8-bob. Mehnat va ish haqi hisobi


mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/29
Sana27.10.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1726776
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
Bog'liq
8-mavzu Mehnat va ish haqi hisobi

mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi:
- mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan bogMiq kasal bo‘lganda 
(shikastlanganda);
- sanatoriy-kurortda davolanganda;
- oilaning betob a ’zosini parvarish qilganda;
- karantin e ’lon qilinganda;
- sil kasali yoki kasb kasalligiga chalingani sababli vaqtincha 
boshqa ishga o ‘tkazilganda;
- reabilitatsiya muassasalariga joylangan holda mehnat qobiliyati 
tiklanganda yoki protez qilinganda to‘lanadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi mehnatda mayib 
bo'lgan va kasb kasalligiga chalinganda:
a) ish haqining to ‘liq miqdorida;
b) ijtimoiy jihatdan ahamiyatli kasalliklar bo‘yicha hisobda 
turadigan xodimlarga ulam ing davlat ijtimoiy sug‘urtasi badallarini 
to ‘lagan muddatiga (umumiy ish stajiga) qarab:
- 8 yillik va undan ortiq umumiy ish stajiga ega bo‘lganlarga —
ish haqining 100 %i;
- 5 yildan 8 yilgacha umumiy ish stajiga ega bo‘lganlarga - 80 %i;
- 5 yildan kam umumiy ish stajiga ega bo‘lganlarga - 60 %i 
miqdorida;
c) boshqa holatlarda ulam ing davlat ijtimoiy sug‘urtasi badallarini 
toMagan muddatiga (umumiy ish stajiga) qarab:
206


- umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lganlarga, shuningdek 
21 yoshga etmagan sag‘ir etimlarga - ish haqining 80 %i;
- umumiy ish staji 8 yilgacha boMganlarga - 60 %i miqdorida 
toManadi.
Misol. Xodim 1 martdan 5 martgacha vaqtincha mehnatga 
qobiliyatsizlik bo‘yicha kasallik varaqasini taqdim etdi. Xodimning 
lavozim maoshi martda 1325000 so‘mni tashkil etgan. 0 ‘tgan 12 oyda 
lavozim maoshidan ortiq summasi 711 780 so‘mni tashkil etadi. Nafaqa 
ish haqining 80 %i miqdorida toManadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha kasallik varaqasiga 
asosan haq toMash uchun o ‘rtacha oylik ish haqi 1 384 315 so‘m 
miqdorida (1325 000 + 711 780 : 12). 0 ‘rtacha oylik ish haqini maosh 
olingan davrdagi jadval bo‘yicha ish kunlari soniga boMish yoMi bilan 
aniqlanadigan o ‘rtacha kunlik ish haqi 65920 so ‘mni tashkil etdi (1 384 
315 :21).
1 martdan 5 martigacha vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik 
nafaqasi 263 680 so‘m miqdorida toManadi (65920 x 5 x 80%).
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha hisoblangan nafaqa 
xodimning jam i daromadiga kiritiladi va belgilangan tartibda unga 
daromad soligM solinadi.
Mehnat kodeksining 233-moddasida ayollarga tuqqunga qadar 
yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun 
(tugMsh qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tugMlgan hollarda - 
yetmish kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tugMsh ta’tillari 
berilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa toManishi nazarda 
tutiladi.
Nafaqa ayollarga ish joyi bo‘yicha belgilangan tartibda berilgan 
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi asosida tayinlanadi va 
toManadi. Homiladorlik va tugMsh ta’tili summasi hisoblanib, ayolga 
tuqquniga qadar haqiqatda foydalanilgan kunlar sonidan qat’iy nazar 
toMiq beriladi.
207


Misol. Ayol birinchi marta ishga kirdi va 6 oy ham ishlamay, 
homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqayapti. Unga o ‘rtacha oylik ish 
haqining 50%i miqdorida nafaqa tayinlanadi. Agar ayol bir yildan ortiq 
hech qayerda ishlamagan bo‘lib, ishga joylashgan va 11 oydan keyin 
homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqsa, u o ‘zining o ‘rtacha oylik ish 
haqining 75%i miqdorida nafaqa olishi mumkin bo‘ladi.
Shu tariqa, birinchi marta ishga joylashgandan keyin yoki ishdagi 
12 oydan ortiq tanaffusdan keyin bir yil ishlagach yoki ishdagi tanaffus 
12 oydan kam bo‘lgan bo‘lsa, 100% miqdoridagi nafaqani olish mumkin 
bo'ladi.
Misol. Korxona xodimi 1 fevraldan 126 kunlik muddatga 
tug‘ishgacha va tug‘ishdan keyingi ta’tilga chiqish haqida kasallik 
varaqasini taqdim etdi. Yanvardagi ish haqi 1360 000 so‘mni, mukofot 
540 000 so ‘mni tashkil etdi (hisob-kitob davrida boshqa mukofot 
toMovlari amalga oshirilmagan).
Nafaqa hisob-kitobi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. 0 ‘rtacha oylik ish haqi belgilanadi 1360000+540000/12 = 
1405000 so‘m.
2. To‘liq 4 oy va iyun oyidagi 4 ish kuni uchun haq to‘lanadi: 
fevral, mart, aprel, may uchun nafaqa 5 620 000 so ‘m (1405000 x 4), 
iyun uchun - 1405000/20 x 4 = 281000 so ‘mni (20 iyun oyidagi ish 
kunlari soni) tashkil etadi.
Jami nafaqa miqdori 5901000 so‘mni tashkil etadi (5620000 + 
281000). Nafaqaning bu turi bo‘yicha soliqlar va ijtimoiy to io v lar 
ushlanmaydi.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling