7-Mavzu: Ta’limni metodlari va vositalari Reja. Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari


Download 395.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana14.10.2023
Hajmi395.25 Kb.
#1701743
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-mavzu 23



7-Mavzu: Ta’limni metodlari va vositalari 
Reja. 
1.Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari. 
2.Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha 
yondoshuvlar. 
3.Ta’lim metodlarining mohiyati. 
4.Ta’lim metodlarini tanlab olish shartlari. 
5.Ta’lim vositalari va ularning funksiyalari. 
Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari
Ba‟zi didakt metodistlar ta‟lim metodlarini o‟quvchilarni bilmaslikdan 
bilishga borish yo‟li, ayrim olimlar esa, ularni o‟qituvchi va o‟quvchi 
faoliyatini o‟zaro bog‟lovchi metodlar, deb qarashadi. Ta‟lim metodlarini o‟quv 
ishlari majmui, shuningdek, ta‟lim mazmuni Shaklida qarash g‟oyasi ham bor. Bu 
qarashlarning qay biri asosida ta‟lim metodlarining mohiyati, o‟quv-tarbiya 
jarayonidagi funksiyalarini batafsilroq tasavvur etish mumkin? Didaktikada hali 
ham eng munozarali muammolardan biri ta‟lim metodlari tasnifi masalasidir. 
Ularni ta‟lim manbalari, didaktik vazifalar, mantiqiy fikrlash shakllariga 
qarab tasnif etish moyilligi mavjud. Ta‟lim metodlarini tasnif etishda shu 
yo‟nalishlardan qay biri ma‟qul? Yoki ta‟lim metodlarini tasnif etishning 
boshqa mezonlari ham mavjudmi? Adabiyotlarda «o‟qitish metodlari», «o‟qish 
metodlari» kabi terminlar qo‟llanadi. Shunday bo‟lgach, «ta‟lim metodlari» 
iborasini ishlatishga ehtiyoj bormi? Metod termini yunonchadan tarjima qilinganda 
ma‟lum bir maqsadga erishish yo‟li, faoliyat usuli ma‟nolarini anglatadi. Ta‟lim 
metodi deganda ta‟lim jarayonida o‟qituvchi va o‟quvchilarning kutilgan maqsadga 
yerishishga qaratilgan hamkorlikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Ularga ko‟ra 
ta‟lim mazmunini o‟zlashtirishga mos faoliyat tanlanadi.
Metod so„zi grekcha tadqiqot, maqsadga erishish yo„li, usuli deganidir. Bu 
so„zning etimologiyasi (kelib chiqishi) uning ilmiy kategoriya sifatidagi talqinida 
ham aks etgan. “Metod – eng umumiy ma‟noda – maqsadga erishish usuli, ma‟lum 
tarzda tartibga solingan faoliyat”.

Download 395.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling