8-bob. Mehnat va ish haqi hisobi


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/29
Sana27.10.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1726776
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
8-mavzu Mehnat va ish haqi hisobi

soatdan ortiq boMmasligi lozim ( 0 ‘zR Mehnat kodeksining 125- 
moddasi). Ish smenasining muddati o ‘n ikki soatdan iborat boMganda
shuningdek mehnat sharoiti o ‘ta ogMr va оЧа zararli ishlarda ish 
vaqtidan tashqari ishlarga yoM qo‘yilmaydi.
Soat 22.00 dan to soat 6.00 gacha boMgan vaqt tungi vaqt deb 
hisoblanadi ( 0 ‘zR Mehnat kodeksining 122-moddasi). Agar xodim 
uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatining kamida yarmi 
tungi vaqtga to ‘g ‘ri kelsa, tungi ish vaqti muddati bir soatga, ish haftasi 
muddati ham shunga muvofiq ravishda qisqartiriladi.
Tungi vaqtdagi ishning har bir soati uchun kamida bir yarim 
baravar miqdorda haq toManadi, y a’ni tungi vaqtdagi ish uchun 
qo‘shimcha toMov miqdori soat stavkasining 50%dan kam boMishi 
mumkin emas.
Xodimlarga o‘n besh ish kunidan kam boMmagan muddat bilan 
yillik asosiy ta ’til beriladi. T a’tillaming muddati olti kunlik ish haftasi 
yuzasidan kalendar bo‘yicha ish kunlari bilan hisoblab chiqariladi. T a’til 
davriga to ‘g ‘ri kelib qolgan va Mehnat kodeksining 131-moddasiga 
muvofiq ishlanmaydigan kunlar deb hisoblanadigan bayram kunlari
204


ta ’til muddatini belgilashda hisobga olinmaydi. Yillik ta ’tilning umumiy 
muddatini hisoblab chiqarishda qo ‘shimcha ta’tillar yillik asosiy ta’tilga 
(shu jumladan uzaytirilgan ta’tilga ham) qo‘shib jamlanadi.
Mehnat kodeksining 
135-moddasiga muvofiq 
quyidagilarga 
uzaytirilgan asosiy ta’til berilishi shart:
- o ‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga - 30 kalendar kun;
- ishlayotgan 1 va II guruh nogironlariga - 30 kalendar kun.
T a’tillarga haq to‘lash uchun o ‘rtacha oylik ish haqi hisob-kitobi
belgilangan tarifikatsiya yoki hisob-kitob kunidagi lavozim maoshidan 
kelib chiqib hisob-kitob davrida tarifikatsiya bo‘yicha belgilangan ish 
haqi yoki lavozim maoshidan ortiq summaning bir qismini bir yil 
ishlaganlar uchun l/12ga (to‘liq olti oy ishlaganlar uchun l/6ga, to ‘liq 
yetti oy ishlaganlar uchun l/7ga va h. k) oshirib amalga oshiriladi. Tarif 
bo‘yicha haqdan ortiq summalarga ishbay ishlab topilgan pul, 
mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va ijtimoiy sug‘urta 
bo‘yicha badallar hisoblab yoziladigan boshqa to io v lar kiradi.
T a’tillarga haq to‘lash uchun summalami hisoblayotganda yoki olti 
kunlik ish haftasi hisobida foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya 
to‘lashda o ‘rtacha oylik muddat 25,4 kun miqdorida qabul qilinadi.
Misol. Korxona kassiriga 1 martdan 24 ish kuniga (15 kunlik 
asosiy ta’til va 9 kunlik qo‘shimcha ta ’til) navbatdagi yillik ta’til berildi. 
Mart oyida mehnat ta’tiliga chiqishdan avvalgi 12 kalendar oydagi tarif 
stavkasidan oshadigan summa 1210000 so‘mga teng bo‘lgan. Hisob- 
kitob kunida tarifikatsiya bo‘yicha ish haqi 375 000 so‘mga teng. 
Xodimning o ‘rtacha oylik ish haqi quyidagi summani tashkil etadi:
375 000 + 1 210 000 : 12 = 475 833 so‘m
Olti kunlik ish haftasi hisobida ta’tillarga haq to ‘lash uchun 
summalami hisoblayotganda o ‘rtacha oylik ish davomiyligi 25,4 kun 
miqdorida qabul qilinadi. Xodimga hisoblangan ta’til puli summasi 449 
606 so‘mni tashkil etadi (475833/25,4x24).
205


Muomala quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 9420 “M a’muriy xarajatlar”
Kredit 6710 “Mehnat haqi b o ‘yicha xodim bilan hisoblashishlar”
Ta’til uchun to ‘lov summalari ishlanmagan vaqt uchun toMovlarga 
kiradi va unga JShDS, YalT va majburiy sug'urta badallari solinadi. 
Shuningdek ular ShJBPHga badallar to‘lashda hisobga olinadi.
Mehnat 
kodeksining 
285-moddasida 
xodimlarga 
vaqtincha 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling