5-мавзу: овқатланиш ва саломатлик


  Kunlik  taomlarning  asosiy  qismini  foydali  mahsulotlar  tashkil  etishi


Download 207.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/21
Sana05.01.2022
Hajmi207.87 Kb.
#202952
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
5-maruza-1

10.  Kunlik  taomlarning  asosiy  qismini  foydali  mahsulotlar  tashkil  etishi.  Odatda  issiq  ovqatlar, 

konservalar,  pishloq,  kolbasa,  non  va  un  mahsulotlari,  shirinliklar  va  boshqalar  yuqori  haroratda 

tayyorlanganligi  bois  tarkibida  vitaminlar  va  boshqa biologik  faol  moddalar,  mikronutriyentlar nihoyatda  kam 

bo„ladi  yoki  butunlay  bo„lmaydi,  shuning  uchun  ular  “o„lik”  ovqat  deyiladi.  Lekin  yuqorida  ko„rib 

o„tganimizdek,  bunday  oziq  moddalarsiz  nafaqat  turli  xastaliklar  orttiriladi,  balki  xayot  ham  yo„q.  Shuning 

uchun har kuni qishin-yozin “tirik” mikronutriyentlarga boy, ya‟ni qaynatilmagan, quritilmagan, konservatsiya 

qilinmagan, yangi uzilgan, so„limagan ko„katlar (ko„k piyoz, shivit, kashnich, kenza, salat va boshqalar), meva-

chevalar  (olma,  nok,  shaftoli,  zardoli,  anor,  girdoli,  uzum  va  boshqalar),  poliz  va  sabzavot  mahsulotlaridan 

topilganini  yeb  turish  lozim.  O„lkamizda  yil  12  oy  davomida  aytib  o„tilgan  “tirik”  taomlar  yetkazib  berish 

imkoniyati bor, shundan unumli foydalanish vujud uchun koni foyda. 



11. Yerli aholi uchun  o’sha hududning o‘zida yetishtirilgan mahsulotlar foydali. Boshqa o„lka va 

mintaqalardan  keltirilganlaridan  oziq-ovqat  sifatida  ancha  foydali  bo„lishidan  tashqari,  ularni  iste‟mol  qilish 

organizmni aynan shu ekologik sharoitga (harorat, namlik, bosim, radiatsiya va boshqalar) moslashtiradi, undagi 

fiziologik  va  biokimyoviy  jarayonlarni  doim  mo„tadillashtirib  turadi,  oqibatda  vujud  sog„lom  bo„ladi.  Boz 

ustiga,  rang-ro„yi  va  ko„lami  bilan  o„zga  yurtlardan  keltirilgan  meva-chevalardan  biroz  farq  qilgan  o„z 

hududimizda  yetishtiriladigan  olmayu  -  anor,  zardoliyu  -  girdoli,  shaftoliyu  -xurmolar,  uzum,  qovun-tarvuzlar 

mazasi, shirinligining tengi yo„q. 


Download 207.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling