaymoq olishlari mumkin, ammo boshqalari esa umuman muzqaymoq sotib ola olmasliklari mumkin. Muzqaymoq bozoridagi ushbu misol shunday umumiy natija ko`rsatadi: Qachonki hukumat raqobatli bozordagi narx o`zgaruvining mustahkamlashishiga aralashsa, tovar tanqisligi oshadi, natijada sotuvchi tanqis tovarni ko`p sonli imkoniyatli sotib oluvchilar orasida normallashtirishi shart. Narx o`zgarishi natijasida yuzaga kelgan normallashtiruv mexanizmi unchalik ham samarali va ma’qul emas, chunki navbatda kutib turish sotib oluvchilarning vaqtini oladi. Sotuvchining hohishiga qarab tovarni yoki haridorni ajratish ancha noqulay, samarasiz va shu bilan birga insofsizlikdir (chunki haridor juda qadrlaydigan tovar unga to`g’ridan-to`g’ri bormaydi). Bunga qarshi tarzda, tartibli, to`gri yo`naltirilgan savdo esa ham insoniylikka to`g’ri keladi va ham samaralidir. Qachonki muzqaymoq bozori o`zining muvozanatiga erishsa, bozordagi har bir tovar uchun pul to`lagan iste'molchi muzqaymoqni qo`lga kiritshi mumkin. Ochiq bozor tovarning narxi bilan birga muvozanatga keladi. Hukumatning boshqa turdagi narx nazorati qanday natajalar berishini kuzatishdan oldin keling biz yana muzqaymoq bozoriga qaytamiz. Tasavvur qilingki, hukumat Milliy Muzqaymoq Tayyorlovchilar Haya’tiga chiqarilgan sud qarori tomonidan harakatga keltirildi.Bunday holatda hukumat narxning quyi chegarasini o`rganib chiqadi.Narxning quyi chegarasi huddi uning yuqori chegarasidek hukumat tomonidan bozordagi muvozanatni ushlab turish uchun o`rnatiladi.Shunday vaziaytda yuqori chegarali narxlar huddi quyi chegarali narx kabi qonuniy doiradan chiqib ketmaydi. Muzqaymoq (A) majburiy bo`lmagan minimal narx Muzqaymoq (B) majburiy bo`lgan minimal narx narxi Muvozanat narxi Taklif narxi Taklif Qo'shimcha minimal narxi Talab Muvozanat narxi minimal narxi Talab Muvozanat limiqdor Muzqaymoq ning miqdori Muzqaymoq ning miqdori Qachonki davlat muzqaymoq bozorida quyi narxni belgilaganda ikki xil natija kelib chiqishi mumkin. Qachonki muvozanatdagi narx 3$ bo`lsayu, hukumat tovar uchun 2$ narx belgilasa, biz (A) rasmdagi natijaga erishamiz. Bunday holatda narxning quyi chegarasi bozor holatiga ta’sir ko`rsatmaydi. Bozordagi kuchlar tabiiy ravishda iqtisodiyotni muvozanatga olib boradi va quyi narxning ta’siri sezilmaydi. B rasm hukumat muzqaymoq uchun 4$ narx belgilanganda nima sodir bo`lishini ko`rsatadi. Bu holatda muvozanatli narx 3$ bo`lib, u pastda bo`lgani uchun minimal narx bozorga qarama-qarshi ta’sir o`tkazayapti. Talab va taklifning ta’siri natijasida narx muvozanatadgi narxga qarab harakat qiladi. Ammo qachonki bozor narxi quyi chegaraga u undan pastga tusha olmaydi. Bozor narxi quyi chegaradagi narxni belgilab beradi. Bu chegarada ta’minlab berilgan muzqaymoq (120 dona) miqdori talab etilgan miqdordan (80 dona) oshib ketadi. Muzqaymoqni bozorda harakat qilayotgan narxda sotmoqchi bo`lganlar uni sota olmaydi. Shunday qilib, narxning quyi chegarasini belgilashning oqibati taklif qilinayotgan mahsulot ortiqchaligidir. Biz takidlaganimizdek, narzning yuqori chegarasi va taqchillik, taqsimlanishining noto`g’ri mexanizimmini shakillanishiga olib keladi. Quyi chegarasi narx natijasida, ba’zi sotuvchilar o`zlarining mahsulotlarini sota olmaydilar.Haridorlarning shaxsiy hohish istaklariga qarab harakat qiluvchi sotuvchilar boshqalar odamlar sota olmagan narxlarda tovarlarini sotishlari mumkin. Aksincha erkin bozorda narx muvozanatni boshqaruvchi sifatida ishtirok etadi va sotuvchilar o`z tovarlarini muvozanatdagi holatda hohlaganlaricha sotishlari mumkin. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling