7 ona tili javobi docx


sababdan? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va sabab holi


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/19
Sana28.02.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1237687
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
7 - ona tili JAVOBI

sababdan? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va sabab holi vazifasida keladi.
Ba’zan tushum kelishigi o‘rnida chiqish kelishigi shakli ishlatilishi mumkin.
Lekin ularning ma’nosida ma’lum farq borTushum kelishigidagi so‘z butunni,
chiqish kelishigidagi so‘z qismni bildiradi.
ni - dan
Uzumni yedi – uzumdan yedi
ni - ga
otni mindi – otga mindi
ni - da
dalani aylandi – dalada aylandi
ning - dan
kelganlarning biri – kelganlardan biri
ga - dan
kelganingga xursandman – kelganingdan xursandman


13
ISMLARNI KESIMGA XOSLOVCHI SHAKLLAR
Kesim ega bilan shaxs va sonda moslashadi. Ism orqali ifodalangan kesimlar
shaxs-sonni bildiruvchi maxsus -man,
-miz, -san, -siz, -dir qo‘shimchalari,
shuningdek, bo‘lmoq, sanalmoq, hisoblanmoqedi, ekan, emish, emas so‘zlari
vositasida ega bilan moslashadi. Ot kesimlarni ega bilan moslashtiruvchi bunday
vositalar BOG‘LAMALAR hisoblanadi. Harakat nomi bilan ifodalangan kesim
tarkibida kerak, lozim, darkor, shart so‘zlari bo‘lganda, kesimni ega bilan
moslashtiruvchi egalik qo‘shimchalari harakat nomiga qo‘shiladi.
KESIMLIK SHAKLLARI – BOG’LAMALAR
1) man, -miz, -san, -siz, -dir
2) bo’lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq;
3) ekan, emish, emas
4) Harakat nomi (-ish) + kerak, lozim, darkor, shart
(bunda egalik qo‘shimchalari harakat nomiga qo‘shiladi)
TESTLAR
1. Ismlar berilgan qatorni toping?
A)Akmal, Mansur B)ot,sifat, ravish,olmosh
C)ot, sifat, son, olmosh
D)modal so’z,ot, ravish
2. Otlarning egalik shakllarini ko’rsating?
A) cha, chak, (a)loq
B)im, ing,i
C)ga, da, dan D)boz, paz, chi
3. Ismlarning qaysi qo'shimchalar bilan o'zgarishi
turlanish deyiladi?
A) kelishik qo'shimchalari
B)egalik qo'shimchalari
C) shaxs-son qo'shimchalari
D)egalik va kelishik qo'shimchalari
4. Qanday so'zlar ismlar atamasi ostida
birlashtiriladi?
A)ot turkumiga mansub so'zlar
B)barcha mustaqil so'zlar
C) egalik, kelishik qo'shimchalaribilan o'zgarish
xususiyatiga ega bo'lgan so'zlar D) turlanish va
tuslanish xususiyatiga ega bo'lgan so'zlar
5. Qaysi qatorda ismlarning munosabat shakllari
berilgan?
A)egalik, kelishik shakllari B)bog'lamalar
C)shaxs-son qo'shimchalari
D)egalik va kelishik shakliari,bog'lamalar
6. Ismlarning lug'aviy shakllari qo'llangan javobni
belgilang.
A)kitobning, kitobim, o'quvchilar
B)uycha, odamlar, Oyxon, quyoshdek
C)daftarcha, koptokka, qalamim
D)farzandmiz, bolam, mushukcha
7. Ismlarning munosabat shakllarini toping.
1) -lar; 2) -im; 3) - imiz;4)-jon; 5) -da;
6) -cha; 7) -dir; 8)-man; 9) -ga; 10) -day
A) 2,3,4, 5, 6, 7
B) 4, 6, 8.10
C)2,3,5,7,8,9
D) 6, 9,10
8. Ismlami kesim sifatida shakllantiruvchi va ega
bilan munosabatini ifodalovchi qo'shimchalari…?
A)-cha, -lar, -man B)-ga,-da,-dan
C)-dir, -day, -dek
D)-man, -san, -dir
9.Qaratqich kelishigi quyidagilardan qaysi biriga
qo'shilganda belgili qo'llanadi?
1)turdosh otlar; 2) atoqli otlar; 3) olmoshlar;
4) sifatdoshlar; 5) mavhum otlar
A) 1,2.3 B) 2,3,4 C)1,2,5 D)2,3,5
10.Yaxshi tarbiya ko'rgan odam... xislatlari... biri
shuki, bunday odam o'z faoliyati... boshqalar... bir
qadam oldin... o'tsa, sheriklari... yordam qo'li...
uzatadi, safi... kengaytirib, yangi g'alaba... ko'zlaydi.
Ushbu gapda nuqtalar o'rnida ishlatilishi kerak
bo'lgan qo'shimchalartartibi qaysi javobda to'g'ri
ko'rsatilgan?
A)-ni, -dan, -da, -dan, -ga, -ga,-ni, -ni, -ni
B)-ning, -dan, -da, -dan, -ga, -ga,-ni, -ni
C)-ning, -dan, -da, -dan, -ga, -ga,-ni, -ni,-ni
D)-ning, -dan, -da, -dan, -ga, -ni,-ni, -ni, -ni
11. O'rin-payt kelishigi qo'shimchasi qo'shilgan otlar
gapda qanday vazifada kelishi mumkin?
A)o'rin holi B)payt holi, o'rin holi
C)to'ldiruvchi
D)o'rin holi, payt holi, to'ldiruvchi
12. Qaysi kelishik qo'shimchasi shaxs va narsa
otlariga qo'shilganda ular gapda to'ldiruvchi
vazifasida keladi?
1) tushum kelishigi; 2) jo'nalish kelishigi;
3) o'rin-payt kelishigi; 4) chiqish kelishigi
A) 1 B) 1.2.4 C) 1.3.4 D) 1,2, 3,4


14
13. Ismlarning munosabat shakllari qaysi javobda
noto'g'ri ko'rsatilgan?
A)ismlarning egalik shakli
B)ismlarning ko'plik shakli
C)-man, -san, -dir qo'shimchalari
D)bo'lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq so'zlari
14. Qaysi qo'shimchalar so'zlarning munosabat
shakllarini hosil qiladi?
A) ko'plik, kichraytirish va erkalash qo'shimchalari .
B) egalik, kelishik, -man, -san,-dir qo'shimchalari
C) fe'l nisbatlari va fe'l zamonlari qo'shimchalari
D) berilganlarning barchasi so'zlarning munosabat
shakllarini hosil qiladi.
15. Qaysi qatordagi gapda egalik qo'shimchasi
qo'llangan?
A) Kechasi ishlaydi, kunduzi uxlaydi
B) Oradan ikki kun o'tgandan keyin Tesha
Saidiyning hujrasiga keldi
C) Tuni bilan mijja qoqmadi
D)berilgan gaplarning barchasida egalik
qo'shimchasi mavjud
16. Qaysi gapdagi qaratqich kelishigi qo'shimchasini
chiqish kelishigi qo'shimchasi bilan almashtirish
mumkin?
A) Maqtanganning uyiga, kerilganning to'yiga bor
B) Mehmonlarning yoshi ulug'i gapirdi
C) Institut kutubxonasi birinchi qavatda
D)Palovning masallig'i tayyorlab qo'yildi
17. Quyidagi birikmalardan qaysilarida xoslik,
umumdan ajratilganlik ma'nosi ifodalangan?
A)ilon zahri, inson qadri
B)Vatan tuyg'usi, ona mehri
C)mening opam, daftar varag'i
D)Bobur bog'i, Oqdaryo tumani
18. Butun va qismni bildirishda qaysi kelishik
qo'shimchalari ba'zan almashinib ishlatilishi
mumkin?
A)qaratqich bilan bosh kelishik
B)tushum bilan chiqish kelishigi
C)o'rin-payt bilan jo'nalish kelishigi
D) tushum bilan jo'nalish kelishigi
19. Egalik, kelishik qo'shimchalarini bilan o'zgarish
xususiyatiga ega bo’lgan so'zlar...
A)o'zgarmas so'ziar
B)Ismlar
C)sof fe'l shakli
D) A, B, C
20. Ismlarning lug'aviy shakli deganda nimalar
nazarda tutiladi?
A) ismlarning ko'plikni bildiruvchi qismi
B) kichraytirish-erkalashni bildiruvchi qismi
C) qiyoslash ma'nolarni bildiruvchi qismi
D) hammasi to'g'ri
21. Ismlarning egalik, kelishik, -man, -san, -dir
qo'shimchalariga ega bo'lgan shakli qanday ataladi?
A)lug'aviy shakli
B)munosabat shakli
C)turlanish
D)tuslanish
22. Kelishik qo'shimchalari...
A)ismlarni boshqa so'zlarga tobelashtirib bog'lash
uchun xizmat qiluvchi shakllar
B)ismlarga qo'shilib asos qismdan ifodalangan
narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarning uch
shaxsdan biriga qarashliligini bildirgan
qo'shimchalar
C)ismlarning egalik, kelishik, -man, -san. -dir
qo'shimchalariga ega bo'lgan shakli D) A,B, C
23. Viloyat, shahar, tuman, korxona, muassasa
nomlarida qo'llanilgan III shaxs egalik qo'shimchasi
qanday ma'noni bildiradi?
A) shaxsga qarashlilik ma'nosini
B) xoslik, umumdan ajratilganlik ma'nosini
C) A va B D) bajaruvchining shaxs va sonini
bildiradi
24. Qanday birikmalarda oldingi qism qaratqich
kelishigida qo'llanmaydi?
A) shaxsga qarashlilik ma'nosini bildirganda
B) xoslik, umumdan ajratilganlik ma'nosini
bildirganda
C) A va B
D) bajaruvchining shaxs va sonini bildirganda
25. Xoslik, umumdan ajralganlik ma'nosini
bildiruvchi egalik qo'shimchasi qatnashgan so'zlarga
misol keltiring.
A) Bobur bog'i
B) Orol dengizi
C) A,B,D
D)Hamza tumani
26. So'zlarning munosabat shakllarini hosil qiluvchi
qo'shimchalar qaysi qatorda berilgan?
A) fe'l nisbatlari va fe'l zamonlari qo'shimchalari
B) ko'plik qo'shimchalari C) kelishik qo'shimchalari
D) egalik va ko'plik qo'shimchalari
27. Shovulladi tun bo'yi shamol,
Qaldiroqlar ko'chdi larzakor.
Shivirlading yonimda xushhol:
“Yana keldi. do'stginam, bahor”. Ushbu parchada
ismlarning lug'aviy shakllari necha marta
qatnashgan?
A) 3 B) 4 C)1
D) 2
28. Qaratqich nima?
A) qaratqich kelishigi shaklidagi so'z
B) qaratqich bog'lanib kelgan so'z
C) A va B D) qaratqichga nisbatan hokim so'z
29. Qaratqich kelishigi qo'shimchasi qachon tushib
qoladi?
A) qaratqich va qaralmish yonmayon kelganda
B) qaratqich va qaralmish orasida boshqa so'z
qo'llansa
C) qaratqich kelishigi atoqli otlar,olmoshlar va
sifatdoshlarga qo'shilganda D) B va C
30. Qaratqich kelishigi qo'shimchasi qachon tushib
qolmaydi?
A) qaratqich va qaralmish yonma-yon kelganda
B) qaratqich va qaralmish orasida boshqa so'z
qo'llanilsa


15
C) qaratqich kelishigi atoqli otlar, olmoshlar va
sifatdoshlarga qo'shilganda
D) B va C
31. Tushum kelishigi shaklini olgan so'z doimo
qanday fe'llarga bog'lanadi?
A) o'timli fe'lga B) o'timsiz fe'lga
C) o'timli va o'timsiz fe'lga
D) fe'llarga umuman bog'lanmaydi
32. Tushum kelishigi qachon tushib qolmaydi?
A) tushum kelishigidagi so'z bilan o'timli fe'l orasida
boshqa so'z qo'llanilsa
B) atoqli otlarga qo'shilganda
C) olmoshlar va sifatdoshlarga qo'shilganda
D) hammasi to'g'ri
33. Qaysi kelishik qo'shimchasi ko’pincha tovush
o’zgarishi asosida yoziladi?
A) jo'nalish kelishigi
B) tushum kelishigi
C) o'rin-payt kelishigi D) chiqish kelishigi
34. Otlarga egalik qo'shimchalari qo'shilganda
qanday tovush o'zgarishlari kuzatiladi?
A) tovush tushishi B) tovush ortishi
C) tovush almashishi
D) A, B, C
35. Ba'zan tushum kelishigi o'rnida chiqish kelishigi
shakli ishlatilishi mumkin. Lekin ularning ma'nosida
ma'lum farq bor. Bu farq qanday?
A) Tushum kelishigidagi so'z butunni, chiqish
kelishigidagi so'z qismni bildiradi
B) Tushum kelishigidagi so'z qismni, chiqish
kelishigidagi so'z butunni bildiradi
C) Ma'nosida hech qanday farq yo'q
D) Tushum kelishigi ham, chiqish kelishigi ham
vaziyatga qarab butun yoki qismni ifodalashi
mumkin
36. Qaratqich kelishigidagi so'zning sintaktik
vazifasini toping.
A) vositali to'ldiruvchi B) vositasiz to'ldiruvchi
C) qaratqich aniqlovchi C) ega
37. Tushum kelishigidagi so'zning sintaktik
vazifasini toping.
A) kesim
B) to'ldiruvchi
C) qaratqich aniqlovchi
D) ega
38. Jo'nalish kelishigidagi so'z qachon to'ldiruvchi
bo'ladi?
A) kimga? so'rog'iga javob bo'lib, shaxsni bildirsa
B) nimaga? so'rog'iga javob bo'lib, narsa-buyumni
bildirsa
C) qayerga? so'rog'iga javob bo'lib, o'rin-joyni
bildirsa D)A va B
39. Jo'nalish kelishigidagi so'z qachon o'rin holi
bo'ladi?
A) kimga? so'rog'iga javob bo'lib, shaxsni bildirsa
B) nimaga? so'rog'iga javob bo'lib, narsa-buyumni
bildirsa
C) qayerga? so'rog'iga javob bo'lib, o'rin-joyni
bildirsa D) A va B
40. Otlar qanday sintaktik vazifada kelmaydi?
A) ega
B) ot kesim
C) undalma
D) hamma vazifada kela oladi
41. Kitob o'qidim birikmasida qaysi kelishik
qatnashgan?
A) bosh kelishik
B) tushum kelishigi
C) qaratqich kelishigi D) chiqish kelishigi
42. Ismlarning munosabat shakllarini yasovchi
qo'shimchalarni toping. Jon do'sting jonidan kechsa
ham, mol do'sting molidan kechmas.
A) -ing, -i, -dan
B) -ing, -i, -dan, -mas
C) -ing, -i
D)-dan
43. Qaysi gapdagi egalik qo'shimchasi o'z vazifasini
yo'qotgan?
A) Kechasi ishlaydi, kunduzi dam oladi
B) To'ra qizidan tilla oynagini olib, stol ustiga qo'ydi
C) Kimyogar ba'zi ilmlar haqida suhbatlashgandan
keyin uning zehniga, ma'lumotining kengligiga
taajjublanganini yashirmadi
D) B va C
44. Tushum kelishigi bilan qo'llangan otlar qatorini
toping.
A) nomardni, achchiqni, nodonni
B) yaxshilikni, go'zallikni, badiiylikni
C) adashganni, intilganni, o'qiganni
D) tomoqning, rassomning, kulgining
45. Bobosi so'zini eshitgan nabira kitoblarni taxlay
boshladi, so'ng tokchadan xurjunni olib, unga
kitoblari solishga shaylandi. Ushbu gapdagi ismlar
qaysi kelishikda?
A) bosh, tushum, jo'nalish, chiqish kelishiklarida
B) bosh, qaratqich, tushum, o'rin-payt, jo'nalish
kelishiklarida
C) bosh, qaratqich, tushum, jo'nalish, chiqish
kelishiklarida
D) bosh, qaratqich, tushum, jo'nalish kelishiklarida
46. Anvar, qorni och bo'lsa kerak, dasturxonni
Muhayyoning qo'lidan olib, uni buzuq avtobusga
boshladi. Ushbu gapdagi ismlar qaysi kelishikda?
A) bosh, qaratqich, tushum, jo'nalish, chiqish
kelishiklarida
B) bosh, qaratqich, tushum, jo'nalish kelishiklarida
C) bosh, qaratqich, tushum, jo'nalish, o'rin-payt,
chiqish kelishiklarida
D) bosh, qaratqich, tushum, jo'nalish kelishiklarida
47. Gapda sabab holi vazifasini bajaradigan so'z ko'p
hollarda qaysi kelishik shaklida bo'ladi?
A) tushum kelishigi shaklida
B) bosh kelishik shaklida
C) o'rin-payt kelishigi shaklida
D) chiqish kelishigi shaklida
48. Qaysi qatorda qism ma'nosi ifodalangan?
A) uzumni yedi B) uzum yedi
C) uzumdan yedi D) hammasida butun ma'nosi
ifodalangan


16
49. Qaysi qatordagi otlarga egalik qo'shimchasi
qo'shilganda, so'z oxiridagi k yoki q tovushi
o'zgarmaydi?
A) o'rik, tuproq, istak B) o'rtoq, kelajak, qarmoq
C) idrok, nutq, axloq
D) koptok, pichoq, tirnoq
50. Tushum kelishigiga qaysi kelishik
qo'shimchalari sinonim bola olmaydi?
A) qaratqich kelishigi B)jo'nalish kelishigi
C) o'rin-payt kelishigi D) chiqish kelishigi
51. Qaysi gapda egalik qo'shimchasi xoslik,
umumdan ajratilganlikma'nosini ifodalagan?
A) Kechasi uxlaydi, kunduzi damoladi
B) Kecha dam olishimiz maroqli bo'ldi
C) Ilon zahridan til zahri o'tkirroq
D) Toshkent shahri yangi-yangi keng ko'chalar,
osmono'par zamonaviy binolar bilan sayqal topgan
52. Qaysi gapda egalik qo'shimchasi o'z vazifasini
yo'qotib, asos tarkibida yaxlitlanib qolgan?
A) Qurbon cholning gapini eshitib hayron qoldi
B) Kunduzi juda aniq ko'rinadi
C) Bilganingni eldan ayama
D) Orol dengizi yildan yilga qisqarib bormoqda
53. Qaysi gapda egalik qo'shimchasi xoslik,
umumdan ajratilganlik ma'nosini ifodalagan so'z
qatnashgan?
A) Kunduz kunlari aniq ko'rinadi
B) Kecha dam olishimiz maroqlio'tdi
C) Ilon zahridan til zahri o'tkirroq
D) Toshkent shahri yangi-yangi keng, ravon
koshonalar bilan sayqal topgan
54. Qaysi gapda egalik qo’shimchasi ma’nosini
yo’qotmagan?
A) Kunduzi havo issiq bo'ldi
B) Navoiy respublikamizning kenja viloyatlaridan
biri sanaladi
C) Toshkent shahriga bordik
D) Tuni bilan mijja qoqmadi
55. Qaysi gapda egalik qo'shimchasi xoslik
umumdan ajratilganlik ma'nosini bildirgan?
A) Kunduz kunlari aniq ko'rinadi
B) Boqqaning bitta echki, qichqirig’ing yer tebratar
C) Toshkent shahri yangi-yangi keng, ravon
koshonalar, binolar bilan sayqal topgan
D) Kechasi Tesha Saidiyning hujrasiga keldi
56. Qaysi gapda egalik qo'shimchasi so'z asosi bilan
yaxlitlanib, o'z vazifasini yo'qotgan?
A) Kechasi Ishlaydi, kunduzi uxlaydi
B) Kecha dam olishimiz maroqli o'tdi
C) Bu yerlarning yozi juda so'lim
D) Mulla bilganin o'qir, Tovuq korganin cho'qir
57. Qaysi gapda -ni o'rniga –da kelishigini qo'llasa
bo'ladi?
A) Karvon dashtni ancha kezib yurdi
B) Mehmon choyni ho'pladi
C) Shirin otni mindi
D) Anvar shu kezda Ra'noni o'yladi
58. Qaysi gapda -ni o'rniga –dan kelishigini qo'llasa
bo'ladi?
A) Karvon dashtni ancha kezib yurdi
B) Mehmon choyni ho'pladi
C) Shirin otni mindi
D) Anvar shu kezda Ra'noni o'yladi
59. Qaysi gapda -ni o'rniga –ga kelishigini qo'llasa
bo'ladi?
A) Karvon dashtni ancha kezib yurdi
B) Mehmon choyni ho'pladi
C) Shirin otni mindi
D) Anvar shu kezda Ra'noni o'yladi
60 Kelganiga xursand bo'ldik. Ushbu so'z
birikmasidagi -ga kelishigini qaysi kelishik bilan
almashtirsa bo'ladi?
A) -dan B) -ni C) -da D) -ning
61. Qaysi qatordagi otlarga II shaxs birlikdagi egalik
qo'shimchasi qo'shilgan?
A) kitobim, opam B) xulqimiz, akangiz
C) daftaring, ukang
D) singlisi, idroki
62. Jo'nalish kelishigi qo'shimchasini olgan so'ziar
gapda qanday bo'lak vazifasini bajaradi?
A) vositali to'ldiruvchi, o'rin holi, payt holi
B) vositali to'ldiruvchi, o'rin holi
C) faqat vositali to'ldiruvchi
D) vositali to'ldiruvchi, o'rin holi, vaziyat holi
63. Qaysi qatorda ismlarni kesim sifatida
shakllantiruvchi va ega bilan munosabatini
ifodalovchi qo'shimchalar berilgan?
A) -cha, -lar, -man B) -ga, -da, -dan
C) -dir, -day, -dek
D)-man, -san, -dir



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling