5 ona tili docx
Download 226.46 Kb. Pdf ko'rish
|
5 - ona tili
Fe’ldan boshqa so‘zlar orqali (ot, sifat, son, ravish, olmosh) ifodalanib, kim?,
nima?, qanday? so‘roqlariga javob bo‘luvchi kesimlar ot kesim sanaladi. Masalan: Osmonimiz musaffo. Kesim bilan bog‘lanib kim?, nima?, qayer? singari so‘roqlarga javob bo‘ladigan bo‘lak ega deyiladi. Tahlilda eganing ostiga bir to‘g‘ri chiziq, kesimning ostiga esa ikki to‘g‘ri chiziq chiziladi. Masalan: Bulbul sayradi. Ot kesim tarkibida shaxs-son qo‘shimchalari (-man, -san, -dir) qo‘llanilmasa, yozuvda egadan keyin tire qo‘yiladi. Qo’llansa, tire qo’yilmaydi. Masalan: Toshkent – go‘zal shahar. Ota ona ulug’dir. Faqat kesimdan yoki ega va kesimdan iborat bo‘lgan gap yig‘iq gap hisoblanadi. M-n: Keldi. Men keldim. Kesimning boshqa bo‘laklar (2-darajali bo’laklar : to’ldiruvchi, aniqlovchi, hol) bilan kengayishidan hosil bo‘lgan gap yoyiq gap deyiladi. M-n: Men uni ko‘rdim. 5 NAMUNAVIY TESTLAR 1. Qaysi bo‘lak boshqa bo‘laklarsiz gap bo‘la oladi? A) kesim B) ega С) hol D) aniqlovchi 2. Fe’l kesim va ot kesim kesimning qaysi xususiyatiga ko‘ra turi? A) kesimning yakka qo‘llana olish-olmasligiga ko‘ra B) kesimning gapda qaysi bo’lak bilan aloqaga kirishuviga ko‘-ra C) qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanishiga ko‘ra D) kesim nechta so‘z bilan birikmali kelishiga ko‘ra 3. Ko‘pdan quyon qochib qutulmas. Ushbu gap kesimning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanishiga ko‘ra qaysi turiga kiradi? A) fe’l kesim B) ot kesim С) murakkab kesim D) sodda kesim 4. Ko‘z – qo‘rqoq, qo‘l – botir. Ushbu gap kesimning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanishiga ko‘ra qaysi turiga kiradi? A) fe’l kesim B) murakkab kesim С) sodda kesim D) ot kesim 5. Eldan ayrilguncha jondan ayril. Ushbu gap kesimning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanishiga ko‘ra qaysi turiga kiradi? A) murakkab kesim B) sodda kesim С) fe’l kesim D) ot kesim Download 226.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling