5 ona tili docx


Download 226.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/29
Sana28.02.2023
Hajmi226.46 Kb.
#1237709
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
5 - ona tili

Qanday?, qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lib, narsa-buyumning belgisini
bildirgan so‘zlarga SIFAT deyiladi. Belgi deganda, rang-tus, maza-ta’m, shakl-
hajm, xil-xususiyat kabilar tushuniladi.
Sifat gapda aniqlovchi, hol yoki kesim bo‘lib keladi. Sifat gapda otga bog‘lansa -
aniqlovchi, fe’lga bog’lansa – hol, gapning oxirida kelsa - kesim vazifasini
bajaradi. M-n: Yaxshi kitob. Yaxshi o’qidim. U yaxshi.
Muayyan bir belgining ortiq-kamligi jihatidan farqlanishi sifat darajasi deyiladi.
Sifatlarda to‘rtta daraja bor:
oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja, ozaytirma daraja.
Narsalar orasidagi belgi o‘zaro taqqoslanmasa (hech qanday qo’shimcha
bo’lmasa) oddiy daraja deyiladi. M-n: yuksak, uzun, hushyor, kalta.
Bir narsadagi belgining boshqalariga nisbatan ortiq yoki kamligi qiyosiy daraja
deyiladi. Qiyosiy daraja oddiy darajadagi sifatga -roq qo‘shimchasini qo‘shish
bilan hosil bo‘ladi. M-n: yuksakroq, uzunroq
Belgining bir narsada boshqalariga nisbatan eng ko‘p ekani orttirma daraja
deyiladi. Orttirma daraja eng, juda, nihoyat kabi so‘zlar bilan hosil bo‘ladi. M-n:
eng yuksak, juda uzun...
Belgining bir narsada boshqalariga nisbatan bir qadar kam ekani ozaytirma
daraja deyiladi. Ozaytirma daraja sal, biroz, xiyla, nim kabi so‘zlar bilan hosil
bo‘ladi. M-n: biroz yuksak, sal uzun...


15
Qancha?, necha?, nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘lib, narsalarning son-
sanog‘i va tartibini bildirgan so‘zlarga SON deyiladi.
Sonlar ikkiga bo‘linadi: 1) miqdor sonlar; 2) tartib sonlar.
Qancha?, necha? so‘roqlariga javob bo‘lgan sonlar miqdor sonlar, Nechanchi?
so‘rog‘iga javob bo‘lgan sonlar tartib sonlar hisoblanadi. Son gapda otga
bog‘lansa - aniqlovchi, fe’lga bog’lansa – hol, gapning oxirida kelsa - kesim
vazifasini bajaradi. M-n: Sinfimizda yigirma besh o‘quvchi bor. U olmadan beshta
oldi. O‘nning yarmi – besh.

Download 226.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling