5 ona tili docx


Download 226.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/29
Sana28.02.2023
Hajmi226.46 Kb.
#1237709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
5 - ona tili

So‘roq olmoshlari yordamida ifodalangan so‘roq gaplar so‘roqqa javob
bo‘luvchi so‘zni talab qiladi.
– Ko‘chatlarga kim suv quydi? so‘roq olmoshi
– Salim. so‘roqqa javob bo‘luvchi so‘z
So‘roq gaplar -mi, -chi, -a(ya) kabi so‘roq yuklamalari orqali ifodalanadi.
Yuklamalar so‘roq gaplar kesimining oxiriga qo‘shiladi. So‘roq yuklamalari bilan
ifodalangan so‘roq gaplar ha yoki yo‘q javoblarini talab qiladi. O’qidingmi? -
Ha.
Yozuvda -mi yuklamasi kesimga qo‘shib yoziladi: Keldingmi?
-chi va -a (-ya) yuklamalari esa o‘zi qo‘shilayotgan so‘zdan chiziqcha bilan
ajratib yoziladi.: Sen kelasan-a?, Sen-chi?
Buyurish, da’vat qilish ma’nolarini bildirgan gaplar buyruq gap sanaladi.
Masalan: Chiroyli yoz. Buyruq gaplarning kesimi buyruq shaklidagi fe’llar bilan
ifodalanadi. Buyruq gap oxiriga nuqta qo‘yiladi.
Kesimi -sa shaklidagi fe’llar orqali ifodalangan gaplar istak gap hisoblanadi.
Masalan: Qani endi o’qishga kirsam. Istak gaplar oxiriga nuqta (.) qo‘yiladi. Men
o’qishga kirishni istayman. (-sa yo’q, shuning uchun bu istak gap emas, darak
gap).
Gaplar so‘zlovchining his-hayajoni qo‘shilishi yoki qo‘shilmasligiga ko‘ra his-
hayajonsiz gaplar va his-hayajon gaplarga bo‘linadi.
His-hayajon ohangi bilan aytilgan darak, so‘roq, buyruq shaklidagi gaplar his-
hayajon gaplar sanaladi.
Masalan: Ey Vatan! Polvonlaring bor bo‘lsin! Uyg‘oq bo‘lsin!
His-hayajon gaplarda ko‘pincha qancha, naqadar, shunchalar, qanday so‘zlari
hamda undov so‘zlar(eh, oh…) ishtirok etadi yoki kesim gapning oldida keladi.
Masalan: Oh, naqadar go‘zal ona tabiat!
Yozuvda his-hayajon gaplar oxiriga undov (!) belgisi qo‘yiladi. Agar so‘roq gap
his-hayajon bilan aytilsa, oldin so‘roq belgisi, undan so‘ng undov belgisi
ishlatiladi. Masalan: Chiqmaysizmi?!



Download 226.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling