7-Mavzu: Ta’limni metodlari va vositalari Reja. Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari


O‘quv axborotiga munosabatiga ko‘ra


Download 395.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana14.10.2023
Hajmi395.25 Kb.
#1701743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-mavzu 23

O‘quv axborotiga munosabatiga ko‘ra ta‟lim vositalari yangi materialni 
o„rganish vositalari, takrorlash, mustahkamlash, umumlashtirish vositalari, 
bilimlarni nazoart qilish vositalari, o„quv jarayonini tashkil eti Shva boshqarish 
vositalari va axborot vositalariga bo„linadi.
O‘quv jarayonidagi vazifasiga ko‘ra ta‟lim vositalari kommunikatsiya 
(muloqot) va o„quv ishlari vositalariga tasnif etiladi. O„quv ishi vazifa, muammo, 
masalalarni hal etish, turli mashqlarni bajarish jarayonidir. Ta‟lim – 
kommunikatsiya (muloqot) o„qituvchi va o„quvchilarning o„quv faoliyati 
sanaladigan kommunikativ-faoliyatli jarayon. Kommunikatsiya – bu kodlash 
(o„qituvchi nutqidagi atamalarda), uzatish (yozilish) va o„quvchilarning axborotni 
qabul qilishi (tushunish va dastlabki eslab qolish).
Didaktik vositalar his qilish, sezish uchun foydalanishiga ko„ra ham tasnif 
qilinadi. Bunday bog„liqlikka ko„ra didaktik vositalar vizual (ko„rish) – haqiqiy 
(original) narsalar yoki turli obrazli ekvivalentlari, diagrammalar, kartalar; audial 
(eshitish) – radio, magnitofon, musiqa asboblari; audioizual (ko„rish-eshitish) – 
ovozli filmlar, televidenie, kompyuterlar, didaktik mashinalar, elektron darsliklar. 
Zamonaviy ta‟limda ta‟limning texnik vositalaridan keng foydalaniladi. 
Ta‟limning texnik vositalari bu o„zida o„quv-axborotlarini ekranli-ovozli 
aks ettiruvchi asbob va moslamalardir. Ularga: o„quv kinofilmlari, diafilmlar, 
kompyuterlar, magnitofon tasmalari, radioeshittirish, teleko„rsatuvlar kiradi. 
Ta‟limning texnik vositalarilarini quyidagi turlarga bo„lish mumkin: 
axborot; aralash (kombinatsion); trenajyor; bilimlarni nazorat qilish vositalari; 
audiovizual vositalar. 
Ta‟limning texnik vositalarining funksiyalari: 

ta‟limning sifati va samaradorligini oshiradi; 

o„quv jarayonining jadallashuvini ta‟minlaydi; 

o„quvchilarni idrok qilishga yo„naltiradi; 

o„quvchilarda bilimlarni egallashga nisbatan katta qiziqish hosil qiladi; 



dunyoqarashni, 
ishonchni, 
o„quvchilarning 
axloqiy 
qiyofasini 
shakllantirishga yordam beradi

o„quv ishiga nisbatan o„quvchilarda emotsional munosabatni oshirishni 
ta‟minlaydi; 

bilimlarni nazorat, o„zini-o„zi nazorat qilishni ta‟minlaydi. 

Download 395.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling