7-Mavzu: Ta’limni metodlari va vositalari Reja. Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari


Download 395.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana14.10.2023
Hajmi395.25 Kb.
#1701743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-mavzu 23

Mustaqil ishlar metodlari 


Mustaqil 
ishlar 
ta‟limning 
barcha 
bosqichlarida 
o‟tkaziladigan, 
o‟qituvchining bevosita ishtirokisiz, ammo uning ko‟rsatmalari, rahbarligida 
bajariladigan intelektual va amaliy topshiriqlardir. Hozirgi paytda mustaqil 
ishlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi. 
Darslikdagi qoidalar va ta’riflar ustida mustaqil ishlash: darslikdagi qoida 
va ta‟rifni o‟qish va ularga oid omillarni ajratish; o‟qituvchi topshirig‟iga ko‟ra 
to‟plangan omillarni tahlil etish va xulosa chiqarish; darslikning ayrim 
sahifalarini tanlab o‟qish va Shu bilimlardan amaliyotda foydalanish yo‟lllari 
to‟g‟risida qisqacha xisobot tayyorlash; qoida, ta‟riflarni mantiqiy qismlarga 
ajratish va terminlarga qo‟shimcha adabiyotlardan o‟rganilgan mavzu doirasida 
material to‟plash; ma‟ruza, hikoya, suhbat paytida o‟qituvchi chiqargan xulosalarni 
darslikdagi qoida, ta‟riflarni solishtirish. 
Darslikdagi amaliy materiallar ustida mustaqil ishlash: darslikdagi mashq, 
misol va masalalar variantlarni o‟zaro musobaqalashib bajarish; darslikdagi 
amaliy materiallar asosida turli diagramma, jadval, chizmalar tayyorlash; 
laboratoriya mashg‟ulotlarini o‟tkazish rejasini tuzish.
Mashg‟ulotlarda turli mustaqil ishlarni bajarish bolalarda mustaqillikni 
tarbiyalaydi. Mustaqillik esa Shaxsiy sifat hisoblanadi. Mustaqil ishlash 
metodlaridan foydalanishda qator qoidalarga rioya qilinadi; o‟quvchilarni 
mustaqil ishlashga tayyorlash; mustaqil ishlarning tushunarli bo‟lishi; mustaqil ish 
uchun yetarli vaqt ajratish; mustaqil ish natijasini tekshirish. 
Didaktik o’yin metodi 
Keyingi yillarda ilg‟or o‟qituvchilar tajribasida didaktik o‟yinlardan 
ta‟lim metodlari sifatida foydalanish odat tusini olib bormoqda. Didaktik 
o‟yinlarning samaradorligi Shundaki, ular vositasida o‟quv-tarbiya ishlari hayotga 
yaqinlashtiriladi, Shuningdek, ularning har birida bilimlarni og‟zaki bayon etish, 
ko‟rgazmali, amaliy metodlarning elementlari qo‟llaniladi. Shu xususiyatlariga 
ko‟ra didaktik o‟yinlar sintetik harakterga ega. Ularning quyidagicha turlari 
mavjud: 


 Simulyativ o‟yin-ta‟limni hayotda bo‟lib o‟tgani ijtimoiy voqyealarga 
tenglashtirish, ularni qiyosiy tarzda tashkil etish va boshqarish metodidir. 
Bu o‟yindan tarix, geografiya darslarida unumli foydalaniladi; bir o‟qituvchi Amir 
Temur, boshqasi Boyazid, qolganlari sarkardalar, askarlar rolida ishtirok etadi
Shu yo‟l bilan ta‟lim bo‟lib o‟tgan tarixiy voqyeaga qiyoslab tashkil etiladi. 
Simulyativ o‟yinlarning bir ko‟rinishi insenirovka (rollarga ajratib o‟qish) 
metodidir. Boshlang‟ich sinflarda badiiy matnlar, yuqori sinflarda badiiy asarlarni 
rollarga ajratib o‟qitish an‟anasi maktablarimiz tajribasida uzoq tarixga ega. 
Adabiyot o‟qituvchilari «Tuya bilan bo‟taloq» asarini o‟qitganda bir o‟quvchi 
yozuvchi, ikkinchi o‟quvchi tuya, uchinchisi esa bo‟taloq so‟zlarini o‟qib ishtirok 
etishadi. 
Situativ o‟yinlar ham asta-sekin maktab tajribasida o‟z o‟rnini olib bormoqda. 
Mehmon kutish, kasalni davolash, harid qilish kabi turli hayetiy vaziyatlar 
mohiyatidan kelib chiqib, ta‟limni tashkil etish va boshqarish situativ o‟yinlar 
sirasiga kiradi. 

Download 395.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling