5 ona tili docx
Download 226.46 Kb. Pdf ko'rish
|
5 - ona tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- -niki
Ikki, olti, yetti sonlariga jamlikni bildiruvchi -ov, -ala qo‘shimchalari qo‘shilsa,
asos oxiridagi i unlisi tushib qoladi: Ikkala, oltov, yettov. Tartib sonlar raqam bilan yozilsa, -nchi, -inchi qo‘shimchalari o‘rniga chiziqcha qo‘yiladi: 2002-yil, 22-dekabr, 5-sinf, 3-qavat. Tartib sonlar rim raqamlari bilan yozilsa, bu qo‘shimchalar o‘rniga chiziqcha qo‘yilmaydi: IX sinf, XXI asr. Bir so‘ziga -ta qo‘shimchasi qo‘shilsa, bitta (tovush almashishi) deb yoziladi. Ot, sifat, son va boshqa so‘zlar o‘rnida qo‘llanib, ularga ishora qiluvchi so‘zlar OLMOSH hisoblanadi. Olmoshlar qaysi so‘z o‘rnida qo‘llansa, o‘sha so‘zning so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Men, sen kishilik olmoshlariga qaratqich va tushum kelishigi qo‘shimchalari hamda -niki qo‘shimchasi qo‘shilsa, qo’shimchadagi n undoshi tushib qoladi: Men + ning = mening, sen + niki = seniki. U, bu, shu, o‘sha olmoshlariga jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalari hamda -ga, -dek, -day qo‘shimchalari qo‘shilsa, n undoshi orttiriladi: unga, shunda, bunda, shunday. NAMUNAVIY TESTLAR 1. Sifat gapda aniqlovchi vazifasida kelgan gapga misol keltiring. A) Bu ko‘rkam bino – kasb-hunar kolleji B) Oq oltin yig‘imi yuqori bosqichga ko‘tarildi С) U kechagidan ko‘ra ko‘rkamroq ko‘rinar edi D) A va C 2. Sifat gapda kesim vazifasida kelgan gapga misol keltiring. A) Bu ko‘rkam bino – kasb-hunar kolleji B) Bugun men darsga kech keldim С) Bu gullar xushbo‘y D) A va C 3. Biz kirgan xona dadam ishlaydigan hujradan ham torroq, qorong‘iroq ekan. Ushbu gapda sifatning qaysi darajasi qo‘llangan? A) oddiy daraja B) orttirma daraja С) ozaytirma daraja D) qiyosiy daraja 4. So‘ng sirkka o‘tib eng uchqur otlardan birini tanlaysan, yo‘lga ravona bo‘lasan. Ushbu gapda sifatning qaysi darajasi qo‘llangan? A) oddiy daraja B) qiyosiy daraja С) ozaytirma daraja D) orttirma daraja 5. Son aniqlovchi vazifasida kelgan gapga misol keltiring. A) U olmadan beshta oldi B) Bilasanmi, o‘shandan beri ishlarim – besh С) Men yigirma uchinchi bo‘lib keldim D) Sinfimizda yigirma besh o‘quvchi bor 6. Son hol vazifasida kelgan gapga misol keltiring. A) U olmadan beshta oldi B) Bilasanmi, o‘shandan beri ishlarim – besh С) Men yigirma uchinchiman D) Sinfimizda yigirma besh o‘quvchi bor 7. Son kesim vazifasida kelgan gapga misol keltiring. A) U olmadan beshta oldi B) O‘nning yarmi – besh С) Biz yigirma tup ko‘chat o‘tqazdik D) Sinfimizda yigirma besh o‘quvchi bor 8. Shundaylar bo‘lmasa agar dunyoda, bunchalar muhtaram bo‘lmasdi ayol. Ushbu gapda nechta o‘rinda tovush ortgan? A) 1 o‘rinda (shundaylar) B) 1 o‘rinda (bunchalar) С) 2 o‘rinda (bunchalar, bo‘lmasdi) D) 2 o‘rinda (shundaylar, bunchalar) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling