5 ona tili docx


Ko’makchilar: bilan, uchun, kabi, singari, sari, sayin, uzra, haqida, tufayli


Download 226.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/29
Sana28.02.2023
Hajmi226.46 Kb.
#1237709
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Bog'liq
5 - ona tili

Ko’makchilar: bilan, uchun, kabi, singari, sari, sayin, uzra, haqida, tufayli
Ayrim gap bo‘lagi yoki butun gapning mazmuniga qo‘shimcha ma’no yuklash uchun
xizmat qiluvchi yordamchi so‘zlarga yuklama deyiladi. Yuklamalar so‘z-yuklamalar va
qo‘shimcha-yuklamalarga bo‘linadi. So‘z-yuklamalar o‘zi qo‘shilayotgan so‘zdan
doimo ajratib yoziladi. Qo‘shimcha-yuklamalar esa o‘zi qo‘shilayotgan so‘zga qo‘shib
yoki undan chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
-mi, -oq (-yoq), -gina (-kina, -qina)-dir, -ov, -ki yuklamalari o‘zi qo‘shilayotgan
so‘zga qo‘shib yoziladi: Keldimi? Senmi? Keliboq.
-chi,
-u(-yu),
-a(-ya),
-da(qolgan barcha yuklamalar)
yuklamalari o‘zi
qo‘shilayotgan so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
M-n: Sen-chi? Ayt-chi? Keldi-yu, ketdi. Borgin-a?
So‘zlovchining his-hayajonini, shuningdek, hayvon-parrandalarni biror harakatga
undashni ifodalovchi so‘zlarga UNDOV SO‘ZLAR deyiladi.
Inson, hayvon va narsalarning tovushlariga va holatlariga taqlid ifodalovchi so‘zlar
TAQLID SO‘ZLAR hisoblanadi.
So‘zlar TUZILISHIGA ko‘ra sodda, qo‘shma, juft va takroriy so‘zlarga bo‘linadi.
Ikki yoki undan ortiq asoslardan tashkil topib, bitta so‘roqqa javob bo‘lgan so‘zlar
qo‘shma so‘zlar deyiladi. Qo‘shma so‘zlar yozilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1) qo‘shib
yoziladigan qo‘shma so‘zlar; 2) ajratib yoziladigan qo‘shma so‘zlar. Qo‘shma
so‘zlarning katta qismi qo‘shib yoziladi.
Qo‘shma fe’l va qo‘shma sonlar va birinchi so‘zi bir, har, hech olmoshlari bo‘lgan
qo‘shma so‘zlar doimo ajratib yoziladi.
Birpas, biroz kabi ayrim so‘zlar bundan mustasno.
Ma’nosi bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli ikki asosning qo‘shiluvidan
tashkil topgan so‘zlarga juft so‘zlar deyiladi. Juft so‘z asoslari chiziqcha bilan ajratib
yoziladi. Agar juft so‘zlar -u, -yu yuklamalari bilan bog‘lansa, birinchi so‘zdan
chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
M-n: kecha-yu kunduz, past-u baland, osh-u non.
Bir asosning ikki marta takrorlanishidan hosil bo‘lgan so‘zlarga takroriy so‘zlar
deyiladi: tez-tez, katta-katta, jag’-jag’….



Download 226.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling