7-Mavzu: Ta’limni metodlari va vositalari Reja. Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari


Download 395.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana14.10.2023
Hajmi395.25 Kb.
#1701743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-mavzu 23

Ta’lim metodlari deyilganda, o„rganilayotgan materialni egallashga 
qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo„yicha o„qituvchining o„rgatuvchi 
ishi va o„quvchilar o„quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushuniladi. 


Ta’lim usuli – ta‟lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni, 
Metodlar bilan usullar munosabati o„zaro bir-biriga bog„langan. Usul va metod 
butun va qism sifatida bir-biriga bog„lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik 
yoki o„quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli 
metodlarda foydalanilgan bo„lishi mumkin. Va aksincha xuddi shu metod turli 
o„qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin. 
Qoida – tanlab olingan metod bilan bog„liqlikda faoliyat usullarini amalga 
oshirish uchun qulay tarzda harakat qilish zarurligini belgilab beruvchi me‟yoriy 
ko„rsatmalardir. 
Ta‟lim metodlari o‟quv-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi bo‟lib, ularsiz ta‟lim 
maqsadi, vazifalarini amalga oshirish, o‟quv materiallari mazmunini o‟zlashtirish 
mumkin emas. Ta‟lim metodlari ham o‟quv materiali mazmuniga, binobarin, 
bolalarning ma‟lumoti, taraqiyoti, tarbiyasiga, shuningdek, o‟qitish, o‟qish 
faoliyatlarining bir-biriga kirishuvi va shu asosda o‟zaro ta‟sirning yuzaga 
chiqishiga yo‟nalgan. Ta‟lim metodi vositasida o‟qituvchi va o‟quvchining faoliyati 
o‟zaro muvofiqlashadi. Ta‟lim metodi-o‟qituvchi va o‟quvchilarning ma‟lumot 
mazmuniga yo‟nalgan faoliyatini tartibga solish yo‟lidir. Ta‟lim metodlari 
tarkiban o‟qitish metodlari va o‟qish metodlaridan iborat.
 
Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar 
1. An‟anaviy (manbasiga ko„ra) ta‟lim metodlari (E.I.Golant, N.M.Verzilin va 
bosh.)
2. O„quvchilarning bilish faoliyati tavsifiga ko„ra ta‟lim metodlari tasnifi 
(I.YA.Lerner va M.N.Skatkin). 
3. Asosiy didaktik maqsadlariga ko„ra ta‟lim metodlari tasnifi (M.A.Danilov 
va B.P.Esipov).
4. Ta‟limning binar metodlari (M.I.Maxmutov). 
5. Yaxlit yondashuv bo„yicha ta‟lim metodlari tasnifi (YU.K.Babanskiy). 
6. Ta‟limning interfaol metodlari. 

Download 395.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling