8-bob. Mehnat va ish haqi hisobi
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu Mehnat va ish haqi hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘shimcha ish haqi
- 8.4. Mehnat haqi hisoblashni hujjatlashtirish
Asosiy ish haqi, bu ishchining ishlagan vaqti, bajargan ishining
miqdori va sifatiga asosan hisoblangan ish haqidir: ishbay ishlagani uchun hisoblagan ish haqi, tarif stavkalari, okladlar, mukofotlar, asosiy ish vaqtidan tashqari ishlagan ish vaqtiga hisoblangan qo‘shimcha ish haqi, ishchi aybiga bogMiq bo‘lmagan holda turib qolishlarga hisoblangan ish haqi. Qo‘shimcha ish haqi, bu mehnat qonunchiligida ko‘zda tutilgan ishchining ishlamagan ish vaqti uchun hisoblangan ish haqidir. Bunga ishchining mehnat ta’tili uchun hisoblangan ish haqi, yosh bolali onalar bolalarini boqish uchun berilgan vaqt uchun hisoblangan ish haqi, voyaga yetmaganlar uchun imtiyozli ish vaqti uchun hisoblangan ish haqi, ishdan bo‘shashi munosabati bilan hisoblangan nafaqa va boshqalar. 8.4. Mehnat haqi hisoblashni hujjatlashtirish Ishchilami ishga qabul qilish mehnat shartnomasi (yoki shartnomai) va u imzolanganidan keyin korxona rahbarining ishchini ishga qabul qilish to‘g ‘risida imzolagan buyrug‘i chiqarilishi bilan rasmiylashtiriladi. 34 Financial and m anagerial accounting, 12e, Carl S.W arren, Jam es M .Reeve, Jonathan E.Duchac, 89 page, 2014 198 Korxona b o‘yicha xodimlar jadvali ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, u barcha xodimlaming ro‘yxati bo‘lib, ular maoshining miqdori ko‘rsatiladi. Xodimlar boMimida har bir xodimga shaxsiy varaqa (kartochka) to ‘ldiriladi, rahbar xodimlar va mutaxassislarga, bundan tashqari, shaxsiy varaqa yuritiladi. Har bir xodimga ishga qabul qilish paytida tabel raqami beriladi, keyinchalik ish hajmi va ish haqini hisobga olishga doir barcha hujjatlarga ushbu raqam qo‘yiladi. Korxonaning buxgalteriya xizmati tomonidan har bir xodimga shaxsiy schyot ochiladi, unda xodimning ish haqi to ‘g‘risidagi m a’lumotlar oyma-oy jam lanib boriladi. Korxona va tashkilotlarda mehnat haqi hisobini to ‘g ‘ri tashkil qilish uchun, eng avvalo, shaxsiy tarkib hisobini to ‘g ‘ri yuritish lozim. Xodimlami ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, boshqa ishga o ‘tkazish, ularga ta’til berilgani, tunda, ish vaqtidan tashqari vaqtda, bayram kunlarida ishlaganligi haqida ishonchli m a’lumot b o ‘lgandagina korxona xodimlari bilan o ‘z vaqtida hisob-kitob qilishi mumkin. Ana shu maqsadda korxona kadrlar bo‘limi shaxsiy tarkib hisobini hamda boshqa xizmatlar bilan birgalikda ish vaqtidan foydalanish hisobini olib boradi. Shaxsiy tarkibni hisobga olish uchun hujjatlardan foydalaniladi: T -l shakli. Ishga qabul qilish haqida buyruq T-2 shakli. Shaxsiy varaqa. T-3 shakli. Shtat jadvali. T-5 shakli. Boshqa ishga o ‘tkazish haqida buyruq. T-6 shakli. T a’til berish haqida qayd. T-8 shakli. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq. T-13 shakli. Tabel. T-49 shakli. Hisob-kitob to ‘lov vedomosti. T-51 shakli. Hisob-kitob vedomosti. T-53 shakli. ToMov vedomosti. Ish vaqtini hisobga olish uchun T - l2 shaklidagi maxsus tabeldan 199 foydalaniladi. Tabel - bo ‘lim, brigada, sex xodimlarining nomma-nom ro‘yxati b o iib , undan ish vaqtini hisobga olish uchun foydalaniladi. Har bir xodimga tabel raqami biriktiriladi va u mehnat, ish haqi bo‘yicha ramiylashtiriladigan barcha hujjatlarda ko‘rsatilib boradi. Hisobot davri boshlanishidan avval o ‘tgan oydagi tabeldan xodimning ism-sharifi ko‘chirib yoziladi va ishga chiqish, ish vaqtini sarflashi shartli belgilar yordamida hisobga olib boriladi. Masalan, mehnat ta’tilidagilar "T", kasallik varaqasi bo‘yicha ishga chiqmayotganlar "K" harfi va hokazolar bilan belgilanadi. Ishga chiqish va ish vaqtidan foydalanish hisobi tabelda ikki xil usulda amalga oshiriladi. Birinchi usulda barcha ishga chiqqan, kechikkan va ishga chiqmagan xodimlar to ‘liq ro‘yxat qilib boriladi. Ikkinchi usulda esa tabelda faqat kechikkanlar, ishga chiqmaganlar, y a’ni m a’lum m e’yordan chetga chiqqan xodimlar ro‘yxat qilib boriladi. Har bir xodimning ishlagan vaqti tabelda hisobot oyining birinchi yarmiga va oy oxiriga, y a’ni ikki marta hisoblab chiqiladi. Tabel sex boshlig‘i tomonidan imzolanadi va buxgalteriyaga ish haqi hisoblash uchun topshiriladi. Mehnatga haq to ‘lashning ishbay shaklida ish haqi hisoblash uchun tabel m a’lumotlari yetarli emas. Buning uchun quyidagi birlamchi hujjatlardan foydalaniladi: - ishbay ishlash uchun naryadlar; - raportlar; - marshrut varaqalari; - qaydnomalar; - bichish kartalari va hokazo. Mahsulotni hisobga olish bo‘yicha birlamchi hujjatning eng keng tarqalgan turi naryaddir. K o‘pchilik korxonalarda naryad ayrim ishchi yoki brigada tomonidan bajariladigan har bir ishlab chiqarish topshirig‘iga alohida yoziladi. Topshiriqlar sexning reja-dispetcher byurosi tomonidan sexning ishlab chiqarish rejasiga muvofiq texnologik karta asosida to ‘ldiriladi. Ishchi tomonidan topshiriq bajarilgandan keyin 200 ishlab chiqarilgan mahsulot soni yoki bajarilgan ish hajmi bajarish uchun sarflanishi lozim bo‘lgan material m e’yori va haqiqatda berilgan materialning soni topshiriqda ko‘rsatiladi. Bu, o ‘z navbatida, ish haqini topshiriq asosida hisoblashdagina emas, balki materiallar sarfining belgilangan m e’yoriga rioya qilinishi ustidan nazorat olib borish imkonini ham beradi. Ba’zi korxonalarda ishlab chiqarish hisobi marshrut varaqalari tizimida yuritiladi. Odatda, marshrut varaqalari sexning reja-dispetcher xodimlari tomonidan yozilib, unda qayta ishlanishi lozim bo‘lgan ayrim detallar partiyasi ishlab chiqarish topshirish sifatida qayd qilinadi, bajarilgan ish natijalari qayta ishlash jarayonlarining birinchi operatsiyasidan to oxirgi operatsiyasigacha nazorat qilinadi. Shu bilan birgalikda marshrut varaqalari yordamida texnologik jarayonning borishi nazorat qilinadi. Ishchilarga ish haqi hisoblashda y o ‘nalish varaqasi faqat bir smenada ishlab tamomlangan detallar bo ‘yichagina asos bo‘la oladi. Agar shu smenada ayrim detallaming ishlovi tugallanmasa, unda ishchilarga ish haqi hisoblash uchun raport ochiladi. Raport ish smena boshlanmasdan oldin yoziladi va zarur detallami sexga j o ‘natish uchun ombor xodimiga topshiriladi. Ombor xodimi detallami j o ‘natib, bu haqda raportga tegishli belgi qo‘yganidan keyin u texnika nazorati bo'lim iga beriladi. Smena oxirida qayta ishlangan detallar soni raportda qayd qilinadi. Mehnat va ish haqini hisoblash bo‘yicha rasmiylashtiriladigan boshlang‘ich hujjatlar belgilangan muddatda buxgalteriyaning ish haqini hisoblash bo‘limiga topshiriladi. Buxgalteriyada boshlangich hujjatlar tekshiriladi va qayta ishlash uchun hisoblash markaziga beriladi. Qayta ishlangan hujjatlar, ishchilaming tabel raqamlari buxgalteriyada sexlar bo‘yicha guruhlanadi va ishchilaming ish haqi shaxsiy varaqalariga yozib boriladi. Ushbu boshlang‘ich hujjatlar asosida hisoblash vedomosti, ish haqi bo‘yicha m e’yordan chetga chiqish vedomosti va boshqa hujjatlar tuziladi. 201 Korxona va tashkilotlarda tuzilgan ish haqini hisoblash qaydnomasida ishchi va xizmatchilarga ish haqi hamda undan ushlab qolinadigan summalar aks ettiriladi. Ish haqini hisoblash vedomosti har bir sex xodimlarining toifalari bo‘yicha alohida tuziladi. Ish haqini hisoblash qaydnomasi ish haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitobni rasmiylashtirish uchun asosiy hujjatdir. Bu hujjatda har bir tabel raqami, xodimlaming toifasi hamda to ‘lov va ushlab qolish turlari bo‘yicha tuziladi. Ish haqini hisoblash vedomostining oxirgi k o‘rsatkichi to ‘lov vedomostini to ‘ldirish uchun hamda xodimga ish haqi berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling