5 ona tili docx
Download 226.46 Kb. Pdf ko'rish
|
5 - ona tili
18
TESTLAR 1. Qanday so‘zlar mustaqil so‘z turkumlariga kiradi? A) biror so‘roqqa javob bo‘lib, ko‘pincha atash ma’nosini bildiruvchi, gapda ma’lum bir gap bo‘lagi yoki undalma vazifasida keladigan so‘zlar B) biror so‘roqqa javob bo‘lib, ko‘pincha atash ma’nosini bildiruvchi, gapda ma’lum bir gap bo‘lagigina bo‘la oladigan so‘zlar С) atash ma’nosiga ega, biror so‘roqqa javob bo‘lib, undalma vazifasida kela oladigan so‘zlar D) so‘roqqa javob bo‘lmaydigan, atash ma’nosini bildirmaydigan so‘zlar 2. Qanday so‘zlar yordamchi so‘zlar deyiladi? A) biror so‘roqqa javob bo‘lib, ko‘pincha atash ma’nosini bildiruvchi, gapda ma’lum bir gap bo‘lagi yoki undalma vazifasida keladigan so‘zlar B) biror so‘roqqa javob bo‘lib, ko‘pincha atash ma’nosini bildiruvchi, gapda ma’lum bir gap bo‘lagigina bo‘la oladigan so‘zlar С) atash ma’nosiga ega, biror so‘roqqa javob bo‘lib, undalma vazifasida kela oladigan so‘zlar D) so‘roqqa javob bo‘lmaydigan, atash ma’nosini bildirmaydigan so‘zlar 3. Shaxs, narsa, joy nomlarini bildirgan so‘z turkumi qanday nomlanadi? A) son B) ot C) sifat D) olmosh 4. Ot qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi? A) kim, nima? B) kim, nima, nechta? C) qayer, qaysi, nima? D) kim, nima, qayer? 5. Otlarning birlik shaklini keltiring. A) -ta, dona B) birlikda maxsus shakl yo‘q С) -lar D) litr, qism, bo‘lak 6. Ot gapda qaysi bo‘lak vazifasida kelishi mumkin? A) ega, to‘ldiruvchi B) barcha bo‘lak vazifasida kela oladi С) to‘ldiruvchi, ega, aniqlovchi, kesim D) faqat ega vazifasida 7. Bosh va ikkinchi darajali bo‘lak hamda undalma vazifasida kela oladigan so‘z turkumi qaysi? A) ot B) sifat С) son D) olmosh 8. Bir turdagi narsaning nomini bildirgan otlar qanday otlar sanaladi? A) atoqli otlar B) mavhum otlar С) turdosh otlar D) aniq otlar 9. Qanday otlar atoqli otlar deyiladi? A) sezgi a’zolari orqali his qilish mumkin otlar B) sezgi a’zo orqali his qilib bo‘lmagan otlar C) shaxs yoki narsa-buyumga atab qo‘yilgan nomlar D) bir turdagi narsaning nomini bildirgan otlar 10. Qanday otlar bosh harf bilan yoziladi? A) turdosh otlar B) mavhum otlar С) atoqli otlar D) aniq otlar 11. Qanday atoqli otlar qo‘shtirnoqqa olinadi? A) kitob, gazeta, jurnal, kinofilm, binolar hamda tashkilotlarga atab qo‘yilgan nomlar B) shahar va bayram sanalari nomlari С) jurnal, kinoteatr, jamoa xo‘jaligi nomlari D) kinoteatr, kitob, gazeta nomlari 12. Qanday atoqli otlar qo‘shtirnoqqa olinmaydi? 1. Shahar nomlari. 2. Kinoteatr, jamoa xo‘jaligi kishilar nomiga qo‘yilgan bo‘lsa. 3. Nomidagi, nomli so‘zlari ishlatilsa. 4. Shahar va bayram sanalari nomlari A) 1, 2 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 4 13. 1. Kachal polvon spektakli. 2. Cho‘lpon nomidagi kinoteatr. 3. Xamsa asari. 4. Navoiy shahri. 5. Mustaqillik kuni. 6. Bahor qahvaxonasi. 7. Navoiy romani. 8. Navoiy asarlari. 9. Nido dostoni. 10. Bobur nomidagi jamoa xo‘jaligi. Ushbu birliklarning qaysi birlarida qo‘shtirnoq ishlatilmaydi? A) 2, 4, 5, 8, 10 B) 1, 3, 4, 6, 8, 10 С) 2, 4, 5, 9, 10 D) 3, 4, 5, 9, 10 14. Otlarga qo‘shilib ularni o‘zidan keyingi so‘zga tobelantiruvchi qo‘shimchalar … A) egalik qo‘shimchalari B) shaxs-son qo‘shimchalari С) kelishiklar D) ko‘plik qo‘shimchalari 15. Kelishik shakllarini ayting. A) 1. Bosh kelishik (–). 2. Qaratqich (-ning). 3. Tushum (-ni). 4. Jo‘nalish (-ga, -ka, -qa). 5. O‘rin- payt (-da) B) 1. Bosh kelishik (–). 2. Qaratqich (-ning). 3. Tushum (-ni). 4. Jo‘nalish (-ga, -ka, -qa). 5. O‘rin- payt (-da). 6. Chiqish (-dan) С) 1. Bosh kelishik (–). 2. Qaratqich (-ni). 3. Tushum (-ning). 4. Jo‘nalish (-ga, -ka, -qa). 5. O‘rin-payt (- dan). 6. Chiqish (-da) D) 1. Bosh kelishik (–). 2. Qaratqich (-ning). 3. Tushum (-ni). 4. Jo‘nalish (-dan). 5. O‘rin-payt (-da). 6. Chiqish (-ga, -ka, -qa) 16. Otlarning uch shaxsdan biriga qarashli ekanligini bildirgan qo‘shimchalar qanday qo‘shimchalar deyiladi? A) egalik B) kelishik С) ko‘plik D) shaxs-son 17. Egalik qo‘shimchasini olgan ot o‘zidan oldingi otning qaysi qo‘shimchada bo‘lishini talab qiladi? A) chiqish kelishigida B) tushum kelishigida С) jo‘nalish kelishigida D) qaratqich kelishigida 18. Egalik qo‘shimchasi so‘zga qo‘shilganida tovush almashinishi ro‘y beradigan so‘zlarga misol keltiring. A) qishloq, tirnoq, bilak, huquq, terak, quloq B) quduq, pichoq, bo‘taloq, etak, to‘garak, farq С) farq, ishtirok, idrok, huquq, tok D) qishloq, tirnoq, bilak, tuproq, terak, quloq, quduq, pichoq, bo‘taloq, etak, to‘garak 19 19. k va q undoshi bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganida tovush almashinishi sodir bo‘lmaydigan so‘zlarga misol keltiring. A) qishloq, tirnoq, bilak, huquq, terak, quloq B) mag‘iz, burun, og‘iz, shahar, ko‘ngil С) farq, ishtirok, idrok, huquq, tok D) qishloq, tirnoq, bilak, tuproq, terak, quloq, quduq, pichoq, bo‘taloq, etak, to‘garak 20. Egalik qo‘shimchasi qo‘shilganida qanday tovushlar tushib qoladi? A) i B) u, i С) tovush tushmaydi D) a, u, i 21. Egalik qo‘shimchasi qo‘shilganida tovush tushishi sodir bo‘ladigan so‘zlarga misol keltiring. A) qishloq, tirnoq, bilak, huquq, terak, quloq B) mag‘iz, burun, og‘iz, shahar, ko‘ngil С) farq, ishtirok, idrok, huquq, tok D) qishloq, tirnoq, bilak, tuproq, terak, quloq, quduq, pichoq, bo‘taloq, etak, to‘garak 22. Sifat qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi? A) qanday, qayer? B) nechta, qancha? С) qanday, qanaqa? D) kim, nima, qayer? 23. Belgi deganda qanday ma’nolar tushuniladi? A) shaxs, narsa, o‘rin-joy B) rang-tus, maza-ta’m, shakl-hajm, xil-xususiyat С) harakat, holat D) harakatning o‘rni 24. Sifat qanday holatda aniqlovchi vazifasini bajarishi mumkin? A) gapning oxirida kelganida B) songa bog‘lansa С) fe’lga bog‘lansa D) otga bog‘lansa 25. Sifat gapda qanday hollarda kesim vazifasini bajarishi mumkin? A) gapning oxirida kelganida B) songa bog‘lansa С) fe’lga bog‘lansa D) otga bog‘lansa 26. Sifat gapda aniqlovchi vazifasida kelgan gapga misol keltiring. A) Bu ko‘rkam bino – kasb-hunar kolleji B) Oq oltin yig‘imi yuqori bosqichga ko‘tarildi С) U kechagidan ko‘ra ko‘rkamroq ko‘rinar edi D) A va C 27. Sifat gapda kesim vazifasida kelgan gapga misol keltiring. A) Bu ko‘rkam bino – kasb-hunar kolleji B) Bugun men darsga kech keldim С) Bu gullar xushbo‘y D) A va C 28. Bir belgining narsa buyumlar orasida ortiq- kamligi jihatidan farqlanishi nima deyiladi? A) sifat darajalari B) sifatning ma’no turlari С) ravish darajalari D) fe’l zamonlari 29. Nechta sifat darajasi mavjud? A) 3 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 4 ta 30. Narsa-buyumlar orasidagi belgi o‘zaro taqqoslanmasa, qanday daraja hosil bo‘ladi? A) qiyosiy daraja B) ozaytirma daraja С) oddiy daraja D) orttirma daraja 31. Go‘zal bir yigit eshikni ochdi. Ushbu gapda sifatning qaysi darajasi qo‘llangan? A) oddiy daraja B) ozaytirma daraja С) qiyosiy daraja D) orttirma daraja 32. Qiyosiy daraja qanday hosil qilinadi? A) -roq qo‘shimchasi bilan (aqlliroq, kattaroq) B) -mtir (-imtir) qo‘shimchasi bilan (ko‘kimtir) С) -ish qo‘shimchasi bilan (qizg‘ish) D) nim, picha, sal kabi so‘zlar bilan 33. Belgining me’yordan kam ekanligini bildiruvchi daraja qanday ataladi? A) oddiy daraja B) orttirma daraja С) ozaytirma daraja D) orttirma daraja 34. Ozaytirma daraja qanday hosil qilinadi? A) -roq qo‘shimchasi bilan (aqlliroq, kattaroq) B) eng, nihoyatda, juda kabi so‘zlar bilan (juda hazilkash, nihoyatda tansiq, eng go‘zal) С) sifatning birinchi bo‘g‘inini ba’zi tovush o‘zgarishlari bilan takrorlash orqali (qop-qora, bus- butun) D) nim, picha, sal kabi so‘zlar bilan (sal qora, nimpushti) yoki -mtir (-imtir), -ish kabi qo‘shimchalar bilan (ko‘kimtir, qizg‘ish) 35. Orttirma daraja qanday hosil qilinadi? A) eng, nihoyatda, juda kabi so‘zlar bilan (juda hazilkash, nihoyatda tansiq, eng go‘zal); sifatning birinchi bo‘g‘inini ba’zi tovush o‘zgarishlari bilan takrorlash orqali (qop-qora, bus--butun). Birinchi yoki ikkinchi bo‘g‘indan keyin to‘xtam berish orqali (u:zun, katta) B) nim, picha, sal kabi so‘zlar bilan (sal qora, nimpushti) С) -roq bilan -(aqlliroq, kattaroq) D) -mtir , -ish bilan (ko‘kimtir, qizg‘ish) 36. Biz kirgan xona dadam ishlaydigan hujradan ham torroq, qorong‘iroq ekan. Ushbu gapda sifatning qaysi darajasi qo‘llangan? A) oddiy daraja B) orttirma daraja С) ozaytirma daraja D) qiyosiy daraja 37. So‘ng sirkka o‘tib eng uchqur otlardan birini tanlaysan, yo‘lga ravona bo‘lasan. Ushbu gapda sifatning qaysi darajasi qo‘llangan? A) oddiy daraja B) qiyosiy daraja С) ozaytirma daraja D) orttirma daraja 38. Son qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi? A) qanday, qanaqa? B) qancha, necha, nechanchi? С) kim, nima, qayer D) nechta, qaysi? 39. Sonlar necha turga bo‘linadi? A) 3 B) 2 C) 4 D) 5 40. Nechanchi so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar sonning qaysi turiga kiradi? A) chama son B) miqdor son С) tartib son D) dona son 20 41. Son qanday hollarda kesim vazifasida kelishi mumkin? A) fe’lga bog‘lansa B) gapning oxirida kelsa C) otga bog‘lansa D) otlashsa 42. Son qachon hol vazifasida kelishi mumkin? A) fe’lga bog‘lansa B) gapning oxirida kelsa C) otga bog‘lansa D) otlashsa 43. Son qachon aniqlovchi vazifasida keladi? A) fe’lga bog‘lansa B) gapning oxirida kelsa C) otga bog‘lansa D) otlashsa 44. Son aniqlovchi vazifasida kelgan gapga misol keltiring. A) U olmadan beshta oldi B) Bilasanmi, o‘shandan beri ishlarim – besh С) Men yigirma uchinchi bo‘lib keldim D) Sinfimizda yigirma besh o‘quvchi bor 45. Son hol vazifasida kelgan gapga misol keltiring. A) U olmadan beshta oldi B) Bilasanmi, o‘shandan beri ishlarim – besh С) Men yigirma uchinchiman D) Sinfimizda yigirma besh o‘quvchi bor 46. Son kesim bo’lib kelgan gapga misol keltiring. A) U olmadan beshta oldi B) O‘nning yarmi – besh С) Biz sinfimiz bilan yigirma tup ko‘chat o‘tqazdik D) Sinfimizda yigirma besh o‘quvchi bor 47. Opam sizga uzgan olmalaridan to‘rttadan berdi. Ushbu gapda son qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan? A) hol B) aniqlovchi С) to‘ldiruvchi D) kesim 48. Mening kitoblarim hammasi bo‘lib yettita. Ushbu gapda son qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan? A) hol B) aniqlovchi С) ega D) kesim 49. Qaysi qo‘shimchalar so‘zga qo‘shilganida tovush tushadi? A) -ala, -ov, -ovlon B) -tadan, -ta С) -larcha D) -inchi 50. Sonning qaysi turida chiziqcha (defis) ishlatiladi? A) chama sonda B) dona sonda С) taqsim sonda С) tartib sonda 51. Qanday hollarda tartib son qo‘shimchalari o‘rnida chiziqcha (defis) ishlatiladi? A) tartib son arab raqami bilan ifodalanganida B) tartib son rim raqami bilan ifodalanganida C) ot kesimda shaxs-son qo‘shimchalari ishlatilmasa D) son qo‘shimchalari belgisiz qo‘llansa 52. Qanday hollarda tartib son qo‘shimchalari o‘rnida chiziqcha (defis) ishlatilmaydi? A) tartib son arab raqami bilan ifodalanganida B) tartib son rim raqami bilan ifodalanganida C) ot kesimda shaxs-son qo‘shimchalari ishlatilmasa D) son qo‘shimchalari belgisiz qo‘llansa 53. Ot, sifat, son va boshqa so‘zlar o‘rnida qo‘llanib, ularga ishora qiluvchi so‘zlar qanday ataladi? A) yuklama B) ravish С) olmosh D) ko‘makchi 54. Ko‘rsatish olmoshlariga qanday qo‘shimchalar qo‘shilganida tovush ortadi? A) -dek, -day, -aqa, -cha qo‘-shimchalari B) jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish, tushum qo‘shimchalari С) tushum, qaratqich, otlar-ning qarashlilik qo‘shimchasi D) A va B 55. Ko‘rsatish olmoshlariga qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida qaysi tovush ortadi? A) n undoshi B) i unlisi С) m undoshi D) ortmaydi 56. Shundaylar bo‘lmasa agar dunyoda, bunchalar muhtaram bo‘lmasdi ayol. Ushbu gapda nechta o‘rinda tovush ortgan? A) 1 o‘rinda (shundaylar) B) 1 o‘rinda (bunchalar) С) 2 o‘rinda (bunchalar, bo‘lmasdi) D) 2 o‘rinda (shundaylar, bunchalar) 57. Harakat va holatni bildiruvchi so‘z turkumi qanday ataladi? A) ravish B) sifat C) olmosh D) fe’l 58. Fe’l qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi? A) nima qilmoq, nima bo‘lmoq? B) qachon, nechta? С) qay holatda, qanday qilib? D) kim, nima, qayer? 59. Fe’lda nechta zamon mavjud? A) 3 ta B) 5 ta C) 8 ta D) 12 ta 60. O‘tgan zamon qo‘shimchalarini sanang. A) -di, -ibdi (-bdi), -gan edi, -gan ekan B) -yap, -moqda, -yotir, -yotib С) -moqchi, -adi, -ur, -ar, -ajak D) -di, -ibdi (-bdi), -gan edi, -gan ekan , -ayotir 61. Hozirgi zamon qo‘shimchalarini sanang. A) -di, -ibdi (-bdi), -gan edi, -gan ekan B) -yap, -moqda, -yotir, -yotib С) -moqchi, -adi, -ur, -ar, -ajak D) -di, -ibdi (-bdi), -gan edi, -gan ekan, 62. Kelasi zamon qo‘shimchalarini sanang. A) -di, -ibdi (-bdi), -gan edi, -gan ekan B) -yap, -moqda, -yotir, -yotib С) -moqchi, -adi, -ur, -ar, -ajak D) -di, -ibdi (-bdi), -gan edi, -gan ekan 63. Fe’ldan anglashilgan ish-harakat va holatning so‘zlovchi, tinglovchi yoki o‘zgaga tegishli ekanligini bildiruvchi qo‘shimchalarga qanday qo‘shimchalar? A) egalik qo‘shimchalari B) shaxs-son qo‘shimchalari С) zamon qo‘shimchalari D) mayl qo‘shimchalari 64. So‘zlovchi nechanchi shaxs? A) I shaxs B) II shaxs С) III shaxs D) o‘zga 65. Tinglovchi nechanchi shaxs? A) II shaxs B) I shaxs С) III shaxs D) o‘zga 66. O‘zga nechanchi shaxs? A) I shaxs B) II shaxs С) tinglovchi D) III shaxs 67. Ravish qanday so‘roqlarga javob boladi? A) qay holatda, qachon? B) kim, nima, qayer? С) nechta, qancha? D) qanday, qaysi, qachon? 21 68. Harakatning holatini bildiruvchi so‘z turkumi qanday ataladi? A) ot B) sifat С) fe’l D) ravish 69. Ravish asosan qaysi so‘z turkumiga bog‘lanadi? A) sifatga B) olmoshga С) fe’lga D) otga 70. Yordamchi so‘z turkumlariga qaysilar kiradi? A) ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama B) ko‘makchi, bog‘lovchi, so‘z-gaplar С) bog‘lovchi, yuklama, modal so‘zlar D) so‘z-gap, atov gap, modal so‘z 71. Uyushiq bo‘laklarni va qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga bog‘lash uchun xizmat qiladigan so‘zlar qanday ataladi? A) ko‘makchilar B) bog‘lovchilar С) yuklamalar D) modal so‘zlar 72.Bog‘lovchilar qaysi gap bo‘lagi vazifasida keladi? A) kesim B) faqat to‘ldiruvchi C) aniqlovchi D) bog‘lovchilar gap bo‘lagi vazifasida kelmaydi 73. Tobelantiruvchi yordamchi so‘z turkumi qanday ataladi? A) ko‘makchi B) bog‘lovchi C) yuklama D) modal so‘z 74. Ko‘makchilar ko‘pincha otlarni nimaga bog‘lab keladi? A) otga B) fe’lga С) ravishga D) olmoshga 75. Ona kabi mehribon. Ushbu gapda ko‘makchi nimani ni-maga tobelantirgan? A) otni fe’lga B) otni sifatga С) otni ravishga D) egani kesimga 76.Ayrim gap bo‘lagi yoki butun gapning mazmuniga qo‘shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so‘zlar qanday ataladi? A) yuklama B) bog‘lovchi С) ko‘makchi D) modal so‘z 77. Qo‘shimcha-yuklamalarni belgilang. A) mi, -chi, -a, -ya, -da, -oq, sari B) hatto, faqat, atigi, xuddi, naq, hech, sira С) sari, sayin, kabi, singari D) xuddi, hatto, chunki, ammo 78. Qo‘shimcha-yuklamalarning qaysilari so‘zga qo‘shib yoziladi? A) -chi, -a, -ya, -da, B) u, -yu, -a, -ya С) -mi, -chi, -a, -ya, -da, -oq, -yoq, -gina D) -mi, -oq, -yoq, -gina 79. Qo‘shimcha-yuklamalarning qaysilari so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi? A) -chi, -da, -u, -yu, -a, -ya B) -oq, -yoq, -gina C) -chi, -a, -ya, -da, -mi D) -mi, -oq, -yoq, -gina 80. So‘zlovchining his-hayajonini, shuningdek, hayvon, parrandalarni biror harakatga undashni ifodalovchi so‘zlarga qanday so‘zlar deyiladi? A) taqlid so‘z B) modal so‘z С) kirish so‘z D) undov so‘zlar 81. Ura, ey, eh, voy, obbo, hoy, oh kabi so‘zlar qanday so‘zlar? A) taqlid so‘z B) modal so‘z С) undov so‘z D) kirish so‘z 82. Hayvon, inson va narsalarning tovushi, holatiga taqlid so‘zlar qanday ataladi? A) taqlidiy so‘z B) modal so‘z С) undov so‘z D) kirish so‘z 83. So‘zlar tuzilishiga ko‘ra necha turga bo‘linadi? A) 3 turga B) 4 turga С) 2 turga D) 6 turga 84. Qanday so‘zlarqo‘shma so‘zlar deyiladi? A) ikki yoki undan ortiq asosdan tashkil topib, bitta so‘roqqa javob bo‘luvchi so‘zlar B) ikki har xil asosning juftlashishidan hosil bo‘lgan so‘zlar С) ikki bir xil asosning takrorlanishidan hosil bo‘lgan so‘zlar D) ko‘chma ma’noda ishlatiladigan yaxlitlanib qolgan so‘zlar 85. Qo‘shma so‘zlar qanday yoziladi? A) qo‘shib B) ajratib С) qo‘shib, ajratib D) chiziqcha bilan 86. Otquloq, Yurtboshi, oshpichoq, qo‘lqop, sadarayhon qo‘sh-ma so‘zlari qanday so‘zlar qo‘shilishidan hosil bo‘lgan? A) ot + sifat B) ot + ot С) ot + ravish D) ot + son 87. Qaysi so‘z turkumlarining qo‘shma shakli har doim ajratib yoziladi? A) fe’l, olmosh, son B) fe’l, sifat, ravish С) olmosh, son, ot D) sifat, ravish, olmosh 88. Ot + fe’l shaklidagi qo‘shma so‘zlarga misol keltiring. A) qozonkabob, Qatorterak, shalpangquloq B) ko‘ksulton, dona-dona, mayda-mayda C) tinchliksevar, bo‘ribosar, molboqar D) hayotsevar, otquloq, ko‘ksulton 89. Ma’nosi bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli ikki asosning qo‘shiluvidan tashkil top-gan so‘zlar qanday ataladi? A) sodda so‘zlar B) qo‘shma so‘zlar С) takror so‘zlar D) juft so‘zlar 90. Juft so‘zlar qanday yoziladi? A) qo‘shib B) ajratib С) chiziqcha bilan D) qo‘shib, ajratib 91.Juft so‘zlarda yuklama ishlatilsa, qanday yoziladi? A) chiziqchasiz yoziladi B) chiziqcha ikki so‘zning o‘rtasiga ko‘chadi С) ikki o‘rinda chiziqcha ishlatiladi D) chiziqcha -u yoki -yu ning oldiga ko‘chadi 92. Bir asosning aynan yoki ba’zi tovush o‘zgarishlari bilan takrorlanishidan qanday so‘zlar hosil bo‘ladi? A) takroriy so‘zlar B) juft so‘zlar С) sodda so‘zlar D) qo‘shma so‘zlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling