7-Mavzu: Ta’limni metodlari va vositalari Reja. Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari


Download 395.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana14.10.2023
Hajmi395.25 Kb.
#1701743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-mavzu 23

Ma’ruza. Ma‟ruza o‟rta umumta‟lim maktablarining yuqori sinflarida
kollejlarda, oliy o‟quv yurtlarda foydalaniladigan ta‟lim metodi bo‟lib, unda 
o‟zaro ta‟sir o‟qituvchining bayoni va bolalarning tinglashi, ayrim omillar, 
asosiy g‟oya va bog‟lanishlarni yozib olish Shaklida amal qiladi. Ma‟ruza uchun 
vaqt bolalarning tayyorgarlik darajasi, o‟quv materiali xajmiga ko‟ra belgilanadi. 
Ma‟ruza jarayonida o‟quvchilarning faolligi, tashabbuskorligini oshirish 
maqsadida o‟qituvchi o‟z nutqini ko‟rgazmali qurol, muammo va topshiriqlar 
bilan uyg‟unlashtiradi. O‟quv materialiga oid iboralarga izoh berish, ayrim 
o‟rinlarda o‟quvchilarning 
o‟zlariga 
xulosa 
chiqarishni 
taklif 
etish 
o‟quvchilarning o‟quv-biluv faoliyatining samarasini oshiradi. 
Suhbat. Suhbat o‟qituvchi o‟quvchining o‟zaro ta‟siri dialog Shaklidagi 
ta‟lim metodidir. Unda mavzu mazmuniga xos, atroflicha o‟ylangan, bir-biriga 
bog‟liq savollarni qo‟yish va savollarga javob izlash hamda javob qaytarish yo‟llari 
bilan o‟qituvchi va o‟quvchi faoliyati o‟zaro muvofiqlashadi.
Suhbat mohiyati jihatidan ikki turli bo‟ladi: yevristik suhbat; katoxezistik 
suhbat. Yevristik suhbat o‟quvchilarning tafakkuriga mo‟ljallangan metod 
bo‟lib, unda o‟zaro ta‟sir o‟qituvchi savollari bolalarning javoblari 


Shaklida amal qiladi. Yevristik suhbat uzoq tarixga ega bo‟lib, undan qadimgi 
Gresiyada Suqrot mohirona foydalangan. 
U hozirgi ilmiy-didaktik tadqiqotlarda «izlanish suhbati» ham deb 
yuritaladi. Evristik suhbatning qator ijobiy tomonlari mavjud; ijodiy yo‟l bilan 
o‟quv materialini o‟rganish; o‟zlashtirishning individual harakter kasb etishi.
Katoxezistik suhbat o‟quvchilarning xotirasiga, binobarin, qayta esga tushirish 
faoliyatiga mo‟ljallab o‟tkaziladi. O‟tkazish maqsadiga ko‟ra katoxezistik 
suhbatning quyidagicha turlari mavjud: 
Yakunlash suhbati. Bunday suhbatda mashg‟ulotda qilingan ishlar bo‟yicha 
umumiy va yakuniy xulosa chiqariladi. 
Mustahkamlash suhbati-yangi mavzu tushuntirilgandan keyin o‟tkaziladi, so‟ngra 
yangi mavzu intelektual va amaliy topshiriqlar bajariladi. 
Takrorlash suhbati ikki yoki undan ortiq mavzu bo‟yicha o‟tkaziladi.takrorlash 
yo‟li bilan malakalar takomillashtiriladi. Umumlashtiruvchi suhbat katta bo‟lim 
o‟tilgandan so‟ng, o‟quv boshida, oxirida tashkil etiladi. 
Kirish suhbati yangi mavzuni o‟rganishdan oldin o‟tkaziladi. Nazorat suhbati 
bilimlarni sinab ko‟rish maqsadida tashkil etiladi. 

Download 395.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling