GAP hisoblanadi: Men keldim va dars boshlandi.
Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar bir-biri bilan va, ammo, lekin, chunki,
negaki kabi bog‘lovchilar hamda ohang yordamida bog‘lanadi. Yozuvda ammo,
lekin, biroq, chunki, negaki bog‘lovchilaridan oldin vergul qo‘yiladi. Ohang
yordamida bog‘langan sodda gaplar bir-biridan, asosan, vergul yoki tire , ba’zan
ikki nuqta bilan ajratiladi. M: Biz baxtiyormiz, chunki yurtimiz ozod.
Birovning aynan keltirilgan gapi KO‘CHIRMA GAP deyiladi.
Ko‘chirma gap doimo so‘zlovchi gapi bilan birga keladi. So‘zlovchi gapi
MUALLIF GAPI hisoblanadi. Ko‘chirma gap bilan muallif gapi birikib
ko‘chirma gapli qo‘shma gapni hosil qiladi. Yozuvda ko‘chirma gap qo‘shtirnoq
ichiga olinadi. Ko‘chirma gap muallif gapidan oldin, uning o‘rtasida, oxirida,
ikki chekkasida kelishi mumkin. Shunga ko‘ra yozuvda ular orasida turlicha
tinish belgilari ishlatiladi. Quyidagi tinish belgilari ketma-ketligini yodlash kerak:
M- muallif gap K- ko’chirma gap
Quyidagi formulalarda tinish belgilar joylashuvini yodlang!
1) Muallif gapi ko‘chirma gapdan oldin kelsa, undan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi,
ko‘chirma gap qo‘shtirnoqqa olinib, bosh harf bilan yoziladi. Ko‘chirma gap
darak gap bo‘lsa, qo‘shtirnoqdan so‘ng nuqta qo‘yiladi.
M: «K».(darak gap) M-n: Xalqimiz deydi: «Hunar – zar, hunarsiz – xor».
Ko‘chirma gap so‘roq yoki his-hayajon gap bo‘lsa, qo‘shtirnoq yopilishidan
oldin so‘roq yoki undov belgisi qo‘yiladi. Qo’shtirnoqdan keyin nuqta
qo’yilmaydi. M: «K?»(so’roq gap) M: «K!»(undov gap)
M-n: U so‘radi: «Kim keldi?»
U dedi: «Karim, tez bu yerga kel!»
2) Qolgan gaplar: M: «K», — m. M: «K?» — m. M: «K!» — m.
Amir Temur: «Kuch – adolatda!» – deb aytgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |