5 ona tili docx


ta kelishik mavjud bo‘lib, ulardan beshtasining qo‘shimchasi bor: 1) bosh kelishik


Download 226.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/29
Sana28.02.2023
Hajmi226.46 Kb.
#1237709
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
5 - ona tili

6 ta kelishik mavjud bo‘lib, ulardan beshtasining qo‘shimchasi bor:
1) bosh kelishik
(–);
2) qaratqich kelishigi (-ning);
3) tushum kelishigi
(-ni);
4) jo‘nalish kelishigi (-ga, -ka, -qa);
5) o‘rin-payt kelishigi
(-da);
6) chiqish kelishigi
(-dan).
Otlarning uch shaxsdan biriga qarashli ekanini bildirgan qo‘shimchalarga
EGALIK QO‘SHIMCHALARI (-(i)m, -(i)ng, -i(si), -(i)miz, -(i)ngiz, -(lar)i)
deyiladi. Egalik qo‘shimchasi qo‘shilgan ot, albatta, o‘zidan oldingi otning
qaratqich kelishigida kelishini talab qiladi. Kitobning varag’i, Karimning kitobi
K va q undoshlari bilan tugagan otlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda,
qanday eshitilsa, o‘shanday yoziladi, ya’ni tovush almashishi bo’ladi: k undoshi
g tovushiga, q undoshi g‘ tovushiga o‘zgaradi. M-n: tuproq – tuprog‘i, terak –
teragi. Ayrim so‘zlarda o‘zgarish yuz bermaydi: huquq – huquqi, idrok – idroki.
O‘g‘il, burun, shahar kabi otlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, ikkinchi
bo‘g‘indagi i, u, a unlilari tushib qoladi va o‘g‘li, burni, shahri kabi yoziladi.


14
NAMUNAVIY TESTLAR
1. 1. Kachal polvon spektakli. 2. Cho‘lpon nomidagi
kinoteatr. 3. Xamsa asari. 4. Navoiy shahri.
5. Mustaqillik kuni. 6. Bahor qahvaxonasi.
7. Navoiy romani. 8. Navoiy asarlari. 9. Nido
dostoni. 10. Bobur nomidagi jamoa xo‘jaligi.
Ushbu birliklarning qaysilarida qo‘shtirnoq
ishlatilishi kerak?
A) 1, 4, 8, 9
B) 1, 3, 7, 8, 9
С) 2, 4, 6, 8, 9
D) 1, 3, 6, 7, 9
2. 1. Kachal polvon spektakli. 2. Cho‘lpon nomidagi
kinoteatr. 3. Xamsa asari. 4. Navoiy shahri.
5. Mustaqillik kuni. 6. Bahor qahvaxonasi.
7. Navoiy romani. 8. Navoiy asarlari. 9. Nido
dostoni. 10. Bobur nomidagi jamoa xo‘jaligi.
Ushbu birliklarning qaysi birlarida qo‘shtirnoq
ishlatilmaydi?
A) 2, 4, 5, 8, 10
B) 1, 3, 4, 6, 8, 10
С) 2, 4, 5, 9, 10
D) 3, 4, 5, 9, 10
3. Suvlar... tikilsam, ko‘zim yoshlanur.
Qaysi kelishik shakli tushib qolgan?
A) jo‘nalish (-ga)
B) chiqish (-dan)
С) qaratqich (ning)
D) o‘rin-payt (-dan)
4. Egalik qo‘shimchasi qo‘shilganida tovush
almashinishi bo’ladigan so’zlarga misol keltiring.
A) qishloq, tirnoq, bilak, huquq, terak, quloq
B) quduq, pichoq, bo‘taloq, farq, to‘garak
С) farq, ishtirok, idrok, huquq, tok
D) qishloq, tirnoq, bilak, tuproq, terak, quloq,
quduq, pichoq, bo‘taloq, etak
5. k va q undoshi bilan tugagan so‘zlarga egalik
qo‘shimchasi qo‘shilganida tovush almashinishi
sodir bo‘lmaydigan so‘zlarga misol keltiring.
A) qishloq, tirnoq, bilak, huquq, terak, quloq
B) mag‘iz, burun, og‘iz, shahar, ko‘ngil
С) farq, ishtirok, idrok, huquq, tok
D) qishloq, tirnoq, bilak, tuproq, terak, quloq,
quduq, pichoq, bo‘taloq, etak
6. Egalik qo‘shimchasi qo‘shilganida tovush tushishi
sodir bo‘ladigan so‘zlarga misol keltiring.
A) qishloq, tirnoq, bilak, huquq, terak, quloq
B) mag‘iz, burun, og‘iz, shahar, ko‘ngil
С) farq, ishtirok, idrok, huquq, tok
D) qishloq, tirnoq, bilak, tuproq, terak

Download 226.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling