7-Mavzu: Ta’limni metodlari va vositalari Reja. Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari


Download 395.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana14.10.2023
Hajmi395.25 Kb.
#1701743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-mavzu 23

Ko’rgazmalilik metodi 
Ko‟rgazmalilik didaktikada eng asosiy qoida bo‟lib, uning yordamida ko‟ruv 
o‟quvi va tafakkur o‟zaro uyg‟unlashadi. Ko‟rgazmali metodlarning 
quyidagicha turlari mavjud: 
-Illyustrasiya metodi og‟zaki bayon qila turib, rasmlar, chizmalar, jadvallar
doskadagi yozuvlarga diqatni tortish. 
Demonstrasiya metodi-kinoapparat, LETI kabi texnik vositalar asosida, 
Shuningdek, televizor ko‟rsatuvlaridan, videotasvirdardan foydalanib, turli 
tasvirlarni namoyish qiladi. 
Tabiiy ko‟rgazmalar-narsalarning o‟zi, predmetlar, turli jonivorlarning 
mulyajlarini ko‟rsatish. Ko‟rgazmali metodlar eshitish va ko‟rishni o‟zaro 
uyg‟unlashtirish vositasi hisoblanadi. Shu tufayli ulardan bilimlarni og‟zaki bayon 
qilish metodlari bilan yonma-yon foydalansh ta‟limning samaradorligini oshiradi. 


 Muammoli izlanish metodlari 
Muammoli izlanish turidagi metodlar o‟quvchilarning tafakkuriga, binobarin
ularning ijodiy faoliyatiga yo‟nalgan ta‟lim metodidir. Bu metodlar asosida 
o‟quv-tarbiya ishlari tashkil etilganda o‟qituvchi va o‟quvchilarning o‟zaro 
ta‟siri quyidagicha umumiy ko‟rinishga ega bo‟ladi. 
O’qituvchi faoliyati 
O’quvchi faoliyati 
-turli topshiriqlar asosida muammoli holat 
yaratish; 
-muammoli holatda ishtirok etish va 
muammoni qabul qilish; 
-muammoni hal etishga oid farazlarni 
aytishni taklif etish; 
-farazlarni aytish; 
-farazlardan 
mosini 
muammoni 
bajarishga tatbiq etish; 
-tanlangan farazni muammoni so‟rash 
etish; 
- xulosalar chiqarishga ko‟maklashish; 
-xulosalar chiqarish; 
- chiqarilgan xulosalarni amaliyotga 
tatbiq etish yo‟lla rini ko‟rsatish; 
-xulosalarni amaliyotga tadbiq etish; 
Muammoli izlanish metodlari ham maktab tajribasida sof holda 
qo‟llanilmaydi. Muammolarni qo‟yish, ularni izohlashda suhbat, hikoyadan ham 
foydalaniladi. Shuningdek, ma‟ruza o‟qib turgan paytda turli o‟quv topshiriqlari, 
muammolar ham hal etiladi. Ko‟rgazmali qurollar vositasida bolalarga 
eksperimental (sinov) topshiriqlar beriladi. Ana Shularga ko‟ra muammoli-izlanish 
metodlarining quyidagi turlari farqlanadi. 
Muammoli hikoya o‟rganilayotgan mavzu doirasida hikoya bo shida
hikoya davomida, hikoya oxirida bolalar oldiga muammolar qo‟yib, 
ularning mavzuga qiziqishlarini oshirish yo‟lidir. 
Muammoli ma‟ruza: ma‟ruzadan oldin o‟quvchilarni mavzuga qiziqtirish 
maqsadida yoki ma‟ruza oxirida o‟quvchilar oldiga muammolar qo‟yish yo‟li 
bilan ta‟lim maqsadiga yerishishdir.

Download 395.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling